O'z kapitali


O'z kapitalining korxona Kapitalini shakllantirishdagi roli



Download 461,8 Kb.
bet2/8
Sana29.05.2022
Hajmi461,8 Kb.
#618194
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5451846827718481898

1. O'z kapitalining korxona Kapitalini shakllantirishdagi roli.


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Chunki, uning holatiga qarab jami mablag‘lar tarkibidan kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga baho beriladi. Bu biznesni boshqarish, faoliyatni kengaytirish va sheriklik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘ta muhim masala hisoblanadi.


Xususiy kapital tushunchalariga ta’riflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”da hamda “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da keltirilgan.2
Xususiy kapital (sarmoya) – subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir. Subyekt majburiyatlari – subyekt (qarzdorning) boshqa subyekt (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir.
Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Demak yuqoridagi ta’rif va tasniflashdan quyidagi bog‘lanishni berib o‘tish mumkin:

Xususiy kapital (XK) = Aktivlar (A) Majburiyatlar (M)


Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar qiymatini va majburiyatlarni baholashga bog‘liqdir.




21998 йил 26 июлда 17-07/86-сон билан тасдиқланган “Молиявий ҳисоботни тайёрлаш ва тақдим этиш учун концептуал асос” ҳамда “Ҳисоб сиёсати ва молиявий ҳисобот”да Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигида 1998 йил 26 июлда 17-07/85-сон билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикасининг Бухгалтерия ҳисоби миллий стандарти (1-сон БҲМС)
Bundan xulosa qilish ma’lumki korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • O’z mablag’lar manbai;

  • Qarz mablag’lari.

Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o’z mablag’larini belgilab olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag’larni qaysi manbaa xisobiga qoplash kerakligini ko’rib o’tiladi. Agarda korxonaning o’z mablag’lari yetarli bo’lsa o’z mablag’lar manbai hisobiga aks holda esa qarz mablag’lari hisobiga qoplaydi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir korxona o’z moliyaviy ehtiyojlarini o’zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta’minlash manbai bo’lib, uning foydasi, qimmatbaho qog’ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to’lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari hamda qonundan tashqari bo’lmagan holda kirim qilingan mablag’lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag’lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi.
Xususiy kapital xisobi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudratining darajasini qay darajada ekanligini bildiradi. Bunday taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6-sessiyasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunda ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16- moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5- shakl «Xususiy kapital to’g’risida hisobot» deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.
Xususiy kapital korxonaning o’z mablag’lari manbaining asosini tashkil etuvchi ko’rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav kapitali, zahira kapitali, qo’shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi.
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek‚ ekvivalenti chet el valyutasida ifodalangan ustav fondini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan kurs farqini aks ettiradi.
Zaxira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘ladigan inflyatsiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek‚ tekinga olingan mol-mulkning qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga qo‘shilishi mumkin.2
Xususiy kapital tahlilining maqsadi xususiy kapitalni shakllantirishning asosiy manbalarini o‘rganish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlashdan iborat.
Xususiy kapital tahlilining asosiy vazifalari:
-tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar bazasini (ustav kapitalini ko‘paytirish, undan foydalanish, tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlar to‘plamini) shakllantirish;
-qonun hujjatlari va xo‘jalik yurituvchi subyektning ustavida belgilangan normalariga amal etilishini baholash;
-xususiy kapital va uning tarkibiy, dinamik o‘zgarishlariga baho berish;
-xususiy kapitaldan samarali foydalanish darajasini o‘rganish xususiy kapital samaradorligini oshirishning imkoniyatlarini aniqlash va yo‘lga qo‘yish.
Hisobotning xususiy kapital to‘g‘risidagi qismiga oid tushuntirish xati “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.
Hisobotning xususiy kapital to‘g‘risidagi qismiga oid tushuntirish xati “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.
Buxgalteriya balansida xususiy kapital va uning tarkibiy birliklari haqidagi ma’lumotlar hisobot davri boshiga va oxiriga haqiqiy, tan olingan qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Buxgalteriya balansida o‘z sarmoyasi va ularni oshkor qilish xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotlarni aks ettirishni tasniflaydi. Buxgalteriya balansida xususiy sarmoyani umumiy summasigina oshkor qilinishi kerak.
Xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari haqidagi axborotlarni tarkibiy qismi sifatida ochib berilishi 14 son BHMS bilan tarkiblanadi. Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar (banklar va byudjet tashkilotlaridan tashqari) xususiy kapital to‘g‘risidagi axborotni tayyorlash va ochib berish jarayonida mazkur standart talablarini bajarishlari kerak.
O‘z sarmoyasi (xususiy kapital) to‘g‘risidagi hisobotda o‘z sarmoyasining harakati, zaxiralarni shakllantirish, to‘lash uchun hisoblangan dividendlar to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‘lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotga bo‘lgan tushuntirishda xo‘jalik yurituvchi subyekt xususiy kapital qatnashchisining chiqib ketishi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalarni bekor qilinishi, aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital to‘g‘risidagi tushuntirishda

quyidagilar haqidagi axborotni keltiradilar:


a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aksiyalarning umumiy soni va nominal qiymati;


b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan aksiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati;
v) aksiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy summasi;
g) ayrim turlar va toifalar bo‘yicha ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar;
d) imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanmagan jamlangan dividendlar summasi;
f) aksiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, xususan, to‘lanadigan aksiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari to‘g‘risida;
j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo‘shib yuborishlar va aksiyalarning maydalanishi yoki qo‘shib yuborilishigacha va undan keyingi aksiyalarning nominal qiymati to‘g‘risidagi.
Aksiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy summasi tushuntirishda quyidagilar bo‘yicha keltiriladi:
a)aksiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan barcha pul mablag‘lari, aksiyalar
soni ko‘rsatilgan holda;
b)aksiyalar uchun to‘lov sifatida kirim qilingan mol-mulkning qiymat bahosi, aksiyalar soni ko‘rsatilgan holda;
v) aksiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan chet el valyutasining umumiy summasi, aksiyalar soni va hisobda valyuta kirim qilingan kursi ko‘rsatilgan holda.
Ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar haqidagi axborot tushuntirishda ayrim turlar va toifalar bo‘yicha keltiriladi:
a) chiqarilgan aksiyalar soni, ustav kapitalining to‘lanmagan qismi ko‘rsatilgan holda;
b) aksiyaning nominal qiymati;
v) muomalada bo‘lgan aksiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi

o‘zgartirishlar;


g) aksiyalar bilan bog‘liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi bo‘yicha cheklashlar;
d) jamiyatning o‘ziga, uning sho‘ba va uyushgan korxonalariga tegishli aksiyalar;
v) ular egalik qilayotgan muassislar ro‘yxati va aksiyalar soni;
j) ijroiya organi a’zolarining mulki bo‘lgan aksiyalar soni;
z) opsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun zaxiralashtirilgan aksiyalar, ularning muddatlari va summalari ko‘rsatilgan holda;
i) konvertatsiyalanadigan (aksiyalar yoki obligatsiyalarga) aksiyalarning soni va nominal qiymati hamda ushbu aksiyalarning qarzga oid qimmatli qog‘ozlarga konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar.
Boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarga oid izohlarda quyidagilar to‘g‘risidagi axborotni keltiradilar:
a) egalik qiluvchilar o‘rtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi;
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;
v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi o‘zgartirishlar.
Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyalini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning, shu jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ham rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.
Xususiy kapital hisobi o’z ichiga bir qancha ko’rsatkichlarni olib, ular quyidagi tartibda tashkil etiladi:

    • Ustav kapitali;

    • Qo’shilgan kapital;

    • Rezerv kapitali;

    • Taqsimlanmagan foyda;

    • Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.

Korxonaning ustav kapitali o’z mablag’lar manbaining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo’yilgan pay to’lovlarini, aksiyalarining nominal qiymatini o’zida saqlaydi. Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig’inida qabul qilingan qarorlar asosida yuritilib boriladi.
Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mulkni ko’rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav kapitalida ko’rsatiladi.
Korxonalar amalda qo’llanilayotgan qonunlarga ko’ra har yili erishgan foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko’rsatilgan tartibda mablag’ chegirilib boriladi.

Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:


1.Ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun;
2.Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo‘lsa imtiyozli aksiyalar uchun dividend berish;
3.Boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun.
Taqsimlanmagan foyda - bu korxonaning hisobida turgan sof foydasini ko‘rsatadi. U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng asosiy ko‘rsatkichlardan sanaladi. Lekin faoliyat yurituvchi korxonalar har safar ham foyda bilan chiqmasligi mumkin. Bu holda uning zarari xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar deb yuritiladi. Mazkur ikkala qiymat ham 8710- «Hisobot davridagi taqsimlanmagan
foyda (qoplanmagan zarar)» hamda 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotlarida yuritilib, ularning farqi ishoralari orqali aniqlanib olinadi. Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsientlar usuli eng ilg‘or usullardan hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida turli xil moliyaviy koeffitsientlar o‘rganiladi va ularni shartli ravishda to‘rtta katta guruhlarga ajratiladi:


1.Rentabellik koeffitsientlari;
2.Likvidlik koeffitsientlari;
3.To‘lov qobiliyati koeffitsientlari;
4.Bozor indikatorlari.
Bu ko‘rsatkichlar ham o‘z tarkibiga bir qancha koeffitsientlarni oladi:

Demak, birinchi ko‘rsatkich tarkibiga:


-Xususiy kapital rentabelligi;
-Korxonaning jami investitsiyalar rentabelligi;
-Leveridj;
-Sotish rentabelligi.

Likvidlilik koeffitsientlariga:


A) Tez likvidlanadigan koeffitsientlar;
B) Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsienti;
V) Ishlab chiqarish zahiralarini aylanishi koeffitsienti;
G) Qiyin likvidlanish koeffitsienti.

To‘lov qobiliyatini izohlovchi koeffitsientlarga quyidagilar kiradi:


-Qarz va xususiy kapital nisbati koeffitsienti;
-Xususiy kapitalning jami mulkda tutgan ulushi koeffitsienti;
-Qarz mablag‘larining jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsienti.
Bozor indikatorlariga esa bozor qiymati va buxgalteriya hisobida aks etgan baho (nominal qiymat, tannarx) orasidagi farq summalari o‘rganiladi. Bu koeffitsientlar ichida xususiy kapital tahliliga tegishli koeffitsientlar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagicha aniqlanadi:
Xususiy kapital rentabelligi. Bu rentabellik turi har bir so‘mlik xususiy kapitalimiz hisobiga to‘g‘ri kelgan sof foyda qiymati o‘rganiladi. Buning uchun,


Sof foyda


Xususiy kapitalning yillik o‘rtacha qiymati

ko‘rinishida hisob- kitob ishlarini bajarishimiz kerak.


Xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatini topish uchun yil boshidagi va yil oxiridagi summalarini yig‘indisini ikkiga bo‘lib aniqlaymiz.
Jami investitsiyalar rentabelligi. Bu ko‘rsatkichni aniqlashimiz uchun,


Sof foyda + (Kreditlar uchun foiz*foyda solig‘ining korektirovka qilingan stavkasi)+Rezervlar uchun ajratma.


Jami aktivlarning o‘rtacha qiymati

kabi hisoblashish ishlarini bajarishimiz lozim.


Bu yerda aktivlarning o‘rtacha qiymati jami mablag‘larning yil boshiga va yil oxiriga bo‘lgan qiymatini yig‘indisini ikkiga bo‘lgan holda topamiz. Bu yerda rezervlar uchun ajratma, kredit uchun soliqlar va foyda solig‘ining korrektirovkasi

sof foyda hisobidan bo‘lganligi uchun bu qiymatlarning yig‘indisi hisobot yilining yakuniy moliyaviy natijasi sifatida keladi.


Leverdj. Bu xususiy kapitalning o‘sgan qismini ko‘rsatib, u quyidagicha aniqlanadi, ya’ni xususiy kapital rentabelligi koeffitsienti bilan jami investitsiyalar orasidagi farq koeffitsienti olinadi. Kelib chiqqan natija qanchalik yuqori bo‘lsa korxonaning xususiy kapitalini shunchalik o‘sganligini beradi.
Bir aksiya uchun daromadni hisobot yilida olingan foydani chiqarilgan aksiyalar soniga bo‘lish bilan aniqlanadi.

Qarz va xususiy kapital o‘rtasidagi nisbat koeffitsienti.


Bunda uzoq va qisqa muddatli qarz mablag‘larini o‘z mablag‘lari manbaiga bo‘lib topamiz. Bunday nisbatlar har bir davr uchun aniqlanadi.
Agarda hisobot yili boshidagi aniqlangan koeffitsient yil oxiriga nisbatan katta bo‘lsa A1>A2 u holda korxonaning to‘lov qobiliyati oshgan bo‘ladi. Aks holda esa korxonaning to‘lov qobiliyati pasaygan bo‘ladi.

Xususiy kapitalning jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsienti.


Xususiy kapital qiymatini


Jami mablag‘lar
formulasi orqali topiladi. Bu koeffitsient qanchalik birga yaqinlashib borsa korxonaning mustaqilligi shunchalik oshib boradi. Bizning respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bu koeffitsientning kamida 50% ga ega bo‘lishlari lozim.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakliga asoslanib yil boshiga nisbatan yil oxirida qolgan xususiy kapitalning o‘zgarishini tahlil qilish mumkin. Korxona kapitalini tahlil qilishning asosiy maqsadi bo‘lib rejalashtirishgacha bo‘lgan davrda kapital hajmi va tarkibining dinamik harakatini va ularning kapitaldan foydalanish samaradorligi va moliyaviy mustaqilligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Bunda:

    • asosan korxona, tashkilot iqtisodchisi tomonidan kapitalning umumiy hajmi va asosiy tarkibiy qismlari o‘sish sur’atlarini sotiladigan tovarlar hajmi o‘sish sur’atlari bilan taqqoslagan holda ko‘rib chiqiladi;

    • xususiy va qarzga olingan kapitalning o‘zaro munosabatlari va uning harakatlari aniqlanadi;

    • qarzga olingan kapital tarkibida uzoq va qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tadqiq etiladi;

    • muddati o‘zgartirilgan moliyaviy majburiyatlarning miqdori aniqlanadi va uzaytirish sabablari o‘rganiladi.


Download 461,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish