Ozbek tili fanidan mustaqil ishlar bo`yicha uslubiy ko`rsatma tilar kafedrasining umumiy yig`ilishda muhokama qilinib, institut uslubiy kengashiga tavsiya qilindi


Topshiriq. Matnni ifodali o`qing va rus tiliga tarjima qiling.Faol so’z va iboralarni aniqlang



Download 0,58 Mb.
bet5/80
Sana03.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#738322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Uzbek tekst kekciy

1. Topshiriq. Matnni ifodali o`qing va rus tiliga tarjima qiling.Faol so’z va iboralarni aniqlang .
A.Navoiy- o`zbek adabiy tilining asoschisi.
Xondamirning ta`biri bilan aytganda, Alisher Navoiy yosh bolalik davrining avvalidan hayotining oxirigacha fayzli va barakali vaqtining ko`p qismini ilm-fan va san`at tahsiliga sarf qildi. Jumladan, o`zbek adabiyotining to`la ravishda shakllanib yetishi va taraqqiyot bevosita bobokalonimizning nomi bilan bog`liqdir. Ma`lum ma`noda uni o`zbek adabiy tilining asoschisi deb ham tan olinadi. Nafaqat adabiy til taraqqiyoti balki, uning davlat tili darajasiga ko`tarilishiga ham Navoiyning xizmatlari beqiyosdir.
Buyuk Alisherning "Xamsa", "Xazoyinul maoniy" singari shoh asarlarining yozilishi ona tili uchun kurashdagi amaliy ishlardan biridir. Ona tilimizga oid ilmiy-nazariy fikr mulohazalar uning barcha asarlarida, ayniqsa "Muhokamatul lug`atayin" asarida yaqqol ko`zga tashlanadi.
Lug’at
adabiy tili - литературный язык
ta`biri - выражение ; формулировка
ilm-fan va san`at - наука и искусство
fikr - мысль
yaqqol - ясный, очевидный, явный
2.Topshiriq. Matnni o`qing, O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida o`z munosabatlaringizni bildiring.Matnning annotatsiyasini yozing.
Til-to`lqinlari mavj urgan daryo. Til tabiatan tanho bir kuchki, u cho`g` olovni muzga, muzni esa olovga aylantira oladi. Til-sehrgar, sehrlovchi vosita. O`zbek tilini qunt bilan o`rgangan kishilargina uning serviqor qudratini bilib oladilar. Har bir xalqning tili o`ziga aziz. Shoirlar, faylasuflar til haqidagi ta`rifu tavsiflaridan ko`ngillarga nur yuguradi, uning mag`ziga yetishga intilsangiz hayot yanada ma'noli, maqsadli, go`zal va shirin bolib qoladi. Kimdir uni onaga o`xshatsa boshqa birov vatan qadar ulug` biladi. Dunyoga kelgan chaqaloq ham ona allasini o`zbek tiliga eshitadi. Men esa shu o`rinda atoqli shoirimiz Omon Matjoning bir rivoyat asosida yozilgan "Alla" nomli mo`jazgina asarini eslagim keladi...
Qadim zamonlarda Xorazm tomonlarda bo’yi yetgan qiz Roziya o`zga yurtdan kelgan yugitga ko`ngil qo`yibdi. Ota-ona bu yo`ldan qaytarishga qancha urinmasin, qiz ahdida qat`iy turibdi. Noilojlikdan Roziya uzoq yurtga uzatilibdi. Biroq ona nuridiydasiga iltijo qilibdi: baxtli bo'1, yakka-yu yagona o`tinchim shuki, farzandlaringga hech qachon alla aytma, aytsang, butun umr norozi ketaman. Roziya o`g`il koribdi. Onasining aytganiga amal qilibdi. Afsuski, ko`p o`tmay o`g`lini tuproqqa topshiribdi. Taqdir unga yana o`g`il ato qilibdi. Sho`rlik kelinchak ona ilinjini unutolmabdi. Afsus bu farzandni ham tuproqqa topshiribdi. Manglayiga yana o`g`il bitibdi. Vodarig`, u ham kundan-kunga sarg`ayib, umidlariga tahlika tushibdi. Shunda Roziya onasiga bergan vadasidan voz kechib, ichiga to`lib-toshib ketgan dardlarini qo`shiqqa solib, jigargo`shasiga alla kuylabdi. O`g`li sekin-asta kuchga kirib, ko`p o`tmay batamom sogayib ketibdi. Biroq endi Roziyaning o`zi alla aytgani sayin olisda qolgan Vatanini, ota-onalari, yaqinlarini yonib kuyib sog`inadigan, soginchlarda o`rtanadigan bo`lib qolibdi. Sho`rlik volidai mukarramasini yanada chuqurroq tushunibdi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi hech mubolag`asiz o`zbek xalqi taqdiridagi hodisadir. Bu qonun o`zbek xalqi, millati umrini uzaytiradigan, tarixiy taqdirini mustahkamlashda xizmat qiladigan qaror bo`ldi.
Dunyoning 20dan orliq rivojlangan mamlakatlarida o`zbek tilining o`qitilishi yetakchi oily o`quv yurtlari o`quv dasturiga kiritilganligj, tarixiy shoh asarlarimiz dunyoning kopgina tillariga tarjima qilinishi va jahon adabiyoti durdonalari qatoridan o`rin olganligi o`zbek tilining qanchalik olamshumul ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Lug’at
Alla - колыбельная песня
mustaqillik - независимось
e`tibor - внимание
mustahkamlamoq - укреплять
kamchilik - недостаток
muammo - проблема
rivoyat - предание
hodisa - событие
yetakchi - ведущий,руководящий



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish