Orol dengizi muammosi Reja: Kirish. Orol dengizini qurishining sabablari. Orol dengizinig insonyatga salbiy tasiri. Xulosa


Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan



Download 27,05 Kb.
bet3/5
Sana06.07.2022
Hajmi27,05 Kb.
#743492
1   2   3   4   5
Bog'liq
Orol dengizi muammosi

Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan.
Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻlikligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya boshladi.
Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—60 yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—60 yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan.

Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi — kichik va sayoz shimoliy qismi (shoʻrligi — 8—13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi — 69— 72 g/l); uchinchisi — eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi — 68-69 g/l). Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.
Orol dengizini qurishining sabablari
Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Toʻrgʻay daryosi esa Orol dengiziga quyilgan. Orol dengizi 1573-yilgacha Kaspiy dengizi bilan bogʻlanib boʻlgan. Paleontologlar Orol dengizi qirgʻoqlaridan kit, akula va dengizda yashaydigan qizil baliq qoldiqlarini topishgan. 1850-yilda Rossiya buyurtmasi asosida Shvesiyada qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan. 1965-yilgacha Aralsk, Moʻynoq, Xoʻjayli, Chorjoʻy oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashuvchi paroxodlar qatnagan. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash kombinati ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 ming sentnergacha baliq ovlangan. 1981-yilda Amudaryoda kema va parom qatnovi toʻxtatilgan. Orol dengizining yuz km dan koʻproq ichkariga chekinishi natijasida kemalar quruq qum ustida qolib ketdi. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida umurtqali hayvonlarning 178 turi, oʻsimliklarning 1200 turi aniqlangan. Amudaryo qirgʻoqlaridan yiliga 1 mln dan ortiq ondatra moʻynasi tayyorlangan. Oʻtgan asrning 90-yillarga kelib, moʻyna tayyorlash butunlay barham topdi. Tuproqning kuchli shoʻrlanishi oqibatida qishloq xoʻjalik mahsulotlari etishtirish bir necha marta kamayib ketdi. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan xatoliklar Orol boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan.
Endi tarixga nazar tashlasak. O‘tgan asrning 60-yillarida O‘rta Osiyoning barcha respublikalari va Qozog‘istonda jadal sur’atlar bilan cho‘llarni o‘zlashtirish boshlandi. Yiliga 70 — 80 ming gektar yer o‘zlashtirilar edi. Bir gektar maydonni qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun tayyorlash, u yerda hosil yetishtirishga hech bo‘lmaganda o‘n va undan ortiq ming kub metr suv kerak bo‘ladi. Shunday qilib, cho‘lni o‘zlashtirish uchun har yili 600 — 700 million, ba’zan bir milliard kub metrgacha suv sarflanar edi. Sirdaryo va Amudaryodan suv olish hajmi yildan-yilga ortib bordi. Vaqti kelib, daryolar endi Orolga yetib bormay qo‘ydi, bunday holat keyingi yillarda yuz berdi.
Xo‘sh, biz Orolni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkinligini qachon tushunib yetdik? Aslida cho‘l yerlarni keng ko‘lamda o‘zlashtirish natijasida daryolar suvi Orolga yetib bormasligi avvaldan ma’lum edi. Shuni bilgan holda, nega bo‘lmasa, bunchalik tez o‘zlashtirish va ko‘p suv sarfiga yo‘l qo‘yildi?
Bunga bir nechta sabab bor edi. Shulardan asosiy ikkitasini keltirib o‘taman. Birinchi galda — O‘rta Osiyo respublikalarida aholi sonining yiliga 2 — 2,5 foizgacha o‘sishi. Shu o‘rinda qator savollar paydo bo‘ladi. Mabodo, o‘sha vaqtda sug‘oriladigan yerlar maydoni 1,8 milliondan 4,3 million gektargacha yetkazilmaganida, bugun O‘zbekiston o‘zining 33 milliondan ziyod aholisini boqa olarmidi? To‘g‘ri, yerlar, asosan, paxta ekish maqsadida o‘zlashtirilgan va ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlari O‘zbekistonga boshqa respublikalardan keltirilgan. Bu — sobiq ittifoq markazining o‘sha davrdagi siyosati edi. Lekin agar o‘shanda yerlar o‘zlashtirilgan bo‘lmaganida, ittifoq parchalanib ketganidan keyin qanday ahvolga tushib qolardik — buni endi tasavvur qilish qiyin emas. Oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan valyutaga sotib olishga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi, mustaqil respublikada esa valyuta yetishmasdi. Shu yerda O‘zbekiston suverenitetga erishgan dastlabki kunlarda bor-yo‘g‘i bir haftaga yetadigan bug‘doy zaxirasi ­mavjud bo‘lganini eslashning o‘zi kifoya. O‘shanda va undan keyin ham valyuta, asosan, paxta tolasini ­eksport qilish hisobiga topilgan va unga oziq-ovqat mahsulotlari, eng avvalo, don xarid qilingan.
Orol uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini bilgan holda, baribir nimaga cho‘l o‘zlashtirishga zo‘r berib, Sirdaryo va Amudaryoning suv zaxiralari ko‘p sarf qilinavergan? Endi buning ikkinchi sababiga kelsak. Bu O‘zbekistonni ham, qo‘shni respublikalarni ham rivojlantirish bilan bog‘liq. Aynan o‘sha davrda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni jadal ko‘paytirish bilan bir qatorda, yirik korxonalar ham qurilgan, ular esa ham mahsulot ishlab ­chiqargan, ham aholini ish o‘rinlari bilan ta’minlagan. Yerlarni o‘zlashtirish bilan bir paytda, bugun millionlab odamlar yashayotgan aholi punktlari bunyod etilgan. Ya’ni agar yangi yerlarni o‘zlashtirmaganimizda, iqtisodiyotimizning bugungi taraqqiyoti darajasiga, uning mustaqillik yillaridagi o‘sishi uchun zamin yaratishga erishgan bo‘lmasdik.
Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.  
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o’zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi.
Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv xajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko’tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho’llashish sur’atlari o’sib bormoqda.
Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.

Download 27,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish