Oʻzbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati


Chegara qo‘shinlarining huquqlari va majburiyatlari



Download 210,5 Kb.
bet6/6
Sana21.03.2022
Hajmi210,5 Kb.
#505111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati

Chegara qo‘shinlarining huquqlari va majburiyatlari
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi
qonunning 39-moddasiga muvofiq, Davlat chegarasini qo‘riqlash va
himoya qilishda chegara qo‘shinlari quyidagi huquqlarga ega:
– belgilangan tartibda o‘zlariga berilgan yer uchastkalarida zarur
muhandislik-texnik inshootlarni qurish, aloqa liniyalari va
kommunikatsiyalar qurilishini amalga oshirish, texnika va qurolyarog‘
larni joylashtirish hamda ulardan foydalanish;
– joylarning har qanday uchastkalarida chegara naryadlarini
joylashtirish hamda harakat qilish, transport vositalarini chegara naryadlari
bilan kuzatib borish, transport vositalarini belgilangan tartibda ko‘zdan
kechirish;
– qo‘shinga oid, razvedka, kontrrazvedka, tezkor qidiruv faoliyatini
hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa faoliyatni amalga
oshirish;
– Davlat chegarasi rejimi, chegara oldi rejimini yoki Davlat chegarasi
orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzgan shaxslarni qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ma’muriy tartibda ushlash;
– ma’muriy tartibda ushlangan, shuningdek jinoyat sodir etganlikda
gumon qilinib ushlangan shaxslarni maxsus jihozlangan joylarda qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda saqlash;
– chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga shaxslarni taklif etish va ularga
ma’lum bo‘lgan Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki Davlat
chegarasi rejimini, chegara oldi rejimini yoki Davlat chegarasi orqali
o‘tkazish punktlaridagi rejimni boshqa tarzda buzish holatlari to‘g‘risida
ulardan tushuntirishlar olish, (Zarur hollarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
qoidabuzarlik holatlari to‘g‘risidagi tushuntirishlar boshqa joylarda ham
olinishi mumkin);
– Davlat chegarasi orqali o‘tayotgan shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasiga kirish yoki undan chiqish huquqi to‘g‘risidagi hujjatlarini
tekshirish, ularga tegishli belgilar qo‘yish, zarurat bo‘lganda bu hujjatlarni
belgilangan tartibda olib qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki
undan chiqish huquqini beruvchi haqiqiy hujjatlari bo‘lmagan shaxslarni
ular hujjatlarini lozim darajada rasmiylashtirgunga yoki chet elda bo‘lgan
chog‘ida hujjatlarini yo‘qotganlik holatlari aniqlangunga qadar Davlat
chegarasi orqali o‘tkazmaslik;
– manfaatdor organlar va transport tashkilotlari bilan hamkorlikda
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida transport vositalari to‘xtash
(to‘xtab turish) joylari va muddatlarini belgilash;
– chegara oldi qidiruvlari va operatsiyalari o‘tkazilayotgan vaqtda,
odamlarning sog‘lig‘i va hayotini himoya qilish maqsadida, ayrim
hududlarda shaxslar va transport vositalari harakatini cheklash yoki man
etish, zarur hollarda fuqarolarni bunday yerlarga kiritmaslik, ulardan o‘sha
joyda turishi yoki bu hududdan chiqib ketishini talab qilish;
– Davlat chegarasi uchun tahdid tug‘ilgan paytda uning ayrim
hududlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, manfaatdor
korxona, muassasa, tashkilotlarni ogohlantirgan holda har xil ishlar olib
borishni vaqtincha cheklab qo‘yish (Mudofaa ahamiyatiga molik ishlar
yoki tabiiy ofat yoxud o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini va
oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq ishlar bundan mustasno);
– O‘zbekiston Respublikasi hududiga bostirib kirishni daf etish,
chegara oldi qidiruvlarini o‘tkazish, huquqbuzarlik sodir etganlikda
gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab kelish chog‘ida korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining va alohida hollarda,
fuqarolarning aloqa, transport vositalaridan foydalanib qilingan xarajatlar
va yetkazilgan zararni egalariga belgilangan tartibda qoplash. Ushbu
huquq diplomatik, konsullik, chet el davlatlarining boshqa
vakolatxonalariga va xalqaro tashkilotlarga tegishli aloqa va transport
vositalariga tatbiq etilmaydi.
Chegara qo‘shinlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
huquqlarga ham egadirlar. Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash
paytida chegara qo‘shinlari quyidagilarga majbur:
– Davlat chegarasi chizig‘ining joylarda huquqqa xilof tarzda
o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
– Davlat chegarasida harbiy va boshqa fitnalarning oldini olishga;
– Davlat chegarasi noqonuniy ravishda kesib o‘tilishiga yo‘l
qo‘ymaslik, Davlat chegarasini buzuvchilarni aniqlash va ushlashga;
– Davlat chegarasi rejimiga, chegara oldi rejimiga va Davlat chegarasi
orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimga rioya qilinishi ustidan nazoratni
amalga oshirishga;
shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va
hayvonlarning Davlat chegarasi orqali belgilangan tartibda o‘tkazilishini
amalga oshirishga;
Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan kontrabanda buyumlarini
hamda noqonuniy ravishda olib o‘tilayotgan tovarlar, boshqa mol-mulk va
hayvonlarni, shuningdek transport vositalarini aniqlash va belgilangan
tartibda ushlab qolishga;
– Davlat chegarasi rejimini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning
oldini olishga majbur. Chegara qo‘shinlari qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega.







Download 210,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish