O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi



Download 231 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi231 Kb.
#698662
Bog'liq
Yusupov Nodir

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI XALQARO XUSUSIY HUQUQ KAFEDRASI XALQARO LIZINGGA OID MUNOSABATLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING O’ZIGA XOS MUAMMOLARI mavzusida yozilgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Bajardi: 4-kurs “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” yo‘nalishi talabasi N.Yusupov Ilmiy rahbar: “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o’qituvchisi A.Alijonov

  • Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF 4947-sonli Farmonida xalqaro lizing munosabatlari qonunchiligini takomillashtirishning nazarda tutilganligi
  • Amaliyotda xalqaro lizing munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlarning o’zaro javobgarligi va huquqlarini aniq belgilanmaganligi
  • Bugungi kunda xalqaro lizing shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga kelayotgan muammolarning O‘zbekiston Respublikasi “Lizing to’g’risida” gi qonunda yetarli darajada qamrab olinmayotganligi
  • Tadqiqot obyekti bo’lib xalqaro doirada lizing munosabatlar hisoblanadi
  • Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib xalqaro huquqda moliviy lizing faoliyati bilan bog’liq bo’lgan huquqiy munosabatlar yig’indisi hisoblanadi.
  • Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi xalqaro huquqda lizingga oid huquqiy munosabatlarni qiyosiy-huquqiy o’rganish va ushbu munosabatlarni tartibga solishdag huquqiy muommolar, bo’shliqlar, qarama-qarshiliklarni tadqiq qilish va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.
  • Bitiruv malakaviy ishning maqsadi
  • Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olingan
  • Lizing munosabatlarini shakllanishi va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari o’rganish
  • Xalqaro lizingga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishda lizing shartnomasining o’rni, ularning ahamiyatini va turalarini o’rganish
  • Xorijiy davlatlarda lizing munosabatlarini tartibga solish tajribasi tadqiq etish
  • O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda lizing kompaniyalarning rolini tahlil etish
  • Lizing tushunchasi
  • Lizing - moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
  • (O‘zbekiston Respublikasi “Lizing to’g’risida”gi qonuni 2-moddasi)
  • Xorijiy mamlakatlarda lizing munosabatlarni tartibga solinishning o`ziga xos xususiyatlar
  • AQSh soliq qonunchiligida shunday moddalar mavjudki unda jismoniy shaxslar ham o‘zi topgan daromadlariga asbob-uskuna sotib olish hamda uni lizingga berish huquqiga ega.
  • Amerika qonunchiligida shartli oldi-sotdi shatnomasi ta’minot bitmlari toifasiga kiritilgan va ushbu shartnomalarni Yagona Savdo kodeksi (9-bo‘lim) bo‘yicha boshqariladi.
  • AQSh qonunchiligiga muvofiq tijorat banklariga ayrim moliyaviy operatsiyalar turlarini amalga oshirish taqiqlanganligi sababli, bevosita banklar tomonidan lizing xizmatlar ko‘rsatilmaydi. Lizing kompaniyalar banklardan alohida ajralgan xolda faoliyat olib boradi.
  • Amerika Qo’shma Shtatlari Lizing qonunchiligi
  • Amerika sudlari va soliq organlarilizing shartnomasini aralash munosabatlardan tashkil topganligini turli farqlarini ochib beradi.
  • Xorijiy mamlakatlarda lizing munosabatlarni tartibga solinishning o`ziga xos xususiyatlar
  • 2. Germaniya, Shvetsariya davlatlarining qonunchiligi opsion operatsiyalarini oldi – sotdi mexanizmi asosida lizing ob’ekti to‘lovlarini “maxsus bo‘lib to‘lash” yo‘li bilan amalga oshirish imkonini beradi. Ya’ni to‘g‘ridan – to‘g‘ri tomonlar o‘rtasida lizing munosabatlari o‘rnatilgan holatda lizing ob’ekti lizing beruvchiga qaytarilsa, oldi- sotdi mexanizmi asosida to‘lovlarni “maxsus bo‘lib to‘lash” yo‘li bilan amalga oshirilsa lizing ob’ektining egalik huquqi kelishuv imzolangan paytdan boshlab lizing oluvchiga o‘tadi.
  • Xorijiy mamlakatlarda lizing munosabatlarni tartibga solinishning o`ziga xos xususiyatlar
  • 3. Fransiya va Buyuk Britaniyada ko‘plab kelishuvlarga lizing sifatida qaraladi, Germaniyada esa bu kelishuvlar ijara mexanizmi sifatida qaralishi mumkin. Fransiyada lizing shartnomasida uning muddati tugagach opsion (lizing ob’ektini qoldiq narxida soib olish huquqi) operatsiyasini amalga oshirish shartligi uni ijara – kredit kelishuvlari qatoriga qo‘shadi. Shunisi e’tiborliki ijara – kredit munosabatlari lizingdan farqli ravishda davlat tomonidan o‘ziga xos qonunchilik asosida tartibga solinadi. Davlatlar o‘rtasidagi bunday farq ular o‘rtasida “dabl din” operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.
  • Davlatimiz lizing sohasini xalqaro lizing amaliyotini yutuqlariga tayangan xolda shakllantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
  • Mamlakatimiz lizing infrastukturasiga joriy qilish mumkin bo‘lgan yana bir xalqaro amaliyotda qo‘llanuvchi lizing turi bu “lizing liniyalari” (Leasing – line) bo‘lib bunda lizing ko‘p jihatdan “kredit liniyalari” ga o‘xshash bo‘ladi va lizing oluvchiga takror lizing olish imkoniyatini hech qanday qayta rasmiylashtirish qiyinchiliklarsiz amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Buning uchun lizing tashkilotlari va lizing ob’ektlarini yetkazib beruvchi o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatilishi talab etiladi.
  • Xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilib kelinayotgan “dabl din” lizing mexanizmidan, mamlakatimiz lizing tashkilotlarini xalqaro lizing bozorlariga olib chiqishda keng qo‘llash lozim deb hisoblaymiz. Bu borada “dabl din” operatsiyalari lizing tashkilotlarimizga yangi lizing bozorlariga chiqish, yangi hamkorlarni topish, lizing tarkibini yanada boyitish imkonini beradi.
  • Davlatimiz lizing sohasini xalqaro lizing amaliyotini yutuqlariga tayangan xolda shakllantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
  • Xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilayotgan lizingning yana bir noyob turi bu “savdoga ko‘mak” ( sales – aid ) bo‘lib, respublikamizda avto lizingni “sales – aid” lizinggi asosida yangi bosqichga olib chiqish mumkin.
  • Markaziy Osiyo va unga qo‘shni davlatlar hududlarida lizing operatsiyalarining tarmoq tarkibini, davlatimiz avtomobil sanoatiga tayangan xolda shakllantirish va olib chiqish lozim.
  • Lizing sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish hamda lizing munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi va huquqlarini aniq belgilash zarur deb hisoblaymiz. Yuqoridagi yuritilga fikr-mulohazalarga asosan quyidagi xulosa va takliflarni bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildik:
  • 1. Lizing munosabatlariga nisbatan yillar davomida huquqshunoslar hamda iqtisodchilar tomonidan o‘z sohalaridan kelib chiqqan holda ta’riflar ishlab chiqilishi oqibatida lizing mohiyatiga doir huquqiy va iqtisodiy tasnifga ega bo‘lgan qarashlar vujudga kelgan. Iqtisodiy jihatdan lizing shartnomasi bir necha toifaga bo‘lib o‘rganiladi, ya’ni ular tomonidan toifalarga bo‘lish asosini shartnoma qiymati tashkil etadi. Huquqiy jihatdan esa lizing shartnomasi qanday qiymatga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, qonunda nazarda tutilgan asosiy yoki qo‘shimcha shartlarga doir umumiy va maxsus qoidalar asosiy rolni o‘ynaydi. Fikrimizcha, yuqorida lizing xizmatlarining ikkilamchi bozorining huquqiy mehanizmlarini ishlab chiqish zaruratiga doir fikrlar bu iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etiladi. Lizing xizmatlarining ikkilamchi bozorining huquqiy mehanizmlarini ishlab chiqilishi, banklar va kredit tashkilotlari tomonidan qaytarib olingan mulklarni qayta lizingga berish tartibi lizing qonunchiligiga kiritilishi, avvalo mavjud qonunchilikda takroriy normalarning vujudga kelishiga olib keladi. Agar taklif etilayotgan huquqiy mexanizm lizing qonunchiligida o‘z aksini topsa, bunda lizing beruvchi sifatida banklar va kredit tashkilotlari tomonidan lizing qonunchiligini o‘zlari xohlagancha talqin etishiga, lizing oluvchining huquqlarini buzilishiga va shartnoma sub’ektlari huquqlarining bir taraflama himoya etilishiga sabab bo‘ladi.
  • 2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 597-moddasi orqali lizing oluvchining majburiyati va javobgarligi to‘g‘risidagi qoidalar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra lizing oluvchi lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashi, mol-mulkdan uni yetkazib berish shartlariga muvofiq foydalanishi, uni soz holatda saqlashi lizing beruvchining majburiyatlari sifatida belgilangan. Bundan tashqari, mazkur moddaning 4-qismiga asosan lizing oluvchi o‘z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing beruvchi bo‘lajak lizing to‘lovlarining tezlashtirishni yoki lizing ob’ektini qaytarib olgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega. Qonun chiqaruvchi fuqarolik kodeksining mazkur moddasi orqali lizing mulki bilan bog‘liq masalalarni lizing oluvchining majburiyati va javobgarligi doirasida hal etgan. Lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarini kelishilgan muddatlarda to‘lamaslik, lizing mulkini soz holda saqlashi yoki saqlash bo‘yicha boshqa harajatlarini amalga oshirmaslik lizing shartnomasini bekor bo‘lishiga va lizing mulkini olib qo‘yilishiga asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘z navbatida, lizing beruvchi tomonidan lizing mulkini ikkilamchi lizing bozoriga taqdim etish imkoniyatini beradi.
  • 3. O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonunida lizing xizmatlarining ikkilamchi bozorini huquqiy tartibga solishga qaratilgan normalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mavjud bo‘lmasa-da, qonun chiqaruvchi tomonidan mazkur masalaning huquqiy yechimi lizing beruvchining huquq va majburiyatlari (11-modda, 1-qism, 3-4-bandi) hamda lizing oluvchining huquq va majburiyatlarini (12-modda 1-qism, 6-bandi va 2-qism, 3-bandi) tartibga solishga qaratilgan normalarda o‘z ifodasini topgan. Xususan, “Lizing to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasiga asosan lizing beruvchi lizing oluvchidan lizing ob’ektini qonun hujjatlarida yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda talab qilib olish huquqiga ega. Agar taraflar shartnomada lizing mulkini olib qo‘yish tartibi haqida qoidalar mavjud bo‘lmasa, fuqarolik qodeksi va lizing qonunchiligida shartnomaga qo‘yilgan umumiy qoidalarga havola etiladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi “Lizing to‘g‘risida”gi qonunining 12-moddasi 2-qismi 3-bandiga ko‘ra, lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing ob’ektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan bo‘lsa, shunday holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishlari shart.
  • 4. Lizing shartnomasining bekor bo‘lish asoslarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, birinchi navbatda shartnoma shartlarini jiddiy tarzda buzishga e’tibor qaratiladi. Nazariy jihatdan shartnoma shartlarini jiddiy tarzda buzilishiga lizing ob’ektlariga nisbatan xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lish, grafik asosida belgilab qo‘yilgan lizing to‘lovlarini lizing oluvchi tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilmaslik, shartnomada belgilangan muddatlarga rioya qilmaslik kiradi. Jumladan, lizing shartnomasida muddat asbob-uskunalarning foydali xizmat muddati bilan bog‘liq ravishda ko‘rsatiladi hamda lizing to‘lovlari ham shartnoma muddatiga bog‘liq tarzda aniqlanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, amaldagi “Lizing to‘g‘risida”gi qonunning 11-12-moddalari orqali qonun chiqaruvchi lizing xizmatlarining ikkilamchi bozorining huquqiy mehanizmlarini ishlab chiqqan va amalga tadbiq etgan deb hisoblaymiz. Bundan tashqari lizing faoliyatini jadallik bilan olib borishga to‘sqinlik qiluvchi eng jiddiy omillardan biri lizing kompaniyalarida moliyaviy resurslarning yetishmasligini keltirish mumkin. Buning natijasida lizing bozoriga bo‘lgan talabning kuchliligiga qaramasdan, o‘zining rivojlanish sur’atlari bo‘yicha ehtiyojdan orqada qolmoqda. Respublikada tadbirkorlik sub’ektlarining mazkur moliyalash turiga bo‘lgan talabi to‘liq darajada qondirilmayapti, chunki mamlakatda lizing kompaniyalarining soni yetarli emas, tijorat banklari esa lizing bitimlarini amalga oshirish jarayonida lozim darajada ishtirok etishmayapti. Bundan tashqari, respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan lizing kompaniyalar qatorida xususiy va raqobatbardosh lizing kompaniyalarining mavjud emasligi o‘zining salbiy ta’sirni ko‘rsatmoqda.
  • 5. Tegishli vakolatli organlar tomonidan mazkur yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilsa, lizing operatsiyalarini amalga oshirishda mablag‘lari yetmaydigan lizing kompaniyalarining lizing bozorida o‘z mav’qelarni saqlab qolish va lizing faoliyati doirasini kengaytirish imkonini beradi. Respublikada lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishga keng imkoniyat yaratish maqsadida bir necha muammoli masalalarni barataraf etish lozim. Bu muammoli masalalar albatta qonun va qonunosti hujjatlariga tegishli hisoblanadi. Amaldagi lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish maqsadida fuqarolik qonunchiligiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish lozim deb topib, quyidagi takliflarni ishlab chiqdik. Ya’ni, birinchi navbatda Fuqarolik kodeksi va lizing qonunchiligi o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish lozim. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 596-moddasi va amaldagi "Lizing to‘g‘risida"gi qonunning 6-moddasida qo‘shimcha lizing tushunchasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra lizing oluvchi lizing beruvchi oldida moddiy javobgar bo‘lgani holda, lizing beruvchining yozma roziligi bilan ob’ektga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli. Fuqarolik kodeksining yuqorida ko‘rsatilgan moddasida esa "yozma roziligi" talab etilishi normasi qayd etilmagan. Shundan kelib chiqqan holda "yozma roziligi" iborasi fuqarolik kodeksiga kiritilsa qonunchilik va kodeksdagi normalarning birxilliligi ta’minlanadi.
  • 6. O‘zbekiston Respublikasi "Lizing to‘g‘risida"gi qonunining 18-moddasida lizing ob’ekti sug‘urtasi to‘g‘risida tushutirishlar berilgan. Qonunning mazkur normasiga asosan, sug‘urtalash masalasi taraflarning kelishuviga asosan amalga oshirilishi mumkin. Lizing qonunchiligiga asosan, agarda shartnomada sug‘urtalash masalasi hususida alohida shartlar kitilgan bo‘lmasa, lizing oluvchi lizing ob’ekti sug‘urtasi uchun javobgar bo‘ladi. Fikrimizcha, qonunchilik lizing oluvchining moliyaviy holatini hisobga olmaydi. Lizing shartnomasida agar taraflar sug‘urta masalasiga oydinlik kirita olmasalar, u holda lizing mulkini sug‘urta qilish lizing oluvchi zimmasida bo‘ladi. "Lizing to‘g‘risida"gi qonundagi mazkur norma shunday muammoni keltirib chiqaradiki, birinchi navbatda lizing oluvchi lizing mulkini sug‘urtasi uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmaydi, ikkinchidan lizing mulkiga egalik qilish huquqi shartnoma muddati tuguguncha lizing beruvchida saqlanib qoladi va bu mantiqan lizing mulkni sug‘urtasi lizing oluvchi zimmasiga yuklanishi mumkin emas. Yuqoridagilarni e’tiborga olib lizing shartnomasi predmetini sug‘urtalash masalasini lizing beruvchining zimmasiga yuklash to‘g‘risida qonunning 18-moddasida belgilab qo‘yilishi zarur hisoblanadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish