O’tibdo’ Sana 09 «Ona tili» 7-sinflar uchun 6-Sinfda o'tilganlarni takrorlash


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Download 1,1 Mb.
bet216/219
Sana05.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#741330
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219
Bog'liq
7-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– eshitilgan yoki o‘qilgan matnlardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :
– doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish;
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
301-mashq. Qavs ichida berilgan yordamchi so’zlardan mosini qo’yib, matnni ko’chiring. Yordamchi so’zlarga izoh bering.
Millatning kelajagi bugundan boshlanadi. O’zligini anglamagan, manqurtlik (beri, tomon, ko’ra) ketayotgan odamlar bilan yangi jamiyatni qurib bo’lmaydi. Ma’naviyati yuksak insonlar (nahotki, nafaqat, agar) o’z davri rivojiga, (-ki, balki, shuning uchun) millat kelajagi (hamda, yoki, yoxud) ravnaqiga ham munosib hissa qo’shadi.
Ma’nan boy, ruhan komil insonlargina ozod (bilan, ham, va) obod Vatanni qurishga qodirdirlar. (Y. Do’stmatova)
302-mashq. Matnni o’qing, yordamchi so’zlarni topib, ularni izohlang.
Shirinsoy oqshomlari! Naqadar jozibador, naqadar orombaxsh!.. Quyosh qizil baxmal kabi tovlanib, o’zini azim chinorlar panasiga olganda, bu yerdagi oqshomlar ko’hna tabiat ko’rki — tongdan ham musaffo bo’lib ketadi. Go’yo butun qishloqqa atlas poyandoz solinganday. Keng ko’chalar ham, qator oq uylar ham, oldi gulzor klub ham goh sariq, goh qizg’ish tusga kirib qishloq husniga husn qo’shadi. Bu yerning odamlari-chi? Ular orombaxsh oqshomlardan ham go’zal. Bu odamlar bilan suhbatlashib to’ymaysan. Ular uddasidan chiqmagan ish yo’q, shuning uchun ham lablarida doim tabassum, ko’zlarida sevinch, ular tongni ham, tunni ham qo’shiq bilan qarshi olishadi. (O’. Umarbekov)
303-mashq. Gaplarni ko’chiring. Ular tarkibida kelayotgan yordamchi so’zlarni topib, ma’nolarini tushuntiring.
1. Tabiatga qo’pol ravishda aralashish natijasida paydo bo’gan kasalliklarni farmatsevtika zavodlarida ishlangan dorilar bilan tuzatib bo’lmaydi. (Tohir Malik) 2. Maktabga borayotib papkamni ochdim-da, konvertni qo’limga oldim. Xuddi xat tashiydigan samolyotga o’xshab, qo’llarimni yoyib, maktabga qarab chopdim. (P. Qodirov) 3. Komil bosh irg’adi: — Havo ochilyapti-ku! — Ochilishga ochilgan-u, ammo lekin ayoz... . (O. Yoqubov) 4. Ba’zi kunlar bo’ladiki, qovog’idan qor yog’ib turadi, buning ustiga yana o’n besh-yigirma daraja sovuq ham bo’ladi-yu, biroq odamga xush yoqadi. (N. Fozilov) 5. Aql-idrok, ilm-hunar - bular mehnat bilan topiladigan va kamol toptiradigan narsalardir. (Otalar o’ giti)
304-mashq. Uyga vazifa. Jadvalni to’ldiring. Yordamchi so’zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Ko’makchilarBog’lovchilarYuklamalar Qarab, avval, garchi, ko’ra, muvofiq, oldida, ba’zan... ba’zan, -gina, hattoki, yoki, -chi, -a, -ya, binoan, garchand.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
1. Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi
2. Modal so’zlar deb nimaga aytiladi?
3. Taqlid so’zlar deb nimaga aytiladi?
4. His hayajon undovlari deb nimaga aytiladi?

V. Uyga vazifa.


VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: ___________________

«Ona tili» 7-sinflar uchun


7 «A»____ ___________________ 7 «B»____ ___________________________
Mavzu: UNDOV, TAQLID VA MODAL SO’ZLAR YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish