O'z kapitali



Download 461,8 Kb.
bet5/8
Sana29.05.2022
Hajmi461,8 Kb.
#618194
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5451846827718481898


Ko‘rsatkichlar nomi



Ustav


Qo‘shilga n

Rezerv


Taqsimlanma gan

Sotib olinga n

Maqsadli


Jami


kapitali

kapital

kapitali

foyda

xususi y

tushumlar va










(qoplanmagan

aksiya lar

boshqalar










zarar)







A

1

2

3

4

5

6

7

Yil boshidagi qoldiq

397 295 314



-


2 765 352 150



2 305 961 630



-


73 025
871

5 541 634 965



Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi

304 263 494



-


x


x


x


x


304 263 494



Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash

x


x


10 686 965 871



x


x


x


10 686 965 871



Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari

x

-

x

x

x

x

-

Rezerv kapitaliga ajratmalar

x


x


-


-


x


x


-


Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)



x

x

x

-

x

x

-

Tekinga olingan mol-mulk

x


x





x


x


x


-


Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar



x

x

x

x

x

-

-

Hisoblangan dividendlar

x


x


x


14 906 077



x


x


14 906 077



Yil oxiridagi qoldiq

356 129 921

-

2 911 617 160

4 205 787 736

-

104 052
457

7 577 587 274



Xususiy kapitalining ko‘payishi (+) yoki kamayishi (-)



-41 165 393



-



146 265 010



1 899 826 106



-



31 026
586



+2 035 952 309



“Olmaliq kon-metallurgiya” AJ ning xususiy kapital va uning o‘zgarishi tahlil4 2-jadval

Aksionerlik jamiyatida xususiy kapitalning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2035 952 309 mln so‘mni tashkil etgan. Uning tarkibiy o‘zgarishlari ustav


kapitalining kamayishiga( -41 165 393 mln so‘m), rezerv kapitali hisobi (146 265010mln so‘m), taqsimlanmagan foyda (1 899 826 106) hamda maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga (31 026 586mln so‘m) ro‘y bergan. Aksionerlik jamiyatining xususiy kapitali tarkibida eng yuqori ko‘rsatkich taqsimlanmagan foyda hisobiga to‘g‘ri keladi. Taqsimlanmagan foydaning xususiy kapital tarkibidagi salmog‘i mos ravishda 41.6 %, 55.5 % ni tashkil etgan hamda davr boshiga nisbatan 13.6 % ga ortgan.
Xususiy kapitalning dinamik tahlilida xususiy kapitalning yaqin va uzoq davriylikdagi mutlaq, nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
Dinamik tahlilda xususiy kapitalning tarkibi, tuzilishi, holati va samaradorligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi yillar kesimida baholanadi. Tarkib bo‘yicha ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali va taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishlari, tuzilishi bo‘yicha tarkib birliklarining salmoq bo‘yicha o‘zgarishlari; samaradorlik (daromadlik va rentabellik) ko‘rsatkichlarining o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi.
Aksionerlik jamiyatida o‘z mablag‘lari manbasi 2017-2019yillar oralig’i bo‘yicha tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, subyektning xususiy kapitali hajmi davr boshiga nisbatan 3 880 769 323 ming so‘mga ortgan. Uni yillar bo‘yicha o‘zgarishlari mos ravishda birinchi yilga nisbatan 459 176 338 ming so‘mga, ikkinchi yilga nisbatan 3 421 592 985 ming so‘mga teng bo‘lgan. Xususiy kapitalning tarkibiy o‘zgarishlari 3-jadvalga kora davr boshiga nisbatan quyidagicha bo‘lgan:
-Ustav kapitali bo‘yicha jami o‘zgarish -41 165 393ming so‘mga;
-Rezerv kapitali bo‘yicha o‘zgarish davr boshiga nisbatan 531 905 686 ming so‘mga;
-Taqsimlanmagan foyda bo‘yicha o‘zgarish 1 899 826 106 ming so‘mga:
-maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga o‘zgarish 31 026 586 ming so‘mga teng bo‘lgan.

“Olmaliq kon-metallurgiya” AJ ning xususiy kapitali dinamikasi tahlili5

3-jadval



Xususiy kapital

2017-2019yy.

01.01.2017y.

01.01.2018y.

01.01.2019y.

1.O‘z
mablag‘lari manbasi

3 696 817 951


4 155 994 289


7 577 587 274



O‘zgarishi (+,-)

459 176 338

3 421 592 985
















Ustav kapitali

383 842 086

397 295 314

356 129 921

O‘zgarishi (+,-)

13 453 228

-41 165 393
















Rezerv kapitali

1 207 083 893

1 379 711 474

2 911 617 160

O‘zgarishi (+,-)

172624581

531 905 686
















Taqsimlanmagan
foyda

2 039 809 275


2 305 961 630


4 205 787 736



O‘zgarishi (+,-)

266 152 355

1 899 826 106
















Maqsadli
tushumlar

66 082 697


73 025 871


104 052 457



O‘zgarishi (+,-)

6 943 174

31 026 586

















3. Korxona kapitalini shakllantirishda o'z kapitalining samarali


yo'nishlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi tashkil etilayotgan korxonalar o'z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta'sischilari tomonidan o'z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulushi sifatida qo’shish bilan yaratiladi.
Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta'sis hujjatlariga muvofiq qo'shilgan (to'langan) hamda korxonaning xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moddiy boyliklar, pul mablag'lari va xarajatlar majmuidir.
Ustav kapitalining xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning birlamchi miqdorini o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan qayta o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;

  • Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegeralanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, korxonalar ustav kapitalini shakllantirishning oxirgi muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir yil;

  • Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan kiritilishi mumkin;

  • Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi.


Xususiy kapitalning shakllanish manbalari


Ustav kapitali korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga va mulk shakllariga bog‘liqdir. Davlat korxonalarida ustav kapitali unga davlat tomonidan birikitilgan mulklar majmuasidan tashkil topadi. Xususiy mulkchilik asosida tashkil etilgan korxonalarda ustav kapitali ta’sischilarning pay va badallaridan iborat bo‘ladi. Aksionerlik jamiyatlarida ustav kapitali chiqarilgan oddiy va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidagi summalarining yig‘indisidan tashkil topadi.
Kоrхоna ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnоmasiga muvоfiq qоidaga ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisоbiga barpо etiladi. U kоrхоnaning хo’jalik faоliyatidan оlinadigan fоydasi hisоbiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli badallari hisоbiga ham to’ldirilishi mumkin.
Kоrхоna ustav kapitaliga hissa sifatida binоlar, inshоotlar, qurilmalar va bоshqa mоddiy qiymatliklar: yer, suv va bоshqa tabiiy resurslardan
fоydalanish huquqlari, shuningdek, bоshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan fоydalanish uchun, «nоu-хau» va bоshqa nоmоddiy aktivlar); qo’shma kоrхоna ishtirоkchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirbоshlanadigan valyutalarda pul mablag’lari qo’shilishi mumkin. Korxona, tashkilotlar, birlashmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitaliga chet el valyutasida qo’shiladigan ulushlar «Chet el valyutasida amalga оshiriladigan muоmalalarni buхgalteriya hisоbi, statistik va bоshqa hisоbоtlarda aks ettirish tartibi tog’risida”gi Qonun6 talablariga muvоfiq amalga оshiriladi
Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta'sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko'ra baholanadi va hisobga olinadi.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital rezervlar va taqsimlanmagan foyda bo'yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ustav kapitalini shakllanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish;

  • Korxona muassislari, kapitalining shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlaribo'yicha axborot to'plash;

  • Ustav kapitalininig holati va harakati xususida hisobot tuzish bo'yicha ma'lumotlar olishni ta'minlash;

  • Qo'shilgan kapital hamda rezerv kapitalininig shakllanishi bilan bog'liq muomalalani o’z vaqtida hisobda aks ettirish;

  • Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o'z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.

Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi
korxonalar o'z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma'suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, qo'shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi.
Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy resurslar va pul mablag'lari summasidir. Ustav kapitali hisobiga asosiy va aylamna mablag'lar shakllanadi. Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish ob'ektlariga qarab, aylanma mablag'lar esa normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning o'zi mustaqil amalga oshiradi.
Amaldagi tartibga kо’ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga muvofiq bo'lishi kerak. Davlat korxonalari uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o'tkazish to'g'risidagi buyrug’i ta'sis hujjati hisoblanadi.
Ba'zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o'zgarishi mumkin. Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o'zgartirishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining nominal qiymatidan iborat bo'ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalaming nominal qiymati bir xil bo'lishi mumkin. “Akiyadоrlik jamiyatlari va aksiyadоrlarning huquqlarini himоya qilish to’g’risida”gi O’zbekistоn Respublikasi Qоnuniga muvоfiq оchiq turdagi aksiyadоrlik jamiyatlari (ОAJ) ustav kapitalining eng kam miqdоri jamiyat ro’yхatdan o’tkazilgan paytda qоnun hujjatlarida belgilab qo’yilgan to’rt yuz ming AQSh dllar miqdordan kam bo’lmasligi, yopiq turdagi aksiyadоrlik jamiyatlari (YAJ) ustav kapitali esa jamiyat ro’yхatdan o’tkazilgan paytda qоnun hujjatlarida belgilab qo’yilgan bir yuz ellik ming AQSh dollar miqdordan kam bo’lmasligi kerak7.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko'payishi yoki kamayishi mumkin. “Aksiyadоrlik jamiyatlari va aksiyadоrlarning huquqlarini himоya qilish to’g’risida”gi O’zbekistоn Respublikasi qоnunining 21- mоddasiga muvоfiq “Jamiyatning ustav fоndi aksiyalar nоminal qiymatini оshirish yoki qo’shimcha aksiyalarni jоylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin”.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va uni ko'paytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining kamayishi aksiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog'liq bo'ladi. Shu jumladan, jamiyatning o'zi haqini keyinchalik to'lash bilan aksiyalami sotib olishi ham shu hisobga kiradi.
Amaldagi qonunlarga binoan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa tariqasida pul bilan baholanadigan va ta'sischilar tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to'lash uchun kiritiladigan moddiy boylik, mulkiy yoki o'zga huquqlami to'lashlari mumkin. Jamiyat ta'sis etilayotganda uning aksiyalari pulini to'lashshakllari jamiyatni tashkil etish to'g'risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida, qo'shimcha akiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar pulini to’lash ularni joylashtirish to’g’risidagi qarorda ko’rsatiladi. Aksiyador ta’sis yig’ilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat ro’yxatdan o’tgandan keyin bir yildan kechikmay aksiyalarning to’liq pulini to’lashi kerak. Aksiyalarni sotib-olish muddati o’tganidan keyinaksiyadorlar jamiyati ularni o’z ixtiyoriga qarab sotishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi IV–bob, 62–moddasiga muvofiq, mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaхs tоmоnidan ta’sis etilgan, ustav fоndi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan miqdоrlardagi ulushlarga bo’lingan jamiyat tan оlinadi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo'lingan hissalar miqdori ta'sis hujjatlarida belgilab qo'yiladi. Uning ishtirokchilari majburiyatlar bo’yicha faqat o'z mulki doirasida javob beradi.
Ma'suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko’payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan hissa qo’shuvchilarning ko'payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o'z hissasini jamiyat ro’yxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida to’lashi lozim.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxona,tashkilot va jamiyatlarda rezerv kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan kam bo'lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o'tkazish yo'li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko'rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend to'lash, aksiyadorlar talabiga ko'ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo'ljallangan.
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig'i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo'li bilan yoki o'tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo'yicha hisobda aks ettiriladi.
Qo’shilgаn kаpitаl - аksiyalаrni nоminаl qiymаtidаn yuqоri bo’lgаn nаrхlаr bo’yicha birinchi bоr sоtilishidа vujudgа kеlgаn emissiya dаrоmаdi vа Ustav kаpitаlini shаkllаntirishdаgi kurs fаrqlаrini hisоbgа оlish uchun mo’ljаllаngаn.
Sоtib оlingаn хususiy aksiyalаrni jаmiyat o’z bаlаnsidа ushlаb turishi yoki ulаrni jаmg’аrmа bоzоridа qаytаdаn sоtishi mumkin. Aksiya egаlаri qаrоri bilаn ustav kаpitаli sоtib оlingаn хususiy aksiyalаr summasigа kаmаytirilishi, aksiyalаrning o’zi esа bеkоr qilinishi mumkin.
Lеkin, O’zbekiston Respublikasining "Aksiyadоrlik jаmiyatlаri vа aksiyadоrlаr huquqini himоya qilish to’g’risidа "gi Qоnunigа muvоfiq bundаy aksiyalаr
hisоbdа bir yildаn оrtiq bo’lgаn muddаtdа ushlаb turilishi mumkin emаs.
Taqsimlanmagan foyda – foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektning barcha yillar bo’yicha faoliyati va hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasi bir – biridan farq qiladi.
Foydani taqsimlash to’g’risidagi qarorni xo’jalik yurituvchi sub’yektning mulkdorlari (aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi, MCHJ ishtirokshilarining yig’ilishi, xususiy korxona egasining qarori) qabul qiladi.
Taqsimlanmagan foyda quyidagilarga ishlatilishi mumkin:



  • Ustav kapitalini ko’paytirishga;

  • Rezerv kapitalini yaratish va to’ldirishga;

  • Aksionerlarga dividend to’lashga;

  • Zararlarni qoplashga;

  • Mulkdorlarning qarori bo’yicha boshqa maqsadlarga.

Aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanishi lozim bo'lgan majburiy to'lovlar va barcha soliqlar to'langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi dividend hisoblanadi.


Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo'yicha hisoblanadi. Biroq aksiyadorlik jamiyatlari har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida taqiqlanmagan bo'lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to'lash sanasi aksiyadorlik jamiyati ustavida yoki aksiyadorlar yig'ilishi qarori bilan belgilanadi.
Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to'lash e'lon qilinganidan so'ng, agar ular kelasi yil uchun to'lanadigan bo'lsa, joriy majburiyatlar sifatida hisobda aks ettiriladi.
Grantlar, subsidiyalar va beg'araz yordamlarni hisobga olish 1998- yil 3-dekabrda Adliya Vazirligi tomonidan 562-raqam bilan tasdiqlangan “Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash” nomli 10-son BHMS bilan tartibga solinadi.

  • Grantlar deganda ijtimоiy хususiyatgа egа mаqsаdlаr, iqtisоdiyotni rivоjlаntirish, ilmiy-tехnik vа innоvаtsiоn dаsturlаrni bаjаrish uchun Hukumаt, nоdаvlаt, хоrijiy hаmdа хаlqаrо tаshkilоtlаr vа jаmg’аrmаlаr tоmоnidаn ko’rsаtilаdigаn tеkin, gumаnitаr yoki mоddiy-tехnik mаblаg’lаr tushunilаdi.

  • Subsidiyalar – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum bir shartlarga ko’ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan berilgan yordam summasi. Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg'armalar tomonidan muhim dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin.

  • A’zolik badallari – bu jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan a’zolik badallari summasi. Yig’ilgan a’zolik badallari jamiyatning faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Jamiyat tugatilganda to‘plangan a’zolik badallari uning qarzlarini qoplashga yo’naltiriladi.

  • Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari- bu davlat qonunlari asosida korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqlardan ozod etish natijasida to’plangan mablag’lar majmuasi. Ushbu maqsadli tushumlarning hisobi maxsus Nizomga, shuningdek 21- son BHMS ga muvofiq yuritiladi.

  • “Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlar rezerv” hisobvarag’i bir maromda xarajat va to'lovlarani ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo'li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to'g'risidagi ma'lumotlami jamlash uchun qo'llaniladi. Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalami ta'mirlash bo'yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin.

Хаrаjаtlаrgа qo’shilаdigаn summalаrni rеzеrvlаsh qоnun hujjаtlаri, shuningdеk O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 1999-yil 5- fеvrаldаgi 54-sоnli qаrоri bilаn tаsdiqlаngаn “Mаhsulоt (ishlаr, хizmаtlаr)ni ishlаb

chiqаrish vа sоtish хаrаjаtlаrining tаrkibi hаmdа mоliyaviy nаtijаlаrni shаkllаntirish tаrtibi to’g’risidа”gi Nizоmi bilаn tаrtibgа sоlinаdi.
Buxgalteriya Hisobi Xalqaro Standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki korxona uni tashkil etishda o'z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.
Tijorat korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo'lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Bundan tashqari, korxona faoliyatida xususiy kapitalni sama- radorligini oshirish uchun quyidagi holatlarni ham ko’rib chiqish lozim.
-Korxona va tashkilotlarda ustav, qo’shilgan va rezerv kapitali hisobini xalqaro andozalar asosida olib borish;
-Korxonalarda moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining
kapital konsepsiyasini qo’llash;
-Korxona va tashkilotlar o’zlarining sof foydasi o’sishini ta’minlash;
-Korxona va tashkilotlarda “Hususiy kapital” to’g’risidagi 5- shakl
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda dasturiy ta’minotlardan foydalanish.
Xususiy kapital qiymatini ko‘paytirishning eng asosiy omili bo‘lib korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar shu omil hisobiga o‘z jamg‘armalarini oshirishi eng optimal variant deb qaraladi. Sababi, bu omilning o‘zgarishi faqatgina korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, uning har tomonlama to‘liq imkoniyatlarini ishga solib faoliyatini boshlashni taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ham ushbu omil

bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur vazifalarni hal etishda «Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ni chuqur o’rganish lozim. Bunda foydani shakllantirish muammolarini tahlil qilish ko’zda tutiladi.


Korxonalarda xususiy kapitalni ko‘paytirish yo‘llarini yaxshilashda avvalambor, korxona buxgalteri va iqtisodchisi tomonidan korxona mavjud kapitalini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Korxona kapitalini tahlil qilishning asosiy maqsadi bo‘lib rejalashtirishgacha bo‘lgan davrda kapital hajmi va tarkibining dinamik harakatini va ularning kapitaldan foydalanish samaradorligi va moliyaviy mustaqilligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
Bunda

  • asosan korxona, tashkilot iqtisodchisi tomonidan kapitalning umumiy hajmi va asosiy tarkibiy qismlari o‘sish sur’atlarini sotiladigan tovarlar hajmi o‘sish sur’atlari bilan taqqoslagan holda ko‘rib chiqiladi;

  • xususiy va qarzga olingan kapitalning o‘zaro munosabatlari va uning harakatlari aniqlanadi;

  • qarzga olingan kapital tarkibida uzoq va qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tadqiq etiladi;

  • muddati o‘zgartirilgan moliyaviy majburiyatlarning miqdori aniqlanadi va uzaytirish sabablari o‘rganiladi.



Download 461,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish