Oʻzbek adabiyoti” kafedrasi jadid adabiyoti tarixi fanidan oʻquv- uslubiy majmua


Fanga ajratilgan soatlarning semestrdagi taqsimlanishi



Download 472,42 Kb.
bet81/82
Sana31.12.2021
Hajmi472,42 Kb.
#206339
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Мажмуа Жадид адабиёти тарихи 2 tekshirilgan 2

Fanga ajratilgan soatlarning semestrdagi taqsimlanishi

Semestr

Jami auditoriya soati

Ma’ruza

Amaliy

Seminar

Mustaqil ta’lim

1

36

26

-

10

28

2

54

18

-

36

38


III. Asosiynazariyqism (ma’ruzamashg‘ulotlari)

Asosiy qism

2. Ma’ruza mashg‘ulotlari



Ma’ruzalar mavzulari

Mavzuning mazmuni

Sоatlar hajmi






















1-semestr
















1

O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillari.

Ijtimoiy-siyosiy omillar. Davr voqeligining

adabiyotda aks etishi. Muammoning

adabiyotshunoslikda o‘rganilishi: natijalar,

vazifalar. Adabiy-estetik omillar. Davr

adabiyotining xos xususiyatlari, rivojlanish

tendensiyalari. Yechimini kutayotgan ilmiy-nazariy muammolar.






4













2

Yangicha

ma’rifatparvarlik va milliy uyg‘onish adabiyoti



Ma’rifatparvarlik adabiyotining genezisi,tadriji.Yangicha ma’rifatparvarlik adabiyotining xos xususiyatlari; o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti shakllanishiga ta’siri. Muammoning o‘rganilishi tarixi. Mavzuga oid ilmiy muammolar.

4














































4
















3

O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti: mavzu ko‘lami, janrlar yangilanishi va takomili




Yangi mavzularning maydonga kelishi, ular talqinidagi o‘ziga xoslik. Janrlardagi yangilanish. Mavzuga doir ilmiy-nazariy muammolar. O‘zbek teatr san’atining maydonga kelishi. Teatrlardagi ilk sahna asarlari namoyishi. Sahna san’ati haqida matbuotdagi ilk taqrizlar. Taqriz janri xususida. Teatr va dramatik asarlarning adabiyotshunoslikdagi talqinlari.
















4

Yangi o‘zbek

she’riyatining maydonga kelishi



Ijodkor badiiy g‘oyasining an’anaviy va yangilangan poetik tamoyillar asosida namoyon bo‘lishi. Poetik obrazlardagi yangilanish. Yangi o‘zbek she’riyatiga jahon adabiyoti ta’siri. Lirik asarlarda ijtimoiy pafos. Lirikada mavzular ko‘lamining kengayishi. Ijtimoiy she’riyat va barmoq vaznining ommalashuvi. Milliy uyg‘onish she’riyati o‘zbek she’riyati tarixining o‘ziga xos bosqichi sifatida. Yechimini kutayotgan ilmiy muammolar.

4














































5

Milliy matbuot va

dabiyotshunoslik muammolari



Milliy matbuotning shakllanishi va tadriji,

adabiy jarayonga ta’siri. Yangi davr adabiyotshunosligining yuzaga kelishi. Behbudiyning “Tanqid saralamoqdir”, Cho‘lponning “Adabiyot nadir” maqolalari. Fitratning adabiyotshunoslik faoliyati. Adabiy-nazariy qarashlardagi yangilanish. Vadud Mahmudning adabiy-estetik qarashlari. Muammoning o‘rganilish darajasi: ilmiy natijalar, vazifalar.



4










6

Ijodiy oqimlar,

metodlar masalasi




O‘zbek jadid adabiyotida ijodiy metodlarning yangilanishi. Romantik va realistik metodlar uyg‘unlashuvi. Yangi o‘zbek she’riyatiga rus formal maktabi ta’siri. Dramatik asarlarda realistik tamoyillarning kuchayishi. Bu davr adabiyotini o‘rganishda metod va metodologiya muammolari. Mavzuning adabiyotshunoslikda o‘rganilishi.



















7

Adabiy jarayon

va ijtimoiy voqelik




Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotida

jadidchilik g‘oyalarining aks etishi. Jadid va qadim masalalari. Davr adabiyotida ijtimoiy-siyosiy mavzularning ifoda etilishi. Mardikorlik adabiyoti. Ozodlik harakatining badiiy adabiyotdagi talqini. Mavzu tadqiqida erishilgan natijalar, yechimini kutayotgan muammolar.



2
















8

XX asr boshidagi

adabiy bahslar va

ularning adabiy-estetik tafakkur

rivojidagi o‘rni.



“Oyna”, “Al-isloh” jurnallari, “Sadoi Turkiston”, “sadoi Farg‘ona” gazetalari va boshqa matbuot nashrlaridagi adabiy bahslar. Ularda ko‘tarilgan adabiy-estetik va nazariy-metodologik muammolar. Adabiy-estetik bahslarga yondashuv mezonlari. Ularning adabiy-estetik tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi.

2



















Jami

26 soat











































2-semestr



















1

Yangi adabiyotni ilmiy o‘rganish bosqichlari



Jadidchilik va jadid adabiyotining

mamlakatimiz va xorijda o‘rganilishi: yutuqlar va muammolar. Bu davr adabiyotini

tadqiq etishning bosqichlari. Har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy muammolari namoyandalari. Mustaqillik davri jadidshunosligi: tamoyillar va

tendensiyalar.


















2




























O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti ilmiy maktabi

Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti ilmiy maktabi. Professor B.Qosimov – ilmiy maktab asoschisi. Davr adabiyotini o‘rganishga doir nazariy-metodologik yangiliklar, ularning adabiy manbaga adabiy-estetik yondashuv mezonlari, tadqiq usullarining o‘ziga xosligi. Tadqiqot yo‘nalishlari. Ilmiy maktab an’analarining davomchilari, erishilgan natijalar.

4










3




O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotida Sharq va G‘arb madaniyati masalalari talqini

Milliy uyg‘onish adabiyoti namoyandalari (I.Gasprali, Fitrat, Cho‘lpon va b.) ijodida Sharq va G‘arb madaniyatiga munosabatning aks etishi. Ovrupo va musulmon madaniyatiga oid qarashlar tadriji. Sharq va G‘arb madaniyatiga oid qarashlarning badiiy adabiyotdagi talqini. Muammoning o‘rganilish darajasi.

4










4







O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotida nasr va

2
















Yangi nasr va uning poetik xususiyatlari

uning poetikasi. Kichik nasriy janrlarda realistik tamoyillar. Jadid romanlarida ijtimoiy masalalar talqini, ularda o‘zbek millati hayotining badiiy ifodalanishi. Nasriy asarlar poetikasi. Mavzu tadqiqi yuzasidan erishilgan natijalar, ilmiy muammolar.













5




Kichik nasriy janrlar taraqqiyoti masalalari

Kichik nasriy janrlar tadriji. Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon hikoyalari O‘zbek milliy uyg‘onish hikoyalari mavzu ko‘lami. Yangi hikoyalarda bayon tarzi va ma’rifiy masalalarning aks etishi. Shakl va ifoda usullari. Ijodkor mahorati masalalari.

2










6




Dramatik asarlarda ijtimoiy hayot in’ikosi

O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti drama. Jadid dramalariga xos tamoyillar. Yangi dramalarda konflikt masalasi. Dramatik asarlardagi obrazlar tabiati. Dramada realizmga xos xususiyatlar.

2













Jami




18 soat





















Ma’ruza mashg‘ulotlari multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem guruhlar oqimi uchun o‘tiladi.


3. Seminar mashg‘ulotlar



Seminar mashg‘ulotlarmavzulari


Mavzuning mazmuni

Sоatlar hajmi

1-semestr

1

Ma’rifatparvarlik harakati, uni paydo qilgan omillar va tarixiy vaziyat.

Ma’rifatparvarlik harakati, uni paydo qilgan omillar va tarixiy vaziyat.

2

2

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistondagi tarixiy sharoit.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistondagi tarixiy sharoit.

2

3

Jadid adabiyoti yuzaga kelishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillariga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish.

Jadid adabiyoti yuzaga kelishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillariga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish.

2

4

Ma’rifatparvarlik jadidchilik harakatidan oldingi ijtimoiy bosqich.

Ma’rifatparvarlik jadidchilik harakatidan oldingi ijtimoiy bosqich.

2

5

Ma’rifatparvarlik va jadidchilik: ilmiy muammolari

Ma’rifatparvarlik va jadidchilik: ilmiy muammolari

2







Jami:

10 soat

2-semestr



Seminar mashg‘ulotlarmavzulari


Mavzuning mazmuni

Sоatlar hajmi

1

Jadidchilik harakatining adabiyotga ko‘chib o‘tishi.

Jadidchilik harakatining adabiyotga ko‘chib o‘tishi.

2

2

Jadidchilik va jadid adabiyotini o‘rganish bosqichlari va uni davrlashtirish yuzasidan ilmiy asarlar bilan tanishish.

Jadidchilik va jadid adabiyotini o‘rganish bosqichlari va uni davrlashtirish yuzasidan ilmiy asarlar bilan tanishish.

2

3

Jadid adabiyoti: an’ana va yangilikning uyg‘unlashuvi.

Jadid adabiyoti: an’ana va yangilikning uyg‘unlashuvi.

2

4

XX asr boshidagi adabiy bahslar va ularning adabiy-estetik tafakkur rivojidagi o‘rni haqidagi ilmiy-nazariy adabiyotlar tahlili. “Aqliy hujum” ta’lim texnologiyasi asosida.

XX asr boshidagi adabiy bahslar va ularning adabiy-estetik tafakkur rivojidagi o‘rni haqidagi ilmiy-nazariy adabiyotlar tahlili. “Aqliy hujum” ta’lim texnologiyasi asosida.

2

5

Jadid adabiyotining mavzu va shakl yangilanishlari.

Jadid adabiyotining mavzu va shakl yangilanishlari.

2

6

Teatr va milliy matbuotning shakllanishiga doir asarlari o‘rganish.

Teatr va milliy matbuotning shakllanishiga doir asarlari o‘rganish.

2

7

O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotiga kirib kelgan badiiy tur va janrlar.

O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotiga kirib kelgan badiiy tur va janrlar.

2

8

Jadid nasrida adabiy-estetik ideal muammosi.

Jadid nasrida adabiy-estetik ideal muammosi.

2

9

Jadid adabiyotida Sharq va G‘arb madaniyati masalari talqin etilgan ilmiy asarlar ustida ishlash.

Jadid adabiyotida Sharq va G‘arb madaniyati masalari talqin etilgan ilmiy asarlar ustida ishlash.

2

10

Jadid adabiyotining xorijda tadqiq qilinishi.

Jadid adabiyotining xorijda tadqiq qilinishi.

2

11

Jadid she’riyatida poetik tafakkur tadriji masalasiga doir ilmiy-nazariy adabiyotlarni o‘rganish.

Jadid she’riyatida poetik tafakkur tadriji masalasiga doir ilmiy-nazariy adabiyotlarni o‘rganish.

2

12

Jadid dramasiga doir ilmiy asarlar ustida ishlash.

Jadid dramasiga doir ilmiy asarlar ustida ishlash.

2

13

Jadid dramasi poetikasi masalalari.

Jadid dramasi poetikasi masalalari.

2

14

Jadid nasrining poetik xususiyatlariga oid adabiyotlar tahlili.

Jadid nasrining poetik xususiyatlariga oid adabiyotlar tahlili.

2

15

Jadid nasri poetikasi muammolari

Jadid nasri poetikasi muammolari

4

16

Jadid she’riyatining mavzu ko‘lami.

Jadid she’riyatining mavzu ko‘lami.

4




Jami:

36 soat

Seminar va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil qilishda tavsiya etilgan ilmiy muammo yoki masala yuzasidan magistrlarga avvaldan seminar rejasi va unga muvofiq adabiyotlar ro‘yxati berildi. Seminar mashg‘ulotlariga ko‘proq nazariy muammolar olib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.

Magistrlar seminar mashg‘ulotlarida jadid adabiyoti namoyondalari ijodi va ularning asarlarini o‘rganadilar, shu davr bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar hamda ularning o‘zlashtirilgan ma’lumot asosida fan haqida tushunchaga ega bo‘lishlari ko‘zda tutiladi.

4. Fan bo‘yicha talabalar bilimini bahоlash va nazorat qilish mеzоnlari

O‘QUV SOATLARI

Ushbu fan 1-2-semestr davomida o‘qitiladi va o‘quv soatlari quyidagicha:




Semestr

Jami auditoriya soati

Ma’ruza

Amaliy

Seminar

Mustaqil ta’lim

1

36

26

-

10

28

2

54

18

-

36

38


Reyting nazoratini o‘tkazish tartibi

Maksimal ball – 5

Saralash bali - 2

YaN: jami 3 ta savol beriladi. Har bir savol 0-5 balldan baholanadi
Reyting ishlanmasi


t/r

Nazorat turlari

Soni

Ball

Jami ball

1

O.B.













    1. Yozma ish (1 nazariy savol)

    2. Og‘zaki

    3. Mustaqil ta’lim

1

1 nazariy savol - 5 ball

Og‘zaki so‘rov - 5 ball

referat– 5 ball

3x5=15:3



sinov

2

Ya.B.













2.1. Yozma ish (3 savol)

1

1 savol - 5 ball

2 savol - 5 ball

3 savol - 5 ball

3x5=15:3



5




Jami:

5


NAZORAT TURLARI

1-2-SEMESTR:

2.1. Ushbu 1-2-semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

2.2. Oraliq nazorat 1-2-semestrning 12-haftasida talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 1 marta o‘tkaziladi.

2.3. Talabaning laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, Shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:


Mashg‘ulot turi

Baholashlar soni

Seminar

1 marta

Yozma ish

1 marta

Mustaqil ta’lim

1 marta (referat)

2.4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 1 ta nazariy savolga yozma ish javobi bahosi (talabalar bilimini baholash mezonlari asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari o‘rtachasi hisoblanib yaxlitlab qo‘yiladi.

2.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi:

1 savol: nazariy

2 savol: nazariy

3 savol: amaliy

Har bir savolni baholash mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi va savollarga talaba javoblari baholangandan keyin o‘rtachasini yaxlitlash orqali talabaning 1-2-semestr bo‘yicha o‘zlashtirishi chiqariladi.

Yakuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.


TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI

Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:

talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;

talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;

talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;

talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan bahoanadi.


TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA UMUMIY QOIDALAR

1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.

2. Yakuniy nazorat, Filologiya fakultet dekani tomonidan ishlab chiqilgan (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasdiqlagan) YAkuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.

3. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.

4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.

5. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.

6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, Shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, Shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

7. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

8. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.

Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

9. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig‘ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.

10. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyasiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha ushbu semestrda fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta’minlaydi.

11. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari

Asosiy adabiyotlar

1. Qosimov B. va boshqalar. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. – T.: Ma’naviyat. 2005.

2. Qosimov B. O‘zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarix. – T.: fan va texnologiya, 2008.

3. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. Birinchi kitob. – T.: O‘zbekiston, 2008.

4. Khalid, Adeeb. The Politics of Muslim Cultural Refom: Jadidism in Central Asia. USA: university of California Press, 1998.

5. Karimov N., Mamajonov S., Normatov U., Sharafiddinov O. XX asr adabiyoti tarixi. – T.: O‘zbekiston. 1999.



Qo‘shimcha adabiyotlar

6. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017-yil 16-yanvar. №11

7. O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. – 46 b. Styebleva I.V. Ритмисмыслвтюркоязычнойклассическойпоэзии. Москва, «Восточнаялитература», 1993.

8. Qosimov B. Izlay-izlay topganim. – T.: Adabiyot va san’at, 1983.

9. Dolimov U. Is’hoqxon Ibrat. Istiqlol fidoyilari. – T.: Sharq 1994.

10. Sharafiddinov O. Cho‘lponni anglash. – T.: Xazina, 1994.

11. Jadidchilik: isloxot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. To‘plam. – T.: Universiteti, 1999.

12. Quronov D. Cho‘lpon nasri poetikasi. – T.: Sharq, 2004.

13. Karimov B Yangilanish sog‘inchi. Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. – T.: 2004.

14. Pardayev Q. O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotining o‘rganishda matbuotning o‘rni – T.: Muharrir, 2012.

Internet saytlari

15. www.ziyo-net.uz

16. www.literature.uz

17. www.kutubxona.uz



MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR

“Jadid adabiyoti tarixi” fanini o‘rganuvchi magistrlar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular badiiy adabiyotlarni mutolaa qiladilar, tahlil va talqin etadilar; qo‘shimcha adabiyotlar hamda Internet saytlaridan foydalanib, referatlar va ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar. Amaliy va seminar mashg‘ulotlari mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.



Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
Ilk mustamlakachilik davri: ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy hayot.

1. Jadidchilik va milliy matbuot.

2. “Oyna” va “Al-isloh” jurnallarida adabiyot materiallari.

3. Matbuotdagi bahs-munozaralar.

4. Tarixiy asarlarda ijtimoiy hayot.

5. Lirik asarlarda ijtimoiy turmush manzarasining aks etishi.

6. Furqat ijodini o‘rganish muammolari.

7. Adabiy maktablarning ma’rifatparvarlik adabiyotida tutgan o‘rni.

8. Mustaqillik davri hamzashunosligi.

9. Jadid she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari.

10. Cho‘lpon she’riyatining mavzu doirasi.

11. Cho‘lpon nasriy asarlari.

12. Jadid maktablari.

13. Jadid adabiyotida estetik ideal muammosi.

14. Jadid nasrining o‘zbek nasri taraqqiyotidagi o‘rni.

15. Abdulla Qodiriy va o‘zbek romonchiligi.

16. Dramaturgiyaning shakllanishi.

17. O‘zbek dramaturgiyasining rivojlanish tamoyillari.

18. Fitrat dramalarida tarixiy jarayon in’ikosi.

19. Fitrat asarlarida e’tiqod masalalari.



20. Yangi o‘zbek adabiyotining shakllanish bosqichlari.



Download 472,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish