O’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/35
Sana22.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#840024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

2.
 
«Yonbag’ir ekspozitsiyasi» va «Deflyatsiya» atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring. 
Javob

Yonbag‘ir ekspozitsiyasi
– tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, 
quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi. Masalan, yonbag‘ir janubga 
qaragan bo‘lsa janubiy ekspozitsiya bo‘ladi. 
Deflyatsiya
(lotincha “defl atsio” – puflash) – tog‘ jinslarining shamol ta’sirida 
yemirilib, maydalangan zarralarning boshqa joylarga ko‘chishi. Defl yatsiya 
qurg‘oqchil o‘lkalarda, ayniqsa, qumli cho‘llarda kuchli bo‘ladi. Shamol qumlarni 
to‘zg‘itib, bir joydan ikkinchi joyga tashib uylarga, yo‘llarga, quduqlarga zarar 
yetkazadi. Ayniqsa, o‘simlik qoplamini zararlab chorvachilikka ziyon keltiradi. Defl 
yatsiyaning oldini olish va zararini kamaytirish uchun daraxt va buta o‘simliklarini 
ekish lozim. 
3.
 
Dunyoning siyosiy xaritasidan Sharqiy Osiyo davlatlari va ularning 
poytaxtlarini ko‘rsating. Ushbu subregion davlatlari poytaxtlaridan qaysi biri 
ekvatordan 
eng 
uzoqda 
joylashgan? 
Ushbu 
shaharning 
geografik 
koordinatalarini aniqlang. 
Javob
: Sharqiy Osiyo davlatlari va ularning poytaxtlari: Mongoliya–Ulan-Bator; 
Xitoy-Pekin; Koreya Respublikasi-Seul; KXDR-Pxenyan; Yaponiya-Tokio; Ular 
ichida ekvatordan eng uzoqda joylashgan poytaxt Xitoyning Pekin shahri bo’lib 
uning geografik koordinatalari: 39°55' shimoliy kenglik, 116°25' sharqiy uzoqlik 
4-BILET 
1.
 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sanoat va transportning rivojlanishi. 



@geografiya_test_video_slayd
 
Javob: 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari 
qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo‘lib, subregion davlatlarining o‘zaro 
integratsiyalashuvida juda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, respublikamiz ko‘p 
tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan 
imkoniyatlarni yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning 
mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston hududida jami 120 
ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta konlari topilgan. Jumladan
O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rin, uran 
bo‘yicha 7-o‘rin, molibden bo‘yicha 8-o‘rin, mis bo‘yicha esa 10-o‘rinda turadi. 
Yoqilg‘i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo‘lib, 
uning zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallaydi. Noruda qazilma 
boyliklar bo‘yicha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o‘rinlaridan 
birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, 
Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi boy hisoblanadi. 
Demak, mineral resurslarning ulkan zaxiralari yurtimizda rangli metallurgiya, 
yoqilg‘i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar 
yaratadi. Respublikamiz YIMning o‘zgarish dinamikasida 3 ta davrni ajratish 
mumkin. Birinchisi, 1991–1996 yillarni o‘z ichiga olib, iqtisodiy pasayish bilan 
tavsifl angan. Bu holat, asosan, sobiq Ittifoq doirasidagi hududiy mehnat taqsimoti 
tizimi, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari va korxonalarining boshqa 
respublikalarning xo‘jaligi o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarning uzilishi natijasida 
kelib chiqdi. 1997–2003 yillar oralig‘idagi ikkinchi bosqich milliy iqtisodiyotning 
barqarorlashuvi va YIM o‘sishining boshlanishi davri bo‘ldi. Uchinchi davr 2004-
yilda boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu yillarda uchun O‘zbekiston 
YIMning 8,0 foizdan past bo‘lmagan sur’atlar bilan o‘smoqda. Transport tizimi 
rivojlanishida ham salmoqli natijalarga erishildi. Bulardan eng ahamiyatlisi – 
respublika temiryo‘l transporti tizimining bir butunligiga erishilganligidir. 
O‘zbekiston hududi shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa yuzlab kilometr masofaga 
cho‘zilganligi, hamda davlat chegaralarining o‘ziga xos shaklda tog‘ tizmalari va 
keng yastanib yotgan cho‘llar orqali o‘tganligini hisobga olsak, bu masala dolzarb 
strategic ahamiyatga ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Surxondaryo viloyati hududi 
Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Uchquduq – Miskin – Nukus, Farg‘ona vodiysi Angren – Pop 
temiryo‘llari qurilishi bilan O‘zbekistonning yagona temiryo‘llar tarmog‘i bilan 
bog‘landi. Natijada mamlakatimizning transport xavfsizligi va mustaqilligi 
ta’minlandi. Hozirgi vaqtda Navoiy va Buxoro viloyatlarini Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi bilan nisbatan qisqa masofada bog‘lab qo‘yadigan Konimex-Miskin 
temiryo‘li hamda Urganchdan xalqaro turizm markazi hisoblangan Xiva shahriga 
tomon temiryo‘l qurilmoqda. 




Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish