O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/31
Sana01.01.2022
Hajmi2,91 Mb.
#291542
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar tarixi va burchi. Haydarali Muhammedov II qism



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI 

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI 

 

 

 



 

 

 



Haydarali MUHAMEDOV 

 

 



 

XORIJIY MAMLAKATLAR 

DAVLATI VA HUQUQI TARIXI 

(O‘rta asrlar davlati va huquqi tarixi) 

 

II qism 


 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 

tomonidan huquq yo‘nalishi va tarix yo‘nalishi bo‘yicha Oliy o‘quv 

yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent-2005 




 

67.3                                       UDK 340(09) (100) 



M 96                                                BBK 67. 3ya73 

 

 



Mas’ul muharrir:

 

A.X.Saidov, 



huquqshunoslik fanlari  doktori, professor.  

Taqrizchilar:

 

Sh.Z.O‘razayev



, huquqshunoslik fanlari doktori, professor, 

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi. 

H.B.Boboyev

,  huquqshunoslik fanlari doktori, professor, 

O.T.Xusanov

, huquqshunoslik fanlari doktori, professor, 

 

Muhamedov  H.



  Xorijiy  mamlakatlar 

davlati va huquqi tarixi:(O‘rta asrlar davlati va 

huquqi  tarixi):  Oliy  o‘quv  yurtlari  talabalari 

uchun  darslik/Mas’ul  muharrir:  A.X.Saidov.

 

Qism 2. - T.: Toshkent Davlat yuridik instituti 



nashriyoti, 2005. - 480 bet. 

Sarlavhada: 

O‘zbekiston 

Respublikasi

 

Adliya vazirligi. 



 

Darslik  «Xorijiy  mamlakatlar  davlati  va  huquqi  tarixi»  fani  dasturi 

asosida  huquqiy  va  tarixiy  fanlarning  eng  so‘nggi  yutuqlarini  hisobga  olgan 

holda  yozildi.  Unda  o‘rta  asrlarda  G‘arbiy,  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa 

mamlakatlari:  Franklar  davlati,  Fransiya,  Germaniya,  Angliya,  Vizantiya, 

Rossiya  hamda  Sharq  mamlakatlaridan  Arab  xalifaligi,  Xitoy,  Yaponiya  va 

Hindistonda  davlat  va  huquqning  rivojlanishi  xususiyatlari  va  qonuniyatlari 

xronologik  izchillikda  yoritildi.  Darslik  oliy  o‘quv  yurtlarining  huquq,  tarix 

yo‘nalishlari  talabalari,  magistrlari,  o‘qituvchilari  va  jahon  mamlakatlari 

davlatchiligi va huquqi tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun 

mo‘ljallangan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

© Haydarali Muhamedov. 

© Toshkent Davlat yuridik instituti, 2005 y.

 



 

SO‘Z BOSHI 



 

Ma’lumki,  tarixshunoslik  ilmida  o‘rta  asrlar  tarixi  uzoq  davrni  - 

milodning V-XVII asrlarini o‘z ichiga olib, uni dunyo xalqlarining deyarli 

hammasi  o‘z  boshidan  kechirgan.  Qadimgi  dunyo  davlati  va  huquqi 

tarixida  ko‘rib  chiqilganidek,  qadimgi  dunyo  quldorlik  jamiyati  Sharq 

dunyosida  vujudga  kelib,  Misr,  Bobil,  Hindiston,  Xitoy  mamlakatlarida 

o‘zining  yuksak  taraqqiyotiga  erishgan.  Uning  so‘nggi  davrida  yuksak 

rivojlanish markazi asta-sekin G‘arb dunyosiga ko‘chdi.  

Feodalizm  jamiyati  esa  xuddi  shu  insoniyat  madaniyati  tarixida 

muhim  o‘rin  tutgan  Yevropa  mamlakatlarida  ayniqsa  tez  rivojlanib,  katta 

muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Biz  quldorlik  jamiyati  g‘oyalarining  yuksa-

lishini,  unda  paydo  bo‘lgan  qarama-qarshiliklarni,  uning  tanazzulini 

milodning  V  asridan  boshlab,  asosan,  Rim  quldorlik  imperiyasi  misolida 

o‘rganamiz.  O‘rta  asrlar  tarixidagi  eng  muhim  voqealar  qatorida  xristian 

va islom dinlarining paydo bo‘lishi va keng tarqalishini alohida ta’kidlash 

lozim.  


G‘arb  mamlakatlari  feodal  jamiyati,  davlatchiligi  hamda  huquqshu-

nosligida  xristian  dinining  hukmron  dinga  aylanishi  qanchalik  ahamiyat 

kasb  etgan  bo‘lsa,  islom  dinining  yaratilishi  va  tarqalishi  ham  Sharq 

dunyosidagi  yuksak  madaniyatning  vujudga  kelishida  shunchalik  hissa 

qo‘shdi. O‘rta asrlar Renesansi, Uyg‘onish davrining jahon xalqlari mada-

niyatiga qo‘shgan hissasi benihoya katta. 

O‘rta  asrlarda  dunyoning  turli  qismlarida  ko‘pdan-ko‘p  va  turli 

ijtimoiy-iqtisodiy,  davlat-huquqiy  jarayonlar  sodir  bo‘lgan.  Bu  davrda 

feodalizmning  butun  dunyo  miqyosida  o‘rnatilishi  quldorlik  va  ayniqsa, 

ibtidoiy-jamoa tuzumiga nisbatan progressiv hodisa bo‘ldi. 

Feodalizmning kelib chiqishi dunyoning turli mintaqalarida mazmu-

ni,  shakli  va  paydo  bo‘lish  vaqti  bo‘yicha  turlicha  yuz  bergan.  Dastlab 

qadimgi  sivilizatsiya  markazlari  va  tegishlicha  davlatlar:  Xitoydagi  Xan 

podsholigida,  Hindistondagi  Guptalar  davlatida,  O‘rta  Osiyodagi  Kushon 

podsholigida, Erondagi  Sosoniylar podsholigida va Mesopatamiyada asta-

sekin yangi ishlab chiqarish usuli rivojlandi. Yevropada esa avvalo kechki 

Rim  imperiyasida  qulchilik  munosabatlari  yemirildi  va  ilk  feodal 

elementlar tug‘ildi. 

Ba’zi xalqlar feodalizmga va feodal davlatga bevosita ibtidoiy-jamoa 

tuzumidan  quldorlikni  chetlab  o‘tgan.  Bu  jarayon  kelt,  german,  slavyan, 

turk, mo‘g‘ul va ko‘pgina boshqa qabilalarda yuz bergan. Mazkur xalqlar 

mamlakatlarining tabiiy sharoitlari qadimgi sivilizatsiya mintaqalarinikiga 




 

qaraganda  ancha  noqulay  edi.  Bu  xalqlarda  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar 



ortiqcha  mahsulotning  paydo  bo‘lishini  ta’minlash  darajasiga  erishgan 

paytda  ularda  aholining  o‘sishi  boshlangan,  sinfiy  jamiyat  va  davlatning 

tug‘ilishi sezilib qolgan. 

Feodalizm  asoslarining  shakllanishi  quldorlik  va  urug‘doshlik  jami-

yatlari  negizlarida  vujudga  kelgan  “ilk  feodal”  elementlarni  sintez  qilish 

yo‘li  bilan  ham  amalga  oshgan.  Bu  holat  sobiq  Rim  imperiyasining 

qo‘shni qabilalar tomonidan bosib olingan provinsiyalarida yuz bergan edi. 

Bu  yerlarda,  bir  tomondan,  quldorlik  munosabatlarining,  ikkinchi  tomon-

dan,  bosqinchi  qabilalarda  urug‘chilik  munosabatlarining  yemirilishi 

natijasida ilk feodal elementlarning shakllanishi yuz berdi. 

Bosqinchi  qabilalar  Rimdagi  dastlabki  feodal  munosabatlarga  duch 

kelib unga moslashib ketgan edi. Feodalizmning vujudga kelishi insoniyat 

taraqqiyotining  dastlabki  davrlarida  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning 

umumiy taraqqiyotida ijobiy rol o‘ynadi. Lekin jarayonning salbiy tomoni 

bosqinchi qabilalar tomonidan ishlab chiqaruvchi kuchlarning ancha izdan 

chiqarilganligida, natural xo‘jalikka qaytishda, aholining katta qismi umu-

miy  madaniy-ma'rifiy  darajasining  ancha  pasayganligida  namoyon  bo‘ldi. 

Buning  oqibatlari  uzoq  vaqt  mamlakat  rivojiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatdi  va 

faqat bir necha asrlar mobaynidagina tugatildi. 

Shuning  uchun  XV-XVII  asrlardagi  Yevropaning  gumanist  olimlari 

bu  vaqtni  Yevropa  tarixining  ”tongotari”  deb  hisoblab,  uni  Antik  va 

Uyg‘onish davrlari oralig‘idagi ”o‘rta” davr deb ataydilar. Oqibatda, ”o‘rta 

asrlar”  degan  ibora  kelib  chiqib,  u  tarix  fanida  V-XVII  asrlarga  nisbatan 

qo‘llaniladigan bo‘lib qoldi. 

Tarix  fanida  o‘rta  asrlarni  feodalizm

1

  davri  deb  atash  ham  qabul 



qilingan. 

Ushbu  darslik  muallif  tomonidan  1999  yilda  e’lon  qilingan  Xorijiy 

mamlakatlar  davlati  va  huquqi  tarixi  (Qadimgi  dunyo  davlati  va  huquqi 

tarixi)  I  qism  darsligining  mantiqiy  davomi  hisoblanadi.  Kezi  kelganda 

shuni  ta’kidlash  joizki,  u  2000  yilning  eng  yaxshi  darsliklaridan  biri 

sifatida respublika tanlovida sovringa sazovor bo‘lgan edi. 

O‘rta asrlar davlati va huquqi tarixiga bag‘ishlangan mazkur darslik-

da  g‘arbiy,  markaziy  va  sharqiy  Yevropa  mamlakatlaridan  Franklar  dav-

lati,  Fransiya,  Germaniya,  Angliya,  Vizantiya  hamda  Rossiyada,  Sharq 

mamlakatlaridan  Arab  xalifaligi,  Xitoy,  Yaponiya  va  Hindistonda  o‘rta 

asrlardagi davlatchilik tarixi, huquqning rivojlanishi masalalari batafsil va 

                                                 

1

 

«Feodalizm»



 iborasi birinchi marta 1789 yilgi Fransiya burjua inqilobi davrida fransuz adabiyotlarida 

qo`llanilgan va eski german termini «fedum»dan kelib chiqib, yer mulki ma'nosini anglatadi. 




 

izchil, xronologik tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 



ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida bayon qilinadi. Bun-

da har bir  mamlakatning davlat va huquqi rivojlanishining o‘ziga xos xu-

susiyatlari, turkum mamlakatlar davlati va huquqi rivojlanishining umumiy 

qonuniyatlarini yoritishga harakat qilinadi. 

Darslikni  yozishda  fanning  eng  so‘nggi  yutuqlaridan,  juda  ko‘p 

huquqshunos olimlarning asarlaridan, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, tari-

xiy-huquqiy  yodgorliklardan  foydalanildi.  Ushbu  darslik  o‘zbek  tilida 

birinchi ishlardan bo‘lganligi sababli ayrim kamchiliklardan xoli bo‘lmas-

ligi mumkin. Umid qilamizki, kitobxonlar bu haqdagi o‘zlarining xolisona 

fikr va mulohazalarini muallif bilan samimiy bahamlashadilar. 




 

BIRINCHI BO‘LIM 



 


Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish