O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/66
Sana20.06.2022
Hajmi1,55 Mb.
#683745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
2 5202166961324169985

So‘zlashuv uslubi 
Hozirgi o‘zbek tilining so‘zlashuv uslubi ikki asosiy turga ajratiladi: 
adabiy va 
oddiy so‘zlashuv. 
Adabiy so‘zlashuv uslubi 
tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan 
va ishlangan bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Uning tili sodda: jargon va sheva 
elementlaridan xolidir. Adabiy so‘zlashuv uslubi o‘z adabiy tilini bilgan kishilar 
uchun tanish va ma’lum bo‘lgan asosiy uslub hisoblanadi. Tilning adabiy so‘zlashuv 
uslubi kundalik aloqa-aralashuv uchun xizmat qiladi: ta’lim muassasalarida o‘qitish 
ishlari shu uslubda olib boriladi, undan badiiy adabiyotda juda keng foydalaniladi. 
Adabiy so‘zlashuv uslubi umumxalq adabiy tilining eng keng va universal turidir. 
Oddiy so‘zlashuv uslubi 
nutq muomalasi adabiy til hamda sheva 
elementlariga asoslanadi. Bu uslubda so‘zlashuv nutqiga xos emotsionallik yaqqol 
sezilib turadi. Oddiy so‘zlashuv uslubi tarkibiga sodda tilga xos elementlarni, ya’ni u 
yoki bu darajada tilning adabiy me’yorlariga mos kelmaydigan fonetik, grammatik va 
Publitsistik uslub
(Ommabop uslub) 


11 
leksik - frazeologik hodisalarni kiritish mumkin. So‘zlashuv uslubida, ham 
umummadaniy tilga xos, ham og‘zaki nutqqa xos talaffuz xususiyatlarni ko‘rish 
mumkin. 
Nutqning xarakter va xususiyatlariga ko‘ra talaffuz me’yorlarini ikki turga 
ajratish mumkin. Birinchi talaffuz me’yori ma’ruzachilar, aktyorlar, diktorlar,notiqlar 
nutqi uchun xarakterli bo‘lib, adabiy til me’yorlariga rioya qilishni talab etadi, unda 
har bir so‘z aniq talaffuz qilinishi shart. 
Talaffuzning ikkinchi til me’yori esa, asosan, so‘zlashuvda, og‘zaki nutqda 
uchraydi. So‘zlashuv uslubida umumiste’moldagi adabiy-neytral so‘zlarni talaffuz 
qilishda birmuncha erkinlik sezilib turadi. 
So‘zlashuv uslubi fonetik, leksik va grammatik o‘ziga xosliklarga ega: 
- so‘z tarkibidagi tovushlarning o‘rin almashinishi: 
tuproq-turpoq, - daryo-
dayro. 
- o‘z tarkibidagi tovushlarning tushib qolishi: 
maorif-morif, charxlamoq-
chaxlamoq, saodat-sodat. 
- biror tovushning orttirilishi: 
ro‘mol-o‘ramol, shkaf-ishkop, bank-banka

- tovush almashinishi: 
tavsiya-tafsiya, chiroq-chirog‘, maktab-maxtab

- so‘z tartibi qoidaga nomuvofiq bo‘lishi: 
Kecha bordim men, bozorga.
– 
- ega vaziyatga ko‘ra nutqda qo‘llanmaydi: 
Ana kelyapti. 
- ko‘chma, obrazli vositalarning qo‘llanilishi: 
og‘zi qulog‘ida, kapalagi uchib 
ketdi. 
- aldoqchi, jinday, shunaqangi 
kabi so‘zlarning ko‘p ishlatilishi. 
- chilik – garchilik qo‘shimchalarining keng qo‘llanilishi: 
xafagarchilik, 
sherikchilik. 

takrorning ko‘p ishlatilishi: 
tez-tez kel, kelib-kelib senga aytdimmi

- to‘liqsiz gaplar ishlatiladi. 
- dialogik shaklda bo‘ladi. 
- imo-ishoralar ko‘p ishlatiladi. 
- fe’l kesimning ishlatilmasligi: 
men bozorga, biz siznikiga

So‘zlashuv uslubining o‘ziga xos belgi va farqlaridan qat’iy nazar, adabiy til 


12 
me’yorlari asosida umumiylikka ega. So‘zlashuv uslubi ham umumxalq boyligi 
hisoblanadi. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish