O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”



Download 1,08 Mb.
bet24/67
Sana01.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#726405
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq k

Nazorat uchun savollar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining tuzilishi qanday?

  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosiy mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari?

  3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qachon qabul qilingan?

  4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini ishlab chiqishda qaysi davlatlar konstitutsiyalarining tajribasidan foydalanilgan?



Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.


15 - MAVZU: 10 DEKABR-O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN.


Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining paydo bo‘lishi.
2.10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

Serquyosh va hur bu Vatanda tug‘ilmoq – baxt, unga munosib bo‘lmoq – burch, olamni mahliyo aylagan diyorimiz shuhratini yuksaltirmoq – sharaf. Bunday buyuk maqsad yo‘lida ulug‘ ajdodlarimizning mardona ruhi hamisha yor bo‘ladi, erkin va yosh avlodlar qanot bag‘ishlaydi.


Har tong davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yangi kunni qarshilar ekanmiz, qalbimizdan ana shunday yorug‘ tuyg‘ular o‘tishi va u bizga kun bo‘yi quvvat, ishonch, g‘urur bag‘ishlashi tabiiy. Zotan, dunyoda qo‘shiqlar ko‘p, ammo xalqni birlashtiradigan qo‘shiq – madhiyadir. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1992 yil 10 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir.
Bugun milliy madhiyamizning muazzam sadolari davlatimiz rahbarining turli mamlakatlarga rasmiy tashriflari chog‘ida, O‘zbekistonga kelgan xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish marosimlarida, yurtimizda o‘tayotgan umumxalq bayramlarida, yirik xalqaro anjumanlar, tinchlik va do‘stlik kelishuvlarida, sport musobaqalarida va sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda eng baland shohsupaga ko‘tarilgan paytida yangraydi. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri, O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamiz xalqimizning asriy orzu-armonlari, kelajakka yorug‘ umidi va mustahkam ishonchini o‘zida mujassam etgan. Serquyosh – yurtimizdagi betakror iqlim va tanlangan taraqqiyotning yorug‘ yo‘li, hur – milliy mustaqillik va rivojlanish, haqsevar – Vatanimiz tabarrukligi va adolat tantanasi, olamni mahliyo aylaganlik – boy o‘tmish va go‘zallik, yuksak salohiyat va qudrat ifodalaridir. Yurtimizning elga baxt va najot bo‘lishi – milliy hamjihatlikdagi taraqqiyotni, do‘stlarga yo‘ldosh va mehribonligi – xalqaro hamjamiyatga faol integratsiyalashuv jarayonida hamisha tinchlik va farovonlik tarafdori ekanini anglatadi.
Jahonda to abad ilmu fan, ijod yashnar ekan, Vatanimiz shuhrati ham mangu porlashi – ulug‘ ajdodlarimizdan meros buyuk intellektning avlodlar osha abadiy yashashi va amalda o‘zini namoyon etaverishidir. Madhiyamizda ajdodlarimiz – mardona ruh egasi, avlodlar – erkin va yosh qanot tarzida ta’riflangani ulug‘ xalq qudratining milliy negizini yanada oydinroq ifodalaydi. Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni – hayotimizni barhayot, umrzoq va bizni hamisha saodatga eltuvchi milliy mezonlar asosiga qurganimizni, o‘zimiz tanlagan yo‘ldan hech qachon ortga qaytmasligimizni, bu yo‘lda istiqlol mash’ala va tinchlik posboni bo‘lishidir. Bu quyma so‘zlar sohir musiqa bilan birlashib taralganda, o‘zini shu Vatanga va xalqqa mansub bilgan kishi borki, o‘zida bir cho‘ng tuyg‘uni sezadi, jarangdor ruh va ichki ohangdorlikdan quvvat olib, el-yurt ravnaqiga hissa qo‘shishga ahdlanadi.
Insonni kamolotga chorlaydigan ezgu ta’limotlar bilan yovuzlikka undaydigan zararli g‘oyalar o‘rtasidagi azaliy kurash yanada keskinlashgan bugungidek murakkab globallashuv sharoitida o‘z manfaatimizni Vatan oldidagi burchimiz bilan birlashtirish, yon-atrofimizdagi har bir voqea-hodisaga daxldorlik hissi bilan yashash, eng muhimi, yoshlarimizni komil insonlar etib tarbiyalash – har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega. Bu yo‘lda davlatimiz madhiyasi muhim tarbiya vositasidir. Zotan, xalqimizning bosh qo‘shig‘i o‘zimizga ona suti, allasi va ulug‘ ajdodlarimiz o‘giti bilan kirgan bemisl milliy qudrat, yuksak intellekt, mustahkam irodani eslatib turadi.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish