O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/31
Sana01.01.2022
Hajmi2,91 Mb.
#291542
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar tarixi va burchi. Haydarali Muhammedov II qism

qonuniy  egalik

  va 


g‘ayriqonuniy  egalikka 

bo‘lindi.  Qonuniy  egalik  turli  vositalar  bilan 

himoya qilindi. Boshqa davlatlarning fuqarolariga, boshqa millatdoshlarga, 

pravoslav  bo‘lmaganlarga,  ayollarga,  dehqonlar  va  shaharliklarga  mulkka 

egalik qilishda qator cheklashlar o‘rnatildi. 

Birinchi marta imperiya qonunlarida mulk huquqiga to‘la ta’rif beril-

gan  edi.  420-moddada  mulk  huquqi  deganda  fuqarolik  qonunlari  tomoni-

dan  belgilangan  usulda,  hech  qanday  shaxsning  aralashuvisiz  amalga 

oshiriladigan abadiy va nasldan-naslga o‘tuvchi tasarruf etish, foydalanish 

va mulk ustidan buyruq berish vakolatlari tushuniladi, deb ko‘rsatilgan. 

Qonunlar  to‘plamida  shartnomalardan  kelib  chiqadigan  va  birovga 

zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bir-biridan ajratib beril-

di. Qonunlar to‘plamida shartnomalarni tuzish shartlari, shakllari va ularni 

bekor  qilish  usullari  ham  aniq  belgilandi.  Qonunlar  yig‘indisi  shartnoma-

larning: ayirboshlash, oldi-sotdi, oldi-sotdi qilish haqida shartnoma tuzish, 

mulk ijarasi, pudrat, yetkazib berish, qarz, shirkat, sug‘urta, shaxsiy ijara, 

vakolat shartnomalari singari turlarini ko‘rsatdi.  

Qonunlar  to‘plamiga  ko‘ra,  faqat  cherkovda  tuzilgan  nikoh  qonuniy 

hisoblangan.  Nikoh  yoshi  erkaklar  uchun  -  18  yosh,  ayollar  uchun  -  16 

yosh  qilib  belgilandi.  Boshqa  dindagilar  bilan  nikohga  kirish  mumkin 

emasdi.  Ajralish  shartlari  ilgarigidek  saqlanib  qoldi.  Er-xotinning  mulkiy 

munosabatlari  quyidagicha  belgilandi:  nikohgacha  bo‘lgan  er-xotinning 

mulki ularning o‘zlarida saqlanib qoldi, vorislik huquqi asosida yoki shart-

nomalar  bo‘yicha  keladigan  mulklar  ham  erning  yoki  xotinning  o‘z 

xususiy  mulki  hisoblandi,  er  bilan  xotining  o‘zaro  turli  shartnomalar 

tuzishiga yo‘l qo‘yildi. 

Cherkovda  qayd  etilmagan  nikohdan  bo‘lgan  bolalar  qonunsiz  deb 

hisoblanib,  hamma  mulkiy  huquqlardan  mahrum  etildi.  Oilada  otaning 

hukmronligi belgilandi. Meros huquqi sohasida qonuniy va vasiyat bo‘yi-

cha  vorislik  saqlanib  qoldi.  Aqldan  ozgan  va  o‘zini-o‘zi  o‘ldirganlarning 

vasiyati  haqiqiy  emas  deb  topildi.  Vasiyatnomani  uch  kishi  guvohligida 

tuzish va uni notarial guvohlantirish belgilandi. Lekin harbiy sharoitlarda, 

chet  el  mehmonxonalarida  tuzilgan  vasiyatnomalar  qaysi  shaklda  tuzilga-

niga qaramay qonuniy deb hisoblandi. Qonuniy vorislar: o‘g‘illar va neva-

ralar, ular bo‘lmasa qizlar va qiz nevaralar, ular ham bo‘lmasa, aka-ukalar 

va jiyanlar, ular ham bo‘lmasa, opa-singillar va ularning nasllariga o‘tishi 

tartibida bo‘ldi. Ular ham bo‘lmasa ota-onalar taklif qilinardi. 



 

319 


Agar  10  yil  ichida  merosxo‘r  topilmasa,  mulk  vorissiz  deb  hisobla-

nib, u davlatga yoki, agar o‘lgan dvoryanin bo‘lsa, guberna dvoryanlariga 

o‘tadigan bo‘ldi. 

Jinoyat  huquqi. 

Qonunlar  to‘plami  birinchi  kitobining  XV  tomi 

jinoyat  huquqi  normalariga  bag‘ishlandi.  Kitob  11  ta  bo‘limdan  iborat 

bo‘lib,  bo‘limlar,  boblarga,  boblar  moddalarga  ajratilgan  edi.  Unda  ham-

masi  bo‘lib  765  ta  modda  mavjud.  Ushbu  kitobda  jinoyat  huquqining 

umumiy va maxsus qismlari birinchi marta ajratib berildi. 

Qonunlar  to‘plamining  XV  tomi  rus  jinoyat  huquqining  rivojlani-

shida  va  tizimlashtirilishida  muhim  o‘rin  tutgan.  Biroq  shunga  qaramay, 

unda  ko‘pgina  bir-biriga  to‘g‘ri  kelmaydigan  va  qarama-qarshi  normalar 

mavjud  edi.  Shuning  uchun  jinoyat  huquqining  yangidan  kodifikatsiya 

qilish  ishlari  boshlangan.  Bunga  rahbarlik  qilish  M.M.Speranskiyga 

topshirilgan  edi.  Lekin  yangi  jinoyat  kodeksini  tayyorlash  bo‘yicha  ishlar 

uning o‘limidan keyin nihoyasiga yetkazildi. 

Maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan Jinoyat kodeksining yan-

gi  loyihasi  Davlat  kengashiga  taqdim  etildi.  Davlat  kengashi  uni  ko‘rib 

chiqib  ma'qulladi.  Shundan  so‘ng  loyiha  1845  yilda  imperator  tomonidan 

tasdiqlandi va 1846 yildan kuchga kiritildi. Yangi kodeks «Jinoiy va axloq 

tuzatish jazolari haqidagi qonunnoma» degan nom oldi. Qonunnoma bo‘l-

imlarga, bo‘limlar - boblarga, boblar esa  moddalarga bo‘lingan edi. Ba’zi 

boblar alohida qismlarga ham ajratilgandi. U jami 2224 ta moddadan ibo-

rat edi. Bu esa 1832 yilgi qonunlarning moddalariga nisbatan uch baravar 

ko‘p deganidir. 

Qonunnoma  umumiy  qismga  oid  normalarni  belgilashdan  boshlana-

di. Jinoyat tushunchasi Qonunlar to‘plamidan olingan bo‘lib, ancha keng-

roq  ta’riflandi.  Qonunnomada  «jinoyat»  va  «nojo‘ya  xatti-harakat»  (ayb, 

xato) tushunchalari o‘rtasidagi aniq farqlar ko‘rsatilmagan. Uning 4-mod-

dasida  shunday  deyiladi:  «Avvalo  jinoyat  yoki  axloq  tuzatish  jazolari 

buyurilgan  qonunga  xilof  xatti-harakat  jinoyat  yoki  ayb  deb  e’tirof  etila-

di».  Javobgarlikka  tortish  muddati  faqat  jinoyatlar  uchun  belgilandi.  Qo-

nunnomada  ayb  shakllari,  jinoyatni  sodir  etish  bosqichlari,  ishtirokchilik 

turlari, aybni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi, jinoiy javobgarlikni 

bekor  qiluvchi  holatlar  o‘rnatildi.  Jinoiy  javobgarlik  7  yoshdan  kelib  chi-

qishi mumkin edi. Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmasdi. Qonunnoma 

Rossiyaning barcha fuqarolari uchun majburiy edi. Undan ruhoniylar sudi 

va  harbiy  sudlar  sudlovligiga  taalluqli  ishlar  ajratildi.  Diplomatik 

immunitetga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari ham Rossiya davlatida sodir 

qilgan jinoyatlari uchun Qonunnomaga asosan sud qilindi. 




 

320 


Qonunnoma  bo‘yicha  jinoyatlar  tizimi  ancha  murakkab  edi.  Eng 

avvalo  an’anaviy  tarzda  dinga  qarshi  jinoyatlar  haqidagi  normalar 

belgilangandi.  Davlatga  qarshi  qaratilgan  jinoyatlarga  ko‘proq  o‘rin 

ajratilgandi.  Bunda  imperatorni  ag‘darib  tashlashga  suiqasd  qilish, 

kirishish va hatto bu haqda o‘ylash uchun og‘ir jazo - barcha huquqlardan 

mahrum  qilish  va  o‘limga  mahkum  etish  belgilandi.  «Isyonga  qo‘zg‘ash» 

maqsadida  yozma  va  nashr  qilingan  asarlarni  tuzish  va  tarqatish  uchun 

barcha  huquqlardan  mahrum  qilish  va  8  yildan  10  yilgacha  muddatga 

katorga ishlariga surgun qilish jazosi nazarda tutildi. Bunda tan jazolaridan 

ozod qilinmagan shaxslarga qo‘shimcha 50 tadan 60 tagacha qamchi bilan 

urish va tamg‘a bosish tayinlanardi. 

Qonunnomada  boshqarish  tartibiga  qarshi  qaratilgan  jinoyatlarga, 

mansabdorlik  jinoyatlariga  maxsus  bo‘limlar  bag‘ishlangan  edi.  Unda 

yangi  moddalar  va  hatto  «Fabrika  va  zavod  kishilarining  bo‘ysunmasligi 

haqida»gi  maxsus  qism  paydo  bo‘ldi.  Ayniqsa,  ishchilarining  uyushgan 

tarzdagi  norozilik  chiqishlari  qattiq  jazolanardi.  Fabrika  va  zavod 

kishilarining  fabrika  yoki  zavod  egalariga  yoki  boshqaruvchilariga 

ochiqdan-ochiq  bo‘ysunmasligi  hokimiyatga  qarshi  qo‘zg‘olon  sifatida 

ko‘rsatilib,buning  uchun  o‘lim  jazosi  belgilangan  edi.  Ish  tashlashda 

qatnashganlarga  ham  jazolar  nazarda  tutilgandi.  Bunda  ish  tashlashni 

«boshlab berganlar»ga uch haftadan uch oygacha, «boshqalar»ga esa yetti 

kundan uch haftagacha qamoq jazosi berilardi. 

Qonunnomaning «Mol-mulklar haqidagi qonunlarga qarshi jinoyatlar 

va  xatti-harakatlar  to‘g‘risida»gi  bo‘limida  jamiyatning  tabaqaviy  bo‘li-

nishi qo‘riqlanib va mustahkamlanib, tabaqaviy huquq va imtiyozlarni hi-

moya qilish nazarda tutiladi. Qonunnomaga asosan har kimning muayyan 

tabaqaga  mansubligini  yashirganligi  uchun  jinoiy  javobgarlik  kelib 

chiqadi. Bunda aybdor shaxslar barcha mulkiy huquqlardan mahrum qilin-

ib,  Sibirga  surgun  qilinardi,  agar  tan  jazolaridan  ozod  qilinmagan  bo‘sa, 

qo‘shimcha  tarzda  10  tadan  20  tagacha  qamchi  bilan  urilardi.  Mazkur 

bo‘limda  «Krepostnoy  kishilarning  o‘z  xo‘jayinlariga  qarshi  jinoyatlari 

haqida»  maxsus  qism  mavjud  edi.  Krepostnoy  dehqonlarning  o‘z 

xo‘jayinlariga  qarshi  bosh  ko‘tarib  chiqishlari  hukumatga  qarshi 

qo‘zg‘olonga  tenglashtirildi.  Qanday  tarzda  bo‘lmasin,  pomeshchikka 

bo‘ysunmagan krepostnoy dehqonlar xivich bilan 20 tadan 50 tagacha, o‘z 

pomeshchiklari ustidan shikoyat qilgan krepostnoy dehqonlar xivich bilan 

50  tagacha  savalanardilar.  Dehqon  o‘z  egasining  ruxsatisiz  boshqa 

xo‘jayinga  yoki  «boshqa  holatga»  o‘tsa,  30  tadan  60  tagacha  savalanishi 

mumkin edi. 



 

321 


Qonunnomaning  maxsus  bo‘limida  shaxs  hayoti,  sog‘ligi,  erkinligi 

va sha’niga qarshi jinoyatlarga taalluqli normalar belgilangan edi. Qasddan 

odam  o‘ldirganlik  uchun  barcha  mulkiy  huquqlardan  mahrum  qilish  va 

umrbod  yoki  uzoq  muddatga  katorga  ishlariga  surgun  qilish  jazosi 

tayinlanardi. 

Qonunnomaning katta bo‘limi mulkka qarshi jinoyatlarga bag‘ishlan-

gan edi. Birovning ko‘chmas mulkini (yer, uy va boshqalarni) zo‘rlik yo‘li 

bilan egallab olishlik uchun barcha mulkiy huquqlardan muhrum qilish va 

Sibirga surgun qilish jazosi berilardi. Birovning turar-joy binosiga qasddan 

o‘t  qo‘yuvchilar  ham  barcha  mulkiy  huquqlaridan  mahrum  qilinib,  8  yil-

dan  10  yilgacha  katorga  ishlariga  jo‘natilishi  mumkin  edi.  Agar  bino 

cherkovga, imperatorga yoki imperator xonadoni a’zolariga tegishli bo‘lsa, 

jazo  og‘irlashtirilardi.  Bosqinchilik,  talonchilik  (qaroqchilik)  jinoyatiga 

barcha  mulkiy  huquqlardan  mahrum  qilish  va  umrbod  yoki  uzoq  mud-

datlarga  qal'alarda,  zavodlarda,  konlarda  katorga  ishlariga  surgun  qilish 

jazosi tayinlanardi. 

O‘g‘irlik  uchun,  jinoyatni  sodir  etish  holatiga  qarab,  surgun,  uy 

ishlariga qamash, mahbusning axloq tuzatish rotalariga jo‘natish va xivich 

bilan  savalash  jazolari  tayinlanardi.  Qonunnomada  jazolarning  ancha 

murakkab tizimi joriy qilinadi. Barcha jazolar ikki darajaga: jinoiy jazolar 

va  axloq  tuzatish  jazolariga  bo‘linadi.  Ikkala  darajadagi  jazolar  o‘z 

navbatida  bir  necha  turlar  va  darajalarga  bo‘lingan.  O‘ziga  xos  «jazolar 

zinapoyasi» tashkil etilgan edi. 

Jinoiy  jazolarga  barcha  mulkiy  huquqlardan  mahrum  etish,  o‘lim 

jazosi,  katorga  ishlari,  Sibir  yoki  Kavkaz  ortiga  surgun  qilish,  tan 

jazolaridan ozod qilinmagan shaxslarga qamchi bilan urish kabilar kiradi. 

Katorga  ishlariga  mahkum  qilinganlarga  tamg‘a  bosilardi.  Ularning 

peshona  yoki  bet  (yuz)lariga  «kat»  (katorgadagi,  surgundagi)  degan  so‘z 

tamg‘alanardi. 

Ba’zi  mulkiy  huquqlardan  mahrum  etish  jazosi  -  ma’lum  tabaqaga 

taalluqliligi  bilan  bog‘liq  barcha  imtiyozlarning  yo‘qotilishi,  er-xotinlik 

munosabatlarining  tugatilishi,  mulkiy  huquqlardan  mahrum  qilinishi  (u 

merosxo‘rlarga  o‘tkazilgan),  ota-onalik  huquqlaridan  mahrum  qilinishi 

degani  edi.  Axloq  tuzatish  jazolariga:  surgun,  mahbuslarning  axloq 

tuzatish  rotalariga  jo‘natish,  qal'aga,  turmaga  qamash,  majburiy  aqlini 

kirgizadigan  yoki  uy  ishlariga  jalb  qilish,  qisqa  muddatli  qamoq,  sud 

ishtirokida  hayfsan  berish,  jarimalar  kirdi.  Bu  jazolarga  odatda  tan 

jazolaridan  ozod  qilinmagan  shaxslarga  xivich  bilan  urish  qo‘shib 

berilardi. 



 

322 


Qonunnomada  tabaqaviy  imtiyozlar  ham  o‘z  ifodasini  topgan  edi. 

Masalan,  turma  ma’muriyati  faqat  «meshchanlar  va  dehqonlarni» 

ishlashga  majburlashi  mumkin  edi,  boshqa  tabaqadagilarga  esa  o‘z 

xohishiga  qarab  ish  berishi  lozim  edi.  Qisqa  muddatga  qamoqqa  olingan 

dvoryanlar  va  chinovniklar  bu  jazoni  uyda  o‘tashlari  mumkin  bo‘lsa, 

boshqalar  esa  faqat  politsiya  idoralarida  o‘tashlari  kerak  edi.  Dvoryanlar, 

ruhoniylar,  faxriy  fuqarolar,  birinchi  va  ikkinchi  gildiyadagi  savdogarlar, 

boshqa xalqlarning hukmron tabaqalari (yer egalari) tamg‘a bosish, kishan 

solish  (zanjirband  qilish),  qamchi,  xivich,  kaltak,  tayoq  bilan  savalash 

jazolaridan ozod qilingandi. 

Sud  jarayoni 

bu  davrda  asosan  inkvizitsiya  (qiynash,  azoblash)ga 

oid  shafqatsizligi  bilan  ajralib  turgan.  To‘g‘ri,  1801  yilgi  Farmon  bilan 

tergov  ishlarini  yuritishda  qiynoqlardan  foydalanish  taqiqlangandi.  Lekin 

amaliyotda ular keng qo‘llanilardi. Qonunlar to‘plamida jinoyat jarayoniga 

katta e’tibor berilardi. Uning ikkinchi kitobi XV tomining 800 tadan ortiq 

moddalari jinoyat jarayoniga bag‘ishlangandi. 

Kodeksda  politsiyaga  hal  qiluvchi  o‘rin  ajratilgan  edi.  Politsiyaga 

tergov va hukmni ijro etish topshirilgan edi. Tergovning o‘zi dastlabki va 

rasmiy  tergovga  bo‘lingan.  Ish  alohida  shaxslarning  chaquvi,  shikoyati 

bo‘yicha yoki prokuror, sud nazoratchilari (stryapchiy) yoki politsiyaning 

tashabbusi  bo‘yicha  boshlanardi.  Prokurorlar  va  sud  nazoratchilari  tergov 

ustidan nazoratni amalga oshirardilar. 

Tergov  tugagach,  ish  sudga  yuborilgan.  Sud  tergovi  sud 

muhokamasining  bir  qismi  sifatida  mavjud  emas  edi.  Ishni  tuzilgan 

«yozuvlar»  asosida  sud  a’zolaridan  biri  yoki  kotib  o‘qib  eshittirardi. 

Qonun 

bo‘yicha, 



guvohlar 

va 


ekspertlar 

sudga 


chaqirilmasdi. 

Ayblanuvchining  o‘zi  ham  sudga  faqat  tergovda  unga  nisbatan  ruxsat 

etilmagan  usullar  qo‘llanilganligini  aniqlash  uchun  chaqirilardi.  U 

jarayonning subyekti emas, obyekti hisoblanardi. 

Qonunlar  to‘plami  1716  yilgi  «Jarayonlar  yoki  sudlashuvlarning 

qisqacha tasviri»da belgilangan rasmiy dalillar tizimini mustahkamlagandi. 

Dalillar  mukammal  va  mukammal  bo‘lmagan  dalillarga  bo‘linadi. 

Mukammal  dalillarga:  ayblanuvchining  iqror  bo‘lishi;  yozma  dalillar; 

tibbiy  ekspertiza  xulosasi;  ikkita  guvoh  ko‘rsatmasi  kiritildi.  Qonun 

ayblanuvchining  aybini  suddan  tashqari  guvohlar  oldida  tan  olganligi; 

ularga  nisbatan  begona  shaxslarning  tuhmati;  yalpi  tintuv;  bitta  guvoh 

ko‘rsatmasi;  jinoyat  belgilari  kabilarni  mukammal  bo‘lmagan  dalillar  deb 

hisoblaydi. 



 

323 


Og‘ir  jinoyatlar  bo‘yicha  birinchi  instantsiya  sudi  o‘z  «fikr-

mulohazalarini» tuzardi va uni jinoiy sud palatasiga hukm chiqarish uchun 

taqdim  etardi.  Hukmlar  mustahkam  emasdi.  Ular  ko‘pincha  qonunning 

o‘zida  ko‘rsatilganidek,  jumladan,  mahkumlarning  shikoyatlari  bo‘yicha 

yuqori  sudlar  tomonidan  reviziya  tartibida  qayta  ko‘rib  chiqilardi.  Tan 

jazolaridan  ozod  qilingan  shaxslar  faqat  tan  jazolarini  qo‘llash  nazarda 

tutilgan  hukm  ijro  etilganidan  so‘ng  shikoyat  qilishlari  mumkin  edi. 

Shikoyatlar  asossiz  bo‘lsa,  shikoyatchi  yana  tan  jazosiga  yoki  turma 

qamog‘iga tortilardi. 

Ish  bo‘yicha  dalillar  yetarli  bo‘lmasa,  sud  ayblanuvchi  yoki  oqlovchi 

hukm  chiqarmasdi.  Bunday  holda  sudlanuvchi  shubha  ostida  qoldirilgan 

(gumondor  deb  topilgan).  Agar  dehqon  yoki  meshchan  shunday  gumondor 

deb  topilsa,  mahalliy  jamoalar  hukmi  bilan  Sibirga  majburan  ko‘chirilgan. 

Rasmiy  ma’lumotlarning  guvohlik  berishicha,  sudlar  aksariyat  jinoiy  ishlar 

bo‘yicha  ayblanuvchilarni  shubha  (gumon)  ostida  qoldirish  haqida  qarorlar 

qabul qilganlar. 

Qonunlar  to‘plamining  davlat  uchun  juda  xavfli  bo‘lgan  jinoyatlar 

bo‘yicha  sud  ishlarini  yuritish  haqidagi  bo‘limida  davlatga,  dinga  qarshi 

jinoyatlarning  ko‘rib  chiqilishi  tartibi  belgilandi.  Uning  1241-moddasida 

ko‘rsatilishicha, yuqoridagi ishlar zudlik bilan «hech qanday kechiktirmas-

dan»  ko‘rib  chiqilishi  lozim  edi.  Bunday  ishlarni  ko‘rib  hal  qilish  uchun 

podsho farmoni bilan maxsus oliy jinoiy sudlar tuzilishi mumkin edi. Sud-

ning tarkibi ham shaxsan podshoning o‘zi tomonidan belgilanardi. Bu oliy 

jinoiy  sud  bevosita  imperatorning  nazorati  ostida  sud  ishlarini  ko‘rib  hal 

qiladi. Jumladan, dekabristlar ustidan sud bunga yorqin misol bo‘la oladi. 

Dehqonlarning o‘z pomeshchiklariga qarshi bosh ko‘tarib chiqishlari 

va uni bostirish uchun yuborilgan harbiy qismlarga qarshilik ko‘rsatishlari 

to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning maxsus tartibi mavjud edi. Ularni 

harbiy sud ko‘rib hal etardi. Bunday sudning hukmi gubernator yoki ichki 

ishlar  ministri  tomonidan  tasdiqlangandan  keyin  darhol  ijro  qilinardi. 

«Kam  ahamiyatli  jinoyatlar»  (20  so‘mgacha  miqdordagi  o‘g‘rilik,  engil 

urish-kaltaklash,  ichkilikbozlik  va  boshqalar)  haqidagi  ishlar  politsiya 

chinovniklari tomonidan qisqartirilgan tartibda ko‘rib hal etilardi. 

Pomeshchiklar kam ahamiyatli jinoyatlar bo‘yicha o‘z krepostnoy deh-

qonlari ustidan sud qilish huquqiga ega edilar. Sudlarda poraxo‘rlik kuchay-

gandi.  Sudyalarning  ma’lumoti  darajasi  juda  past  edi.  Sansolor-liklar  avjiga 

chiqqandi.  Ba’zi  ishlarni  ko‘rish  yillab,  o‘n  yillab  cho‘zilib  ketardi.  Jum-

ladan,  1844  yilda  uyezd  sudi  tomonidan  115  ming  so‘m  miqdorda  moneta 

o‘g‘irligi  bo‘yicha  ish  ko‘rish  boshlanib,  u  1865  yilgacha  davom  etgan  va 

sud islohotidan keyin tugatilgan edi

.  



 

324 


IKKINCHI BO‘LIM  

 


Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish