O‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi. Induksion g‘altaklar


Batareyali o't oldirish tizimi



Download 1,45 Mb.
bet17/21
Sana18.07.2022
Hajmi1,45 Mb.
#820734
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
O`T OLDIRISH TIZIMI

Batareyali o't oldirish tizimi
Bu tizim shu kunlargacha ishlatib kelingan tizimlardan biri. Avtomobil haydovchilariga bu tizimning tuzilishi, har bir qismining vazifasi, ularning tashqi ko'rinishigacha yaqin bo'lib qolgan desak xato bo'lmaydi. Agar ularning tuzilishi, har bir qismining vazifasini bayon qilsak, eskirib qolgan tizimni bayon qilish shartmidi yoki shu eski tizimga qaytish targ'ibot qilinmoqda, deb tushunmaslik kerak. Agar shu tizimning tuzilishi va asosiy qismlarining vazifalarini yaxshi tushunib olsak, zamonaviy tizimlarni, birinchidan, tushunishimiz oson bo'ladi, ikkinchidan, zamonaviy tizimning shu nomdagi qismi bilan solishtirishimiz natijasida tuzilishi va ishlash prinsipidagi farqlarni sezishimiz oson bo'ladi. Quyida to`rt silindrli dvigatelning batareyali o't oldirish tizimining sxemasi keltirilgan, Bu tizim quyidagi qismlardan iborat: oʻzgarmas tok manbayi boʻlgan akkumulyator 21 (yoki generator), o't oldirish g'altagi 12, uzgich taqsimlagich 16, kondensator 6, o't oldirish chaqmog'i 19, rezistor 9, o't oldirish kaliti 14, past va yuqori kuchlanishli simlar. Bu tizim bir simli boʻlib, energiya manbayini iste'molchilar bilan ulaydi.

Ikkinchi sim detallar asosini bir-biriga ulaydi va massa hisoblanadi. O't oldirish ulangan holatida uzgich kontakti 5 bekiladi, past kuchlanishli tok akkumulyator batareyasi 21 dan (yoki generatordan) quyidagicha o'tadi: akkumulyator batareyasi 21 ni "+" zanjiri - am- permetr 22, o't oldirishni ulagichi 8, rezistor 9, o't oldirish gʻaltagi 12 ni birlamchi chulg'ami 10, qo'zg'aluvchi kontakt 2, qo'zg'almas kontakt 3, massa-akkumulyatorning "-" zanjiriga o'tadi. Past kuchla- nishli tok birlamchi chulg'am 10 atrofida magnit maydonini hosil qiladi. Mushtcha 4 aylanib, uzgich 5 ning richagi 1 ni ko'targanda, kontaktlar 2 va 3 ajraladi, undan o'tayotgan past kuchlanishli tok uziladi va birlamchi chulg'am atrofidagi magnit maydoni yo'qoladi. Yo'qolayotgan magnit oqimi birlamchi va ikkilamchi chulg'amlar o'ramlarini, o'zak 13 ni va tashqi simlarini kesib o'tadi va birlamchi chulg'amda uzinduksiya E.Yu.K. ni induksiyalaydi, ikkinchi chulg'amda esa o'zaro induksiya E.Yu.K.ni (16...22 kV) induksiyalaydi. Bu kuchlanish chaqmoq elektrodlari orasida ishonchli uchqunli razryad qilishi uchun yetarli bo'ladi, natijada o't oldirish zanjiridan yuqori kuchlanishli elektr toki o'tadi. Bu tokni har bir silindr chaqmoqlariga silindrlarni ishlash ketma-ketligiga mos ravishda, kerakli vaqtda yetkazib berish uchun qurilmalar mavjud. Ularning vazifalari quyidagilar. O't oldirish g'altagi. Vazifasi past kuchlanishli tokni yuqori kuchlanishli tokka aylantirib beradi. Bunda yuqori kuchlanishli tok chaqmoq elektrodlari orasida uchqun hosil boʻlishi uchun yetarli bo'lishi kerak. Bu qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas kontaktlar orqali bajarilib, ular orasidagi tirqish 0,6...0,8 mm (ochiq turganda) atrofida bo'ladi. Taqsimlagich. Vazifasi yuqori kuchlanishli tokni dvigatel silindrlarini ishlash ketma-ketligiga mos holda chaqmoqlarga yetkazib berishdan iborat. Dvigatellarda uzgich bilan taqsimlagich bir asosga joylashtiriladi. Shuning uchun bu qismni uzgich-taqsimlagich deb aytiladi. Uzgich-taqsimlagichga toʻrtta qurilma joylashtiriladi. - past kuchlanishli tok zanjirini uzgich; yuqori kuchlanishli tokni, silindrlardagi chaqmoqlarga taqsimlash; markazdan qochma kuchga asoslangan o't oldirishni ilgari- lashini o'zgartiruvchi rostlagich; o't oldirishni ilgarilashuvini o'zgartiruvchi vakuum rostlagich. Bundan tashqari uzgich-taqsimlagichga kondensator va oktan korrektor ham o'rnatiladi. Markazdan qochma kuchga asoslangan' rostlagich avtomatik ravishda tirsakli valning aylanishini hisobga olib, o't oldirishni ilgarilanishini o'zgartiradi. Oktan-korrektor dvigatelda ishlatilayotgan benzinning oktan soniga qarab, o't oldirishni ilgarilanishini qoʻlda o'zgartiradi. O't oldirish chaqmog'i. Vazifasi dvigatelning ichidagi yonuvchi aralashmani alangalatish uchun zarur bo'lgan uchqunni hosil qilib berishdan iborat. Ularning xossalari kalil soni bilan ifodalanadi. Dvigatelning issiqlikdan zo'riqishi qancha ko'p bo'lsa, kalil soni ham shuncha katta bo'lishi kerak. Zamonaviy avtomashinalarda yaxlit, keramik izolyatorli chaqmoqlar qo'llaniladi. Ularning muvaffaqiyatli ishlash harorati 400...900°C atrofida bo'ladi.


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish