O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 «Iqtisodiyot nazariyasi» fani va zamonaviy yangicha



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

1.10. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani va zamonaviy yangicha
iqtisodiy ong, tafakkurning rivojlanishi
Bozor iqtisodiyoti har bir inson oldiga oddiy, ammo qattiq talab
qo‘yadi: farovon yashash uchun samarali mehnat qilish zarur. Iqtisodiy
faoliyat hammaga, uning sir-asrorlarini yaxshi bilishni zarur qilib
qo‘yadi. Hozir buni anglamaganlar keyin pushaymon bo‘lishadi.
Shuning uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani oldida ikki vazifa turadi:

birinchisi, kishilarga iqtisodiyotning sir-asrorlarini o‘rga-
tib, ularning iqtisodiy savodini chiqarish, kishilarning bilim saviya-
sini, ya’ni ongini oshirish;

ikkinchisi, iqtisodiyotga oid amaliy qoidalarni ayrim kishilar,
oilalar, firmalar va davlat xizmatchilari e’tiboriga yetkazish. Bular
vaziyatga qarab qanday iqtisodiy yo‘l tutish, harakat qilish, iqtisodiy
vositalardan qanday foydalanish, iqtisodiy manfaat yo‘lida nimalar
qilish kerakligi haqida tavsiyalar berishdir.
Insonning iqtisodiy sa’y-harakatlari negizida hamisha muay-
yan qonun-qoidalar yotadi. Shu bois ularni bilishga intilish
qadimdan mavjud. Kishilar asrlar davomida iqtisodiy hodisalarni
kuzatib, ularni umumlashtirgan holda turli fikr-mulohazalar, il-
miy qarashlarni olg‘a surishgan. Bu qarashlar va fikrlar jamlana
borib, iqtisodiyot ilmi yuzaga kelgan. Qur’oni karim, Hadisi sha-
rifda, ajdodlarimiz bo‘lmish buyuk allomalar asarlarida iqtiso-
diyot qonun-qoidalariga, tartiblariga oid ilk va ajoyib fikrlar
mavjud, G‘arbiy Yevropada yashab o‘tgan mutafakkirlar ham iq-
tisodiyot ilmiga ulkan hissa qo‘shishgan.
Ayniqsa, XX asrga kelib iqtisodiyot ilmiga e’tibor g‘oyatda
kuchaydi. Jahonning buyuk tabiatshunos olimlari, madaniyat


27
arboblari qatorida bir necha taniqli iqtisodchi olimlarga iqtisodiyot
sohasidagi ulkan kashfiyotlari uchun xalqaro Nobel mukofoti
berilgani ham buning yaqqol dalilidir.
Iqtisodiy bilimlarning hayotda asqatishi turgan gap. XX asrning
atoqli iqtisodchi olimi, Nobel mukofoti sovrindori Milton Fridmen
(AQSH)ning yozishicha, iqtisodiyot ilmining qoidalarini bir bet
qog‘ozga yozib sig‘dirish mumkin, ammo shunga qaramay, uni
juda kam kishi tushunadi. Demak, iqtisodiyotni bilish uchun uni
qunt bilan o‘rganish kerak.
Hamma zamonlarda ham iqtisodiy bilimlar kishilarga zarur
bo‘lgan, chunki iqtisodiyot bilan har xil darajada bo‘lsa-da, hamma
shug‘ullanadi. Kishilar faqat bugungi kun bilan emas, balki kelajak
bilan ham yashaydilar. Iqtisodiyot ilmi esa shu kun hodisalarini
tushuntirish bilan cheklanmaydi, balki kelajakni ham anglashga
ko‘mak beradi. Masalan, hozirgi O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon
xo‘jaligining bir qismi ekan, uning iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar
mamlakatimizni ham chetlab o‘tmaydi. Shu bois tashqi iqtisodiy
muhitning mamlakatga ta’siri kuchayib borayotgan sharoitda qanday
faoliyat lozimligini oldindan ko‘ra bilish talab qilinadi, uni esa
iqtisodiy bilimlar bilan qurollangan holda to‘g‘ri hal etish mumkin.
Iqtisodiy hayotning inson har qadamda duch keladigan g‘oyat
murakkab o‘z tartibi, tamoyillari va qoidalari ko‘p. Iqtisodiyot
tartiblanib tursa-da, tasodiflardan xoli emas. Bu tasodiflarni ham
hisobga olib ish yuritish ko‘p hollarda muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Masalan, iqtisodiy xatar hodisasini olaylik. Unga faqat tadbirkorlar
emas, balki oddiy fuqaro, hatto mamlakatlar ham duch keladi. Ishchi
va xizmatchining ishsiz, binobarin, daromadsiz qolish, bozorda aldanib
qolish xatari bor, firma ishi yurishmay zarar ko‘rishi va xonavayron
bo‘lishi, mamlakat esa daromad topa olmay qarzga botib qolishi
mumkin. Iqtisodiyotning qonunlari, tamoyillari va qoidalari qanchalik
chuqur egallansa, shunchalik xatarga kam yo‘liqish, yo‘liqqan taqdirda
ham undan kam talafotlar bilan chiqish mumkin.
Jamiyatimiz hayotida iqtisodiy bilimlarning ahamiyati va o‘rni
tobora ortib bormoqda, shuni hisobga olib O‘zbekistonda ham
keng ommaning iqtisodiy ongini, iqtisodiy tafakkurini yanada
yuksaltirish yuzasidan maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilgan,
ularning bajarilishi esa hukumat darajasida nazorat qilinadi. Bu
dasturlarga ko‘ra, maktablardan boshlab, litseylar, kollejlar, oliy
o‘quv yurtlari va ulardan keyingi ta’lim tizimlarida ham iqtisodiy
savodxonlikni oshirish chora-tadbirlari belgilangan.


28
ASOSIY TAYANCH IBORALAR

Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish
jamiyat hayotining asosi;

iqtisodiy munosabat subyekti;

asosiy subyektlar;

iqtisodiy qonunlar;
1. Nima uchun moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jamiyat hayotining asosi
hisoblanadi?
2. Iqtisodiy resurslar nima va ularning cheklanganligini qanday tushunasiz?
3. Iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy hodisa nima?
4. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?
5. Mehnat unumdorligi nimaligini tushuntirib bering.
6. Iqtisodiy munosabatlar o‘z ichiga qanday unsurlarni oladi?
7. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti nima?
8. Iqtisodiy munosabat obyekti nima?
9. Iqtisodiy munosabat subyekti kimlar?
10. Iqtisodiy tizimlarning asosiy belgilari nimalardan iborat?
11. Iqtisodiy qonunlar ta’rifini ayting va qanday iqtisodiy qonunlar bor?
12. Iqtisodiy kategoriyalar nima va ularning ta’rifini bayon eting.
13. Ilmiy bilish usullari deganda nimalarni tushunasiz?
14. Miqdoriy tahlilni tavsiflang.
15. Matematik tahlil usulini tushuntirib bering.
16. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni grafik usulda ko‘rsatib bering.
17. Iqtisodiyot nazariyasining funksiyalarini aytib bering.
18. Iqtisodiy ong, iqtisodiy tafakkur deganda nimalarni tushunasiz?
19. O‘zbekistonda iqtisodiy bilimlarni o‘rgatish xalqimizga qanday naf kelti-
rishi mumkin?
20. Iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun kimlar Nobel muko-
fotiga sazovor bo‘lgan?

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish