O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Download 91,44 Kb.
bet2/19
Sana03.05.2023
Hajmi91,44 Kb.
#934584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar

Inson va shayton
Ba’zilarga hayron qolasiz. Qilg’ilikni qilib qo’yadi-da, “bilmay qoldim, shayton yo’ldanurdi”, deydi... To’g’ri, odamzot qonida shayton vasvasasi aylanib yurishi-bor gap. Ammo.. Shunaqangi erkaklar borki, qirqta urg’ochi shaytonni bolalatib tashlaydi. Shunaqangi ayollar borki, qirqta erkak shaytonni aliment to’laydigan qilib qo’yadi... Hamma aybni shayton sho’rlikka to’nkayvermang!


Ayol qalbi
Ayol qalbi teskari magnitga o’xshaydi: yaqinlashsang-uzoqlashadi, uzoqlashsang-yaqinlashadi.


Hushyor bo’ling
Ayol sizni juda qattiq sevsa, hushyor bo’ling. Otashin muhabbat-rashkka, rashk-shubhaga, shubha-xudbinlikka, xudbinlik-dushmanlikka aylanishi mumkin.


Go’dak isi
Ayol go’dak isini birinchi farzandi tug’ilganidayoq his etadi. Erkak esa go’dak isi nimaligini nevarali bo’lganidan keyin anglaydi!... Biz-erkaklar doim kechikib yuramiz…


Otalar va bolalar
U oddiy odam edi. Hammolchilik qilardi. To’rt qiz, uch o’g’ilni oyoqqa turg’azdi. O’g’illarini uylantirdi. Qizlarini chiqardi. Hammasini uyli-joyli qildi. Ko’z yumayotganida “hammalaringdan mingdan-ming roziman”, dedi... Qarashsa, kafanligi yo’q ekan…


Gumroh bandalar
Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki og’iz shirin so’zni tekinga aytmaydi-da, ular o’lganidan keyin ming-ming pul sarflab, o’sha so’zlarni qabrtoshga yozdirib qo’yadi...


Kulgi va yig’i
Kulishni bilmaydigan odam-baxtsiz odam. Yig’lashni bilmaydigan odam esa ikki hissa baxtsiz!


Asl aynimas
Sopol tovog’ing sinsa, dod sol: kesakka aylanadi. Tilla idishing sinsa, parvo qilma: bahosi tushmaydi!
Yuk ko’targan...
“Yuk ko’targan odam yuzaga chiqadi”, deydilar... Chiqadi. Albatta chiqadi! Faqat yuk ko’targanni ko’tarib yuboradigan Qo’l bo’lsa bas!


Baxtli va baxtsiz
Baxtli odam xudbin bo’ladi: baxtsizlarga achinmaydi. Baxtsiz odam ham xudbin bo’ladi: baxtlilarga g’ayirligi keladi.



Download 91,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish