O`zbek filologiyasi fakul’teti o`zbek filologiyasi kafedrasi IV kurs kunduzgi bo`lim bitiruvchisi feruz rajabovning


-bob. Dramatik ijro va fojiaviy ruҳ talqini



Download 78,98 Kb.
bet6/20
Sana13.01.2022
Hajmi78,98 Kb.
#358993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
“jaloliddin manguberdi” tragediyasida fojiaviy ruh)

2-bob. Dramatik ijro va fojiaviy ruҳ talqini

2.1. Dramatik ijro
Asar teatr san`ati uchun yangilik bo`lmagan to`y sahnasi bilan boshlanadi. Tomoshabin e`tiboriga Sulton Muhammad Xorazmshohning qizi Sultonbegim bilan Samarqand hokimi amir Badriddinning visol oqshomi havola etiladi. SHayxzoda bu an`anaviy sahna orqali, bir tomondan, shunday osuda, hatto baxtli-saodatli kunlarning birida dushmanning Xorazmga bostirib kelganini ko`rsatgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, mo`g`ullar bilan kurashda qudratli Xorazm saltanatining mag`lubiyatga uchrashi sabablarini ham shu sahnadayoq ocha boshlaydi. Agar Xorazmshoh to`y marosimida o`zining mislsiz qudrat sohibi ekanligi haqida: “Parvardigor menga aylab ulug` inoyat, Besh iqlimda qura oldim shonli bir davlat... Bir puflasam irg`ib tushar shohlarning toji, Karvonlarning tashigani-xazinam boji”, deb kerilgan bo`lsa, Chingizning qo`shin tortib kelayotgani xabarini eshitgandan so`ng: “Qulasa qal`amda birgina devor, Ostida ming Chingiz bo`lur xokisor”, deb oldindan g`alaba karnayini chaladi. Xorazmshohning o`ziga haddan ziyod ishongani, tarixiy vaziyatni o`rganish va shu vaziyat bilan hisoblashish lozimligini xayoliga ham keltirmagani uni mag`lubiyatga olib kelgan omillardan biri edi. Bundan tashqari, u o`zidan yuz o`girgan amir Badriddinning Chingizxon tarafiga o`tgani va Xorazmga uning josusi sifatida kelganini mulaqo sezmaydi. Darvoqe, Shayxzoda shu masalani tomoshabindan yashiradi va shu tarzda to`y sahnasiga, bir tomondan, bir necha badiiy vazifani yuklagan bo`lsa, ikkinchi tomondan, Xorazm saltanatining mo`g`ullar hujumi natijasida vayronaga aylanish sabablarini izchil ravishda ochib boradi.

Shayxzoda Jaloliddin siymosida O`zbek Davlat akademik drama teatrining iste`dodli artisti Shukur Burhonovni tasavvur etgan edi. Shuning uchun O`zbekiston radiosi xodimlari Shayxzodadan asarning ayrim sahnalarini radio orqali ijro etishga ruxsat so`raganlarida, u Jaloliddin roliga Shukur Burhonovni tavsiya qilgan. Shoir shunday yo`l bilan ham asarning, ham Jaloliddin rolining ijrochisi Shukur Burhonovning “pishib-etilib” borishiga erishgan.

Atoqli teatr artisti Zikir Muhammadjonovning xotirlashiga ko`ra, 1944 yilda asar tayyor bo`lganidan keyin Mannon Uyg`ur uni birgalikda o`qish uchun teatrning ijodiy jamoasidan tashqari, yana bir qancha adabiyot va san`at namoyandalarini ham taklif qilgan. Zero, o`sha kezlarda Moskva va Leningrad, Ukraina va Belorussiyadan ham taniqli teatr arboblari Toshkentga ko`chirib keltirilgan va ular respublikaning madaniy hayotida faol ishtirok etayotgan edilar. Yahudiy teatrining mashhur bosh rejissyori Solomon Mixoels Hamza teatrida Hamid Olimjonning “Muqanna” targediyasini Mannon Uyg`ur bilan hamkorlikda, I.Beresenev esa Izzat Sultonning “Burgutning parvozi” dramasini Amin Turdiev bilan birgalikda sahnalashtirgan edilar. Asarni o`ish jarayonida, bu san`atkorlardan tashqari, Aleksey Tolstoy, Oybek va G`afur G`ulom ham hozir bo`lishgan. M.Uyg`urning bunday katta guruhni to`plashdan maqsadi asarni S.Mixoels bilan birgalikda sahnaga olib chiqish edi. Ammo, uzuq-yuluq gaplardan ma`lum bo`lishicha, u Muqanna qo`zg`oloni haqidagi asarga qo`l urgani uchun Moskvadan tanbeh eshitgan ekan. Shuning uchun u Uyg`urning bu safargi taklifini madaniy bir yo`sinda rad etadi.

Shu tarzda Uyg`ur tinglovchilar tomonidan yaxshi baholangan va bir og`izdan qabul qilingan asar ustidagi ishni boshlab yuboradi.

“Biz aktyorlar,-deb xotirlaydi Zikir Muhammadjonov,-spektaklda ishtirok etishni juda-juda xohlardik. Otaxon rejissyorimiz ham rol’ taqsimotida o`ylanib qolgandi. Ayniqsa, Jaloliddin bilan Temur Malik rolini kimga topshirish ustida ko`p qiynalgan. Ma’lumki, buyuk aktyorlardan Abror Hidoyatov ham, Shukur Burhonov ham fojiaviy rollarni ijro etishda nihoyatda mohir edilar. O`sha yillari Abror aka Otello va Muqanna rollari bilan dunyoga mashhur bo`lish darajasiga etgan edi. Shukur burhonov esa bahodirona rollarni ijro etishda etilgan edi... U jismonan Abror akaga qaraganda yosh, jo`shqinligi ortiqcharoq edi. Nihoyat, Jaloliddin roli Shukur Burhonovga, Temur Malik esa Abror Hidoyatovga topshirildi.

Kezi kelganda-deb davom etadi xotiranavis,-bir fikrni aytib o`tgim keladi. Buyuklarning bag`ri kengligini o`shanda ham sezganman. Abror Hidoyatovning ham niyati Jaloliddin rolini ijro etish bshlgan bshlsa kerak. Ammo rol’ taqsimoti e`lon qilinganda u mardlarcha o`z shogirdi Shukur Burhonovni bag`riga bosib, unga ijodiy yuksalish tilagani esimda”.

Abror Hidoyatov va Shukur Burhonov, shubhasiz, mazkur spektaklning zo`r muvaffaqiyat qozonishiga katta hissa qo`shganlar. Ammo o`sha yillarda ular bilan birga teatrning ijodiy jamoasida yana shunday zabardast aktyorlar bo`lgan ediki, ularning jilla bo`lsa muborak nomlarini tilga olish ham farz, ham qarzdir. Bular-Obid Jalilov (Xorazmshoh rolining ijrochisi), Amin Turdiev (Chingizxon), Olim Xo`jaev (Amir Badriddin), Sayfi Olimov (Muhammad Nasaviy), Sora eshonto`raeva, Shohida Ma`zumova, Xolida Xo`jaeva (Sultonbegim rolining ijrochilari), Toshxon Sultonova (Ona). Bu san`atkorlarning rassom Hamidulla Ikromov, kompozitor Manas Leviev bilan birga spektaklning yuksak san`at namunasi darajasiga ko`tarilishiga munosib hissa qo`shganlari sir emas.

Hozir nafaqat Shayxzoda va ushbu spektaklning aksar ijodkorlari, balki ularning mislsiz mahoratlarini ko`rib, hayratga tushgan tomoshabinlar qariyb qolmagan. Kamina esa yosh bo`lganim uchun bu asarni ko`rish baxtiga muyassar bo`lmaganman. Shuning uchun Shayxzoda ijodiy hayotining katta bir bobini tashkil etgan mazkur asar va spektakl’ to`g`risidagi ayrim xot iralardan lavhalar keltirish maqsadga muvofiqdir.

O’zbek sahnasida o’nlab go’zal ayollar obrazini yaratgan Shohida Ma’zumova “ sahna sururi” (1962) kitobida spektaklning dastlabki sahnasi to’g’risida bunday so’zlarni yozgan edi:

“Shox saroyi. Xorazmshoh qizi Sultonbegimga atab katta to’y marosimi o’tkazmoqda. Sahnada: Jaloddin, Badriddin, Nasaviy, Sultonbegim, Xorazmshoh, xofiz hamda bir necha a’yonu mulozimlar. To’y bazmi avjiga minib turgan kezdaChingizxonning elchilari kelishadi. Elchilarning nomasidan ma’lum bo’lishicha, Chingizxon Xorazmshohga qarshilik ko’rsatish natija bermasligini ta’kidlagan, poytaxtni topshirib, taslim bo’lish haqidagi shartini qabul qilish kerakligini bayon qilgan. Bu xabarni eshitgan saroydagi amir va sardorlar turlicha fikr va mulohaza yurutadilar.

M.Uyg’ur bu sahnada har bir personajning yurish-turishiga ularning voqeaga munosabatiga alohida e’tibor berdi. Bu sahnada men Sultonbegim rolida chiqar ekanman, Badriddindek “aqlli va dono” amaldorga kiyovga chiqqanimdan mamnun edim… Afsuski, mening Badriddinga bo’lgan munosabatim o’zgarib boradi. Chunki, u dushmanning bosqin qilib kelayotganini bilganda ham, zarracha bo’lsada, tashvishlanmaydi, jang paytida esa yurti uchun qayg’urish u yoqda tursin, hatto sustkashlik qiladi. Ayniqsa, men, Sultonbegimga Badriddin (O.Xo’jayev) topmonidan keltirilgan sovg’alar ichida qo’lga tushurilgan uzukni ko’rganimdan keyin unga bo’lgan munosabatimni butunlay o’zgartirishim kerak edi… Axr men, Sultonbegim Badriddinni sevib erga chiqdim-ku! Shu boisdan men undan ajralishim ham mumkin emas. Lekin shunga qaramay, uning sotqinligi, mening vatanga muhabbatim o’z sevgindan voz kechishga majbur qiladi.

“Podshoh Badriddin- shohi barri bar,

Sultoni Samarqand, Movarounnaxr,

deb uzukdagi so’zga mashg’ulot paytida uzoq tikilib qoldim.



  • Xa, buncha o’ylanib qolding? Uzukda yozilgan so’z esingdan chiqib qoldimi?- deb so’radi M. Uyg’ur menga yaqinroq kelib

  • Yo’q, - dedim men, - asosiy narsani topdim, Badriddinning so’vg’asini ko’rishim bilan unga bo’lgan munosabatim tubdan o’zgarishi kerak ekan.

  • To’g’ri, - dedi O’g’a, - juda to’g’ri.

Shunday qilib, o’tkir mulohazadan, yaxshi tarbiya ko’rgan, dovyurak, vatanparvar qiz bo’lgan Sultonbegim obrazini yaratish meni ko’p izlanishlarga undaydi”.

Spektaklning xar bir ijrochisi o’z roliga shunday tayyorlandi. Sora Eshonto’rayeva Xorazmga borib, libos va bezaklar olib keldi. Rassom Hamidulla Ikromov Xorazm me’moriy obidalarni, kompozitor Manas Laviyev esa Xorazm xalq musiqasini o’rganib, spektaklning tarixiy davr ruhini ifodalashga xizmat qiluvchi tasviriy va musiqiy obrazini yaratdilar.

Shaxzoda spektaklning “Qamal” sahnasi uchun bunday qo’shiq so’zlarini yozgan edi:

Baland uchgan oq laylak,

Bir past menga boq laylak.

Laylak, Urganch etarsan,

Yorga salom aytarsan,

Yor eshikni ochmasa,

Sarson bo’lib netarsan?

G’arib ko’nglim intizor,

Intizorlik bas yetar…

Shohida Ma’zumovaning xotirlashicha, bu qo’shiqni yosh aktyor Xabib Sa’diyev to’qayzorda, jangchilar to’planib turgan joyga aytar ekan. “Shu qo’shiqni, - deb yozgan edi Shohidaxonim,- repititsiyada har gal eshitishni orziqib kutardim. Har gal to’lqinlanganimdan ko’zimga yosh kelardi. Bir kun tasodifan og’aning ko’ziga yosh kelganini ko’rdim. Uyg’ur og’aning ko’ziga yosh olganini birinchi marta ko’rganim uchunmi, bralla yig’lab yubordim. Bir vaqt qarasam, Temur Malikni o’ynayotgan Abror aka va Chingizxon Rolida o’ynayotgan Turdiyev ham yig’lab turibdi”.

Ushbu spektakl Xamza teatri sahnasida uzoq vaqt qo’yilmagan va komunistlar partiyasining 1946 yildagi ma’lum qarorlaridan so’ng feodal davr sarkardalarini ideallashtirgan asar sifatida teatr repertuaridan chiqarib tashlandi. Shunday bo’lsa ham, u ijodiy jamoa hayotida unutilmas voqea bo’ldi. Oradan bir qancha yillar o’tgandan keyin ham ayrim artistlarning ushbu spektakldagi rollarini eslab, shu rollar ustida qanday ishlaganlarini zavq-shavq bilan yozganlari tasodifiy emas.

Afsuski, biz na Shukur Burxonov va na Abror Xidoyatovning o’z rollari ustida olib borgan ijodiy izlanishlari to’g’risida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Ammo “Xamza” teatri artistlarining so’ngi yillarda e’lon qilingan xotiralarida shunday lavhalar borki, ular yordamida, masalan, Abror Xidoyatovning Temur Malik obrazi to’g’risida ozmi ko’pmi tasavvur hosil qilishimiz mumkin. Shunday xotiralardan biri Zikir Muhammadjonov qalamiga mansub. U Abror Xidoyatovni nazarda tutib, bunday degan:

“Jaloliddin” piyessasida Temur Malik obrazini ustoz qiyomiga yetkazib ijro etgandirlar. Men Temur Malik sahnasini har spektaklda tomosha qilardim. O’zlari kuzatganlarmi yo rolga odam tayyorlamoqchi bo’lganmilar, har qalay kunduzgi spektakldan keyin ketib qolmasligini atdilar… Spektakldan so’ng: “Men bilan yur, yigit”,- dedilar. Ustoz ko’pincha yayov yurardilar. Beshog’och tomonga yo’l boshladilar. Bir oz yurganimizdan keyin gap boshladilar. “Yigit, mana teatrga kelganinga besh yilcha bo’ldi, ba’zi kichik rollarni ijro etyapsan. Senda artistlikka imkoniyat bor… Bu juda katta ilm. Eng muhimi sahnada bekorga hech narsa qilma, hech narsa aytma. Aytadigan gapingning ma’nosi bo’lsin. Fikrning avvalo yuragingda pishirib yetilsin. Agar gaping yurakdan chiqmas ekan, tomoshabinni ishontirolmaysan…”

9-yanvar ko’chasiga burildik. Abror aka miyig’ida kulib: “seni ko’p ushlamayman, bir narsa beraman, olib ketasan”,- dedilar. Abror aka kitoblari orasidan yangiligicha saqlangan, mashinkada ko’chirilgan Temur Malik rolini ko’limga tutqazdilar. “shuni senga beraman. Menda qo’lyozmasi bor. Sen bilan shu rolni o’ynaymiz, tayyor bo’lgandan keyin og’aga ko’rsatamiz”.

Rolni qo’limga arang oldim. Abror Xidoyatovdek buyuk aktyor ijro etgan rolni o’ynash uyoqda tursin, ko’z oldimga keltirsam hayajonlanardim. Ustoz har kuni shu yerga kelib ishlashni aytdilar. Men tortinganimdan “yoq” dedim. Shunda ustoz har kuni 10 da teatrga ko’rishishga va’da qildilar. U kishi avval Temur Malikka tavsifnoma berdilar: “Temur Malik- haqiqiy vatanparvar. Mard odam…”

Men ishlash jarayonida ustoz aytgan hamma topshiriqlarni bajarishga harakat qildim…”

Abror Xidoyatovning Temur Maligi chingizxon bilan yakkama-yakka uchrashuv sahnasida o’zining butun kuch-qudrati, irodasi, vatanparvarlik fazilatini namoyish etgan. Shuning uchun kuniga Chingizxon rolini ijro etgan Amin Turdiyevning xotiralari bilan ham tanishish o’rinli bo’lsa ajab emas.

“Men,- deb yozgan edi Amin Turdiyev,- Chingizxonning ichki dunyosi va sirtki qiyofasini topgancha ko’p o’yladim. Nihoyat, ripititsiyalarning birida uning qadam bosishini topdim. Mo’g’ul millatiga mansub Chingizxon albatta, ko’p umrini ot ustida o’tqazgan. Ko’p yurtlar, mamlakatlarni zabt etgan. Chingizxon hatto ot ustida uxlash mashqini olgandir. Shu sababli uning oyoqlari tarvaqaylab, ot gavdasi qolipiga tushib qolgan bo’lishi mumkinmidi? Mumkin edi. Men tizzalarim orasini katta ochib, oyoqlarimni ot bo’yinchasi kabi kerib oldim. Chopganda ot jilovi, ot yoliga engashaverib, gavdasi sal oldinroq egilib, bir qadar bukurlashib qolgan. Lekin tetik,chunki tekin g’alaba uning diliga dalda, beliga quvvat ato qilmoqda. Bu yurishim Og’aga ma’qul tushdi…

…Bir kuni mashq vaqtida men og’amga bir fikr aytdim: “Og’a, manashu taxtim oldiga bir necha inson chanog’ini qo’ysangiz. Taxtga chiqish paytida shu chanoqlarni basa-bosa chiqsam,-dedim va u kishiga atoqli batalist rassom Vareshchaginning “Kallalar minorasi” suratini pesh keltirdim. Shu kuniyoq dekoratsiyaga qo’shimcha detal sifatida oltita chanoq buyurdilar. Men Manas Laviyevning daxshatli musiqasi sadolari ostida oyoqlarimni kiyshaytirib, “xih-xih”lab sahnaga chiqib keldim. Chanoqlarni depsib, taxtimga chiqib o’tirdim. Boshlang’ich monologimni aytib bo’ldim. Abror aka-Temur Malikni xuzurimga olib keldilar. Ajabo, bu kungi mashqda bo’lak artist, bo’lak Timur Malik turardi mening qarshimda. Qo’li oyog’I zalnjilband sher, risoladagi dev turardi ro’paramda.

Bir daqiqa o’zimni yo’qotdim, lekin sezdirmaslikka urindim… Chingizxon sardorni aldashga urinib, sotqinlikka undaydi. Rad javobini olgach, zaxrini socha boshlaydi. Temur Malik zo’r iroda bilan… kurashni davom ettirishga ontichadi…

Nihoyat, panjara orqasida Temur Malikning o’g’li paydo bo’ladi. 12-13 yoshlardagi bu begunoh o’smirning hayoti o’rtaga qo’yiladi. Temur Malik sardor vatan yo’lida norasida farzandidan juda bo’lishga rozi bo’ladi. O’g’lidan izn va kechirim so’raydi…

Bolaning ko’zlari o’yiladi, xalok etiladi.

Bu sahnani aytib berish oson, lekin uni barpo qilish, haqqoniy qilib chiqarish bizdan ko’p kuch-quvvat talab qildi”.

Har bir artistning M.Uyg’ur rahbarligida o’z roli ustida shunday mehr bilan ishlashi yaxshi samaralar berdi. Spektaklning zo’r muvaffaqiyat qozonishda Shayxzodaning M.Uyg’ur bilan birga ishlashi, teatrga tez tez kelib,” o’z qahramonlaring ko’rinishi, xarakati, qiladigan ishlari haqida artistlar bilan o’rtoqlashishi” anashu muvaffaqiyatni garovlaridan biri edi.

Darvoqe, 1936 yilda Xamza teatrida Soli Ismoilzodaning “Temur” nomli dramasi sahnaga qo’yilgan. Ushbu spektakldagi Temur rolini Shukur Burxonov, turk sarkardasi Anvar posha rolini esa Qudrat Xo’jayev ijro etishgan. Qudrat Xo’jayev yoshligida turk zobitlarini qanchalik ko’rgan, asarda tasvir etilgan davr to’g’risida qanchalik hayotiy bilimga ega bo’lmasin, Anvar Poshaning nutqini berishda bir muncha qiynalgan. Shunda Shayxzoda Qudrat Xo’jayevga yordamga kelib, uni turkcha so’zlarmni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatgan edi. Shayxzodaning artistlar bilan ana shunday ishlash “tajribasi” “Jaloliddin Manguberdi”da asqotgan bo’lishi shubhasiz.

Har qanday tragediya bosh qahramonning halok bo’lishi bilan yakunlanadi.Maskur asarda bosh qahramon Jaloliddin tengsiz kurashda halok bo’ladi.Ammo u, Otello yoki Hamlet singari mumtoz dramaturgiya qahramonlaridan farqli o’laroq, o’z hayotini Vatan ozodligi yo’lida fido qiladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqda vatanparvarlik va safarbarlik tuyg’ularini tarbiyalash maqsadi bilan yozilgan va sahnaga qo’yilgan bu asarning hayotbaxsh ruxi bilan tugashi shart edi. Shuning uchun ham Shayxzodaning Jaloliddini o’limi oldida xalqqa qarab bunday xitob qiladi:

Mangulikdan joy olgan yashar abadiy,

Men-ku Manguberdiman olam biladi.

Ko’klardanmi, suvlardanmi yo yer tagidan,

Balki sahro bag’ridan, tog’ etagidan

Bir kun paydo bo’laman shu yurt, shu yerda,

Yurt shaydosi ko’rinmas g’urbatda - go’rda.

Kimyurtdan yovni quvsa, mendirman o’shal,

Ulug’vor niyatlarga qor qilmas ajal.

Jaloliddinning shu so’nggi so’zlarida asarning hayotbaxsh g’oyasi yorqin ifodalangan edi.

Dramaturgiyamiz ufqi janrlar rang-barangligi hisobiga kengayayotganligi ham ijobiy hodisadir. Shu jihatdan tarixiy mavzularda tragediya janri namunalari paydo bo`layotganligi e`tiborni tortadi. Keyingi yillarda bu janr xususida jiddiy gaplar bo`lganligi, uni rivojlantirishga da`vat etuvchi fikrilar o`rtaga tashlanganligi bejis emas edi. Zero, muhim janrlardan bo`lgan tragediyani rivojlantirmay turib, adabiyotning ta`sir kuchini, ta`li-tarbiyaviy o`rnini kuchaytirish qiyinligi ustida aytilgan fikrlari jon bor. Negaki bu janr namunasida xarakterlarning ulug`vorligi, o`ta mushkul azob uqubatli jarayonlarni engish bobida qalblarni fojiali tug`yonlar qa`riga tortuvchi iztiroblarning qa`riga tortuvchi iztiroblarning ikkilanish onlari, noiloj holatlardan chiqish uchun bugun vujudi bilan qarshi kurashishlari o`lim dahshatlaridan tap tortmasliklari kitobxon va tomoshabin qalbini larzaga soladi hayajonlarida bir olam unutilmas estetik ta`sir ko`rsatadi. Ko`pincha, qaxromanlik ruhi bilan omuxta bo`lib keluvchi fojia ruhi hayajontiruvchi kuchi, ta`sir bilan turmushning xunuk va yovuz ko`rinishlaridan uzoq yurishga unday hollarga qarshi beomon kurashishga undaydi, ulug`vorlikka chorlaydi. San`atkorona ko`rsatilgan bunday holatlarni ko`zdan kechrgan qalbidan his etgan tomoshabin va kitobxon o`zini avvalgidan bardalashgan, ma`naviy kuchi oshgan, yangi kurashlarga chog`langan his etadi. Tragediyaning tarbiyaviy-ta`limiy kuchi, illat va yovuzliklardan qalblarni forig` etuvchi, fojiaviy larzaga ta`sir o`tkazuvchi estetik qudrati xuddi shundadir.

Bu janr namunasida, avvalo, tragik g`oya yotish zarur. U yuksak badiiylik bilan yaxlitlikda namoyon bo`lishi kerak. Unda g`oya chinakam fojiaviy ruh darajasiga ko`tarishi shart. Bunga tragik kolliziyaning murakkab tus olishi orqali erishiladi. O`z navbatida, tragik g`oya qirralarini ifodalovchi xarakterlarning murakkab qismatida faqat uning yakka o`zigagina, uning sha`niga manfatiga tegishli mohiyat mavjud o`lolmaydi. Aksincha, tragik qahramonga qarshi turgan kuch yoki kuchlar uning o`zidan ham boshqalarga- oila manfaatiga jamiyat axloqiga, el-yurt oldidagi burchiga, so`z bilan aytganda, ko`pchilikka, uning manfaatiga daxldor bo`ladi. Ana shunday manfaatlar birlashgan, echish, hal etish mushkul nuqtada turgan xarakter kurashda mardonavor turib, ikkilanish azoblarini bosib o`tadi va muayyan hayotiy ne`matlardan mahrum bo`ladi, baxtsizlikka yo`liqadi yoki o`zi jisman halok bo`ladi. Uning shunday fojiaviy, o`zidan boshqalar uchun ham nafli kurash jarayonlaridan chekkan azob-uqubatlari, iztiroblari, kurash alamlari kitobonni estetik tug`yonga soladi. Mana shunday keng qamrovga targik holatga molik bo`lgan hayot ko`rinishlarigina tragedyaning mavzui va mazmuni doirasini belgilaydi. Aks holda tragediyaning mavzui va mazmuni doirasini belgilaydi. Aks holda tragediya uchun maydon zohir bo`lishini tasavvur etish qiyin.

Hamza va Fitrat o`zbek dramaturigiyasi tongida tragediya janiri namunalarini yaratishga bel bog`langan edilar. CHindan ham Hamza qo`lyozmada tragediya deb qayd etganidek, “Boy ila xizmatchi” bu janr xususiyatlarini bag`riga jo qilgandi. Birgina Jamila boshiga ag`darilgan jabr-sitamlar uni ne-ne azob – iztiroblarga solganligi shunday xususiyatlarning tiniq ko`rinishi edi. Biroq ayrim tragik xususiyatlariga qaramay, Hamza va Fitrat (“Chin sevish”, “Abulfayzxon”) p’esalarida drama janriga mansub xususiyatlar tajassumini topdi.



Download 78,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish