O’zbekisto


-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar



Download 2,04 Mb.
bet5/20
Sana13.01.2023
Hajmi2,04 Mb.
#899222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Jinoiy ishni qo\'zg\'atish

327-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar
Muayyan jinoyat to‘g‘risida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yo‘llangan, lekin e’lon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat to‘g‘risidagi xabarni e’lon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart.

328-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish vakolatiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxs tomonidan jinoyatga oid ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi

Jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘lishi mumkin:


1) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ma’muriy vazifani amalga oshirayotganida jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida;(328-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
2) surishtiruvchi, tergovchi boshqa jinoyatga doir ish bo‘yicha dastlabki tergov yuritish chog‘ida jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida;(328-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
3) prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish bo‘yicha dastlabki tergov olib borish chog‘ida jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida; (328-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)

329-modda. Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tartibi

Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar ro‘yxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini tekshirish zarurati bo‘lgan taqdirda esa, o‘n sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. (329-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)


Ushbu modda birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, uning davomida qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi. (329-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Alohida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin: (329-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
1) o‘tkazish uchun ko‘p vaqt talab qiladigan ekspertiza, xizmat tekshiruvi, taftish yoki boshqa tekshiruv tayinlangan bo‘lsa; (329-moddaning uchinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
2) olis joylarda bo‘lgan yoki chaqiruvga binoan hozir bo‘lishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur bo‘lsa;
3) yangi holatlar aniqlanib, ularni qo‘shimcha tarzda tekshirmasdan turib qaror qabul qilishning imkoni bo‘lmasa.(329-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-237-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 552-modda)
4) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat o‘tmagan bo‘lsa. (329-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan 4-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)


Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish