O’zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi Gidrometeorologiya yo’nalishi


I.Bob. Atmosfera yog’inlari umumiy ma’lumot



Download 2,25 Mb.
bet2/11
Sana21.04.2022
Hajmi2,25 Mb.
#569884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“Daryo havzasiga yoqqan o’rtacha yog’in qatlamini aniqlash”

I.Bob. Atmosfera yog’inlari umumiy ma’lumot
Atmosfera yog‘inlarining turi, miqdori, yil davomida taqsimlanishi va boshqa ko‘rsatkichlari joyning geografik o‘rni, atmosfera sirkulyatsiyasi, yer sirti relyefi kabi omillar bilan aniqlanadi. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston sharoitida joyning mutlaq balandligi va relyefi yog‘in turiga, uning miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Havo harorati 0-5 0S dan boshlab yog‘inlar qor ko‘rinishida yog‘adi va yer sirtida to‘planib, qor qoplamini hosil qiladi. “Barqaror qor qoplami”, “barqaror bo‘lmagan qor qoplami”, “mavsumiy qor qoplami”, “ko‘p yillik qor qoplami”, “doimiy qor qoplami” tushunchalari mavjud.
Barqaror qor qoplami - kuz va qishda yog‘ib bahorgacha saqlanadi.
Barqaror bo‘lmagan qor qoplami - kuz va qishning boshlarida yog‘ib erib ketadi.
Mavsumiy qor qoplami - kuz, qish va erta bahorda yog‘ib, shu yilning issiq mavsumida erib ketadi.
Ko‘p yillik va doimiy qor qoplamlari - qutbiy o‘lkalarda va baland tog‘larda uchraydi.
Yomg‘irlar, asosan, musbat haroratli kunlarda yog‘adi. Ular daryo-larning to‘yinishida asosiy manbalardan biri bo‘lib, miqdori, davom etish vaqti, yog‘ish jadalligi va yog‘ish maydoni bilan xarakterlanadi. Yomg‘ir miqdori X ning uning davom etish vaqti T ga nisbati yog‘ish jadalligi i ni belgilaydi:

Jala yomg‘irlar nisbatan qisqa vaqt davomida, lekin katta jadallikda yog‘adi. “Jala yomg‘ir” tushunchasi shartlidir. Masalan, Rossiyada yog‘ish jadalligi i  0,5 mm/min shartini bajargan yomg‘irlar jala yomg‘ir deb qabul qilinsa, AQSHda esa i  1,28 mm/min sharti qabul qilingan.
Yog‘in me’yori ma’lum meteorologik stansiyada uzoq yillar davomida olib borilgan kuzatishlar asosida o‘rtacha arifmetik qiymat sifatida aniqlanadi.
Atmosfera yog‘inlarining miqdori joyning geografik o‘rni, atmosfera sirkulyatsiyasi, yer sirti relyefi kabi omillar bilan aniqlanadi. O‘rta Osiyo sharoitida joyning absolyut balandligi va relyefi yog‘in miqdoriga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, absolyut balandlikning ortishi bilan yog‘in miqdori ham ortadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Masalan, Sharqiy Pomir va Sharqiy Tyanshanda absolyut balandlik katta bo‘lsa-da, yog‘in miqdori ularning g‘arbiy qismlariga nisbatan kam.
Yog‘in miqdorining balandlikka bog‘liq holda o‘zgarishi yog‘in gradiyenti (X) orqali ifodalanadi. Uning qiymatini yog‘in miqdorining balandlikka bog‘liq holda o‘zgarish grafigidan yoki oddiy hisoblash yo‘li bilan aniqlash mumkin.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish