O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana01.01.2022
Hajmi2,91 Mb.
#291542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar tarixi va burchi. Haydarali Muhammedov II qism

O‘RTA ASRLARDA YEVROPA MAMLAKATLARI 

 DAVLATI VA HUQUQI 

 

I BOB

. YEVROPADA O‘RTA ASRLAR DAVLATI VA 

HUQUQI  XUSUSIYATLARI 

 

Avvalo  shuni  aytib  o‘tish  kerakki,  G‘arb  va  Sharq  mamlakatlarida 



feodal  yer  mulkchiligini  quldorlik  davridagi  mulkchilikdan  farqlaydigan 

o‘ziga  xos xususiyatlari  bor.  Masalan,  G‘arb  mamlakatlarida  yerning  oliy 

egasi monarx (qirol, knyaz, imperator) hisoblanib, boshqa feodallar undan 

xizmat  evaziga  yoki  boshqa  shartlar  bilan  yer  olganlar.  Ular  esa  bu  yerni 

uchinchi  shaxsga  ma’lum  shartlar  evaziga  berganlar.  Yer  bergan  feodal 

syuzeren,  olgani  esa  vassal  deb  atalgan.  Shunday  qilib,  G‘arbiy  Yevropa 

mamlakatlarida  yerga  egalik  qilishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  uning 

ierarxik (pog‘onama-pog‘ona) xarakterida bo‘lib, bu hodisa maxsus shart-

nomalar  (investitura)da  ifodalanadigan  syuzerenitet-vassalitet  munosabat-

larini tug‘dirgan.  

Sharq  mamlakatlarida  bunday  egalik  bo‘lmay,  yer  davlat  mulki 

hisoblanardi.  Yirik  yer  egalari  davlatga  bo‘ysunardilar,  dehqonlar  va  hu-

narmandlar esa bevosita davlatga renta-soliq to‘lardilar. 

Yerga nisbatan davlat mulkchiligining mavjudligi o‘rta asr Sharqida 

davlatning nisbatan markazlashishida muhim omil hisoblangan, lekin XVI-

XVIII asrlarga kelib kapitalistik ishlab chiqarish  munosabatlarining rivoj-

lanishiga to‘siq bo‘lib qolgan. 

Jamiyatning bazisida feodal munosabatlar o‘rin olgach, uning siyosiy 

ustqurmasida  ham  bazisning  xarakterini  ifodalaydigan  o‘zgarishlar  ro‘y 

berdi. 


Feodal  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  taraqqiy  etishi  bilan 

davlatchilik ham rivojlandi. Yevropada bu jarayon asosan quyidagi to‘rtta: 

ilk  feodal  monarxiyasi,  senorlik  monarxiyasi  (feodal  tarqoqlik),  tabaqa-

vakillik  monarxiyasi  va  mutlaq  monarxiya  bosqichlaridan  o‘tdi.  Biroq  bu 

bosqichlarni  hamma  Yevropa  mamlakatlari  bir  vaqtda  va  to‘liq  bosib 

o‘tmadi.  Har  bir  mamlakat  milliy  tarixining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  ham 

ana shundan kelib chiqadi. 

Shuni  ko‘rsatib  o‘tish  joizki,  Sharq  mamlakatlari  o‘z  taraqqiyotida 

bunday  davrlarni  to‘liq  bosib  o‘tmadi.  Ko‘pchilik  olimlar  ko‘rsatishicha, 



 

Sharq  feodal  davlatlari  tashkil  topgan  vaqtidan  boshlaboq  mutlaq  monar-



xiya shaklida bo‘lib, bu davr uzoq davom etdi. 

Feodal jamiyatida va uning siyosiy tashkilotlarida cherkov mafkurasi 

katta rol o‘ynab, dindorlar imtiyozli tabaqa hisoblangan. Sharqiy va G‘ar-

biy  Yevropada  xristianlik,  Osiyoning  bir  qancha  mamlakatlarida  islom, 

Xitoy,  Yaponiyada  konfutsiylik  va  buddizm  hukmron  diniy  mafkura  hi-

soblangan. 

Xristianlik  Yevropada  yagona  din  bo‘lib,  u  kishilarning  butun 

hayotini  o‘ziga  bo‘ysundirgan,  kishilar  tug‘ilganidan  to  vafot  etganlariga 

qadar cherkov nazorati ostida bo‘lganlar. Xristianlik, garchi kambag‘al va 

qullarning  dini  sifatida  vujudga  kelgan  bo‘lsa  ham,  keyinchalik  u  butun 

G‘arbiy Yevropaga yoyildi. 325 yilda xristian cherkovning birinchi sobori 

(yig‘ilishi) chaqirildi. 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlari o‘rta-

sidagi  asriy  nizolar  tugab,  xristianlikda  uzil-kesil  ikkita  cherkov,  ikkita 

mazhab-pravoslaviye  va  katolitsizm  qaror  topdi.  1232  yilda  Rim  papasi 

dahriylarga  oid  ishlarning  barchasini  dominikan-monaxlar  jamoasi  hal 

etishi to‘g‘risida farmoyish chiqardi. 

1252  yilda  endigina  shakllanayotgan  inkvizitsiya  -  cherkov  sudiga 

tergov  qilishda  qiynash  usulini  qo‘llashga  ruxsat  berildi.  Ana  shu  tariqa 

o‘rta  asr  cherkov  inkvizitsiyasi  (sudi)  tashkil  topdi  va u  dahriylik,  folbin-

lik, dindan qaytish, yaqin qon-qarindoshlarning nikohga kirishlari, bevafo-

lik,  yolg‘on  guvohlik,  tuhmat,  hujjatlarni  qalbakilashtirish,  og‘irlik  va 

uzunlik  o‘lchovlarini  soxtalashtirish,  sudxo‘rlik,  shuningdek,  nikoh-oila 

munosabatlaridan  kelib  chiqadigan  barcha  ishlarni  o‘z  sudloviga  oldi. 

Inkvizitsiya  sudi, ayniqsa,  o‘rta  asr  Ispaniyasida  ko‘plab  odamlarni  yoqib 

yuborishga hukm etdi

2



1481  yilda  Ispaniyada  ”ilohiy  tribunal”  tuzildi.  Bosh  inkvizator 

Chorkvemada  faoliyat  ko‘rsatgan  15  yil  ichida  8220  kishi  dahriylikda 

ayblanib, yoqib yuborildi, 89326 kishi boshqa jazolarga hukm qilindi. Vol-

terning  ma’lumotlariga qaraganda,  G‘arbiy Yevropada 100  mingdan ortiq 

kishi  folbinlik,  xudosizlikda  ayblanib  yoqib  yuborildi.  Bularning  ichida 

Fransiyaning  milliy  qahramoni  Janna  D’Ark,  Uyg‘onish  davrining  buyuk 

olimi Jordano Bruno, chex gumanisti Yan Gus va boshqalar bor

3



G‘arbiy Yevropa shaharlari X-XI asrlarda savdo va hunarmandchilik 

markazlariga  aylanadi.  Shaharlar  dastlabki  vaqtlarda  diniy  va  dunyoviy 

feodallar  yerlarida  tashkil  topganligi  uchun  ularga  qaram  edi.  Ko‘p  vaqt 

                                                 

2

 

Qarang: 



Хрестоматия памятников феодального государства и права.-М.:Госюриздат, 1961.-505- bet.

 

3



 

Qarang:


 Анашкин Г.С. Смертная казнь в капиталистических государствах. Историко-правовой очерк.-

М.:Госюриздат, 1971.-25-bet. 

 



 

o‘tmay ular o‘z erkinliklarining siqib qo‘yilishiga qarshi kurash natijasida 



mustaqillikni  qo‘lga  kiritadi  va  ayrimlari  hatto  respublika  shaklidagi  sha-

har-davlatlarga  aylanadi  (Italiyada).  Ayrimlari  o‘zini-o‘zi  boshqarish 

huquqini  qo‘lga  kiritadi  (Angliyada),  ayrimlari  esa  imperiya  erkin 

shaharlari  maqomini  oladi  (Germaniyada).  Shaharlarning  eng  muhim  yu-

tug‘i barcha fuqarolar erkinligining tan olinishi edi. 

«Agar krepostnoy, - deyiladi shahar  yorliqlarida,  - shaharda bir yilu 

bir  kun  yashasa,  shu  vaqt  uning  xo‘jayini  unga  bo‘lgan  egalik  huquqini 

da’vo qilmasa, u ozod hisoblanadi». 

Dvoryanlardan o‘zini himoya qilish hamda shahar soliqlarini tengroq 

taqsimlash  maqsadida  shahar  aholisi  ittifoqlarga  birlasha  boshlaydi.  Hu-

narmandlar  o‘zlarining  sexlarini,  savdogarlar  esa  o‘z  gildiyalarini  tuza-

dilar. O‘rta asr sexlari bir kasbdagi Hunarmandlar ittifoqidir. Har bir sex, 

gildiya  o‘z  ustavi  va  oqsoqoliga,  shuningdek,  sudiga  ega  edi.  Sexlarning 

tuzilishi  feodalizmning  qonuniy  natijasidir.  Shuning  uchun  ham  sexlar 

faqat  G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlaridagina  emas,  Yaponiya,  Xitoy,  O‘rta 

Osiyoda ham o‘ziga xos ko‘rinishlarda uchraydi. 

Yevropada  XVI  asrga  kelib  feodalizmning  inqirozi  belgilari  na-

moyon bo‘la boshlaydi. Antifeodal inqiloblarning yaqinlashishi bilan dav-

lat va huquq tizimining yangi demokratik tamoyillarini asoslovchi va bun-

da  ko‘pincha  antik  demokratiya  tajribasini  misol  tariqasida  ko‘rsatuvchi 

siyosiy-huquqiy ta’limotlar rivojlandi. 

G‘arbiy Yevropa mamlakatlari davlatlarining rivojlanishi bilan birga 

ularning  huquqiy  tizimlari  ham  rivojlanib  bordi.  Feodal  tarqoqlik  davrida 

bu  jarayonning  muhim  belgisi  huquq  «partikulyarizmi”

4

,  ya’ni  butun 



mamlakat  uchun  yagona  huquqning  yo‘qligi  edi.  Huquq  ”partikul-

yarizmi”ning  bartaraf  etilishi,  ayniqsa,  tabaqa-vakillik  monarxiyasi  davri-

dan boshlab jadallashdi. G‘arbiy Yevropaning qit’a qismi  mamlakatlarida 

huquq shakllarining o‘zaro yaqinlashuvi yuz beradi. Angliya feodal huquqi 

alohida,  mustaqil  holda  rivojlanib  bordi.  Shu  tariqa,  tez  orada  G‘arbiy 

Yevropa  huquqi  ikkiga:  ingliz-sakson  huquqi  va  qit’a  huquqiga  ajralishi 

belgilari namoyon bo‘la boshladi. 

Sharqda  o‘rta  asrlardagi  yirik  mamlakatlarning  feodal  davlati  va 

huquqi  tarixi  boshqacharoq  bo‘lgan.  Bu  yerda  asosan  kuchli  byurokratik 

davlat  apparatiga  asoslangan  despotik  boshqaruv  shakli  saqlanib  qoldi. 

Monarx hokimiyatini amalga oshirishdagi ba’zi milliy farqlar asosan uning 

                                                 

4

 


Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish