Organik olam evolutsiyasining asosiy yo`nalishlari



Download 6,89 Mb.
Sana16.06.2022
Hajmi6,89 Mb.
#678164
Bog'liq
Organik olam evolutsiyasining asosiy yo`nalishlari



"Organik olam evolutsiyasining asosiy yo`nalishlari"
Darvin o‘z davrida evolutsion jarayon organizmlarning tinmay muhit sharoitiga mumkin qadar ko‘proq moslanishidan iborat ekanligini aytib o‘tgan edi.
Atrof muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o‘zgarishi odatda organizmlar umumiy yoki xususiy moslanish-larni keltirib chiqargan. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo‘lgan organlar sistemasining takomillashuvi bilan aloqador.
Agar muhit sharoitning o‘zgarishi bilan:
  • bir turga mansub individlar soni orta borsa;

  • 2) ular ishg‘ol qilgan areal kengaya borsa;
    3) tur zaminida yangi populatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo‘lsa,
    bu jarayon biologik yuksalish deb ataladi.

Biologik yuksalish (progress)
Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologik progress holatidadir. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib uni shimoliy tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko‘rish mumkin.
Aromorfoz'>Biologik progressning asosiy yo‘nalishlari
Umumiy degeneratsiya
Idioadaptatsiya
Aromorfoz
Morfofiziologik yuksalish deganda organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyati yuksalishini amalga oshiradigan evolutsion o‘zgarishlar tushuniladi.
Aromorfozlar yashash uchun kurashda ancha afzalliklar yaratadi va tirik mavjudotlarni yangi muhit sharoitida keng doirada moslanishga imkon beradi.
Aromorfoz
O`simliklar dunyosidagi aromorfozlar
Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi
O‘simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga o`tishi
Spora bilan ko‘payishdan urug‘ orqali ko‘payishga o‘tishi
Hayvonot dunyosidagi aromorfozlar
Umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi, qon aylanish, hazm qilish, nafas organlarining murakkablasha borishi
Baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar sinflarining kelib chiqishi
Turkum, sinf, tip hosil bo‘lish jarayoni tezlashgan
O‘simliklar, hayvonlarning areali kengaygan
O‘simliklar, hayvonlarning yangi-yangi guruhlari paydo bo‘lgan
O‘simliklar, hayvonlarning hayot faoliyati tobora murakkablashgan
O‘simliklar, hayvonlarning tuzilishi murakkablashgan
Aromorfoz yo‘nalish natijasida
Aromorfoz yo‘nalish uzoq davom etgan irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish asosida ro‘y bergan. O‘simlik va hayvonlarning har qanday yirik taksonomik birligida aromorfoz tipidagi o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin.
Idioadaptatsiya
Muayyan yashash sharoitiga moslashuviga yordam beradi
Organizmlar tuzilishi darajasini, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko‘tarmaydi
Xususiy, juz’iy moslanish
Hayvonlarda
Himoya rangi, mimikriya hodisasi
Idioadaptatsiya
Shamol, hasharotlar, qushlar yordamida chetdan changlanish, meva va uruqlarning tarqalishi
O‘simliklarda
Hasharotxo‘rlar turkumiga mansub hayvonlarning ba’zilari quruqlikda, suvda yoki yer ostida yashashga moslashganligi ham idioadaptatsiyaga misoldir.
Suyakli baliqlar har xil tur vakillarining tana shakli, rangi, suzgich qanotlari tuzilishining o‘ziga xosligi ham idioadaptatsiya yo‘nalishidagi moslanishlar natijasidir.
Tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o‘tish demakdir. Organik olam evolutsiyasining bu yo‘nalishi organizmlarning o‘troq yoki parazit holda hayot kechirishiga moslashuvi uzviy aloqador.
Umumiy degeneratsiya
Assidiy lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv sistemasi xorda, ko‘z rivojlangan bo‘ladi. Keyinchalik lichinka o‘troq hayot kechirishga o‘tib, voyaga yetish jarayonida organizmda regressiv metamorfoz ro‘y beradi. Xorda nerv sistemasining asosiy qismi yo‘qolib qolgani tugunchaga aylangan bo‘ladi.
Organik olamning rivojlanishida biologik yuksalish – progressga qaramaqarshi o‘laroq, biologik regress ham uchraydi. Biologik regressda muhit sharoitiga organizmlar yetarlicha moslasha olmaganliklari sababli ularning:
a) avloddan avlodga o‘tgan sari individlar soni kamayadi;
b) tarqalgan areali torayadi;
d) populatsiyalar, turlar soni qisqaradi.
O‘simliklardan ginkgolar oilasi, sutemizuvchilardan hasharotxo‘rlar turkumiga kiruvchi faqat ikki turdan iborat vixuxol avlodi biologik regress holatidadir.
Evolutsiyaning turli yo‘nalishlari orasidagi bog‘lanishlar.
Hayvonlar va o‘simliklarning tarixiy rivojlanishida aromorfozlar idioadaptatsiyaga nisbatan kam uchraydi. Shunga qaramay aromorfozlar organik olamning rivojlanishida doimo yangi, yuqori bosqich amalga oshganligini ifodalaydi.
Aromorfoz yo‘nalishi tufayli tuzilishi murakkablashgan organizmlar ajdodlarga nisbatan yangi o‘zgargan muhitga ko‘proq moslashadilar. Bu moslashish evolutsiyaning idioadaptatsiya, ba’zan umumiy degeneratsiya yo‘nalishi bilan mustahkamlanib boradi.
Har bir aromorfozdan so‘ng idioadaptatsiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaraladi. Idioadaptatsiya va umumiy degeneratsiya esa aromorfoz yo‘li bilan paydo bo‘lgan organizmlarning tuzilish darajasini oshirmagan holda muhitga moslashib olishni ta’minlaydi.
Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish