O’zbekiston Respublikasi davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda to’la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda


Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi



Download 1,82 Mb.
bet82/158
Sana25.06.2022
Hajmi1,82 Mb.
#702223
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158
Bog'liq
in

Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bog’liq bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmat ko’rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarni qamrab oladi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini etarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo’jaliklar o’z erida yoki ijaraga olingan erda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Fermer xo’jaliklari mustaqil tuzilma bo’lish sababli o’z faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo’jaligining yashovchanligini ta’minlaydi.
Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Agrofirma ma’lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir.
Agrofirmalar ham qishloq xo’jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir necha xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, etkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir.


III - b o’ l i m
Milliy iqtisodiyot (maKroiqtisodIYoT)ning amal qilish va rivojlanish qonuniyatlari
13-BOB. YaLPI IChKI MAHSULOT VA MILLIY DAROMAD.
REJA:
1.Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.
2.Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari.
Mazkur mavzudan boshlab iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, ularning harakat shakllari va tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni yoritiladi. Milliy hisoblar tizimi hamda uning asosiy ko’rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi.

1. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.


Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o’rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo’jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo’ladi.
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig’imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning er maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot– bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy funktsional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;
5) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o’stirishga yo’naltirish;
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai bo’lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o’sishi ekanligini tushunish.
Ko’pgina mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko’rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig’idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.
Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpiichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
Bu ko’rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko’rsatish sohalaridagi barcha xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 7,8 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi qariyb 6,6 foiz, qurilish-pudrat ishlari – 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,4 foizga, xizmatlar – 12,5 foizga oshdi.
Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlandi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi.
Ijobiy tarkibiy o’zgartirishlar va iqtisodiyotning yuqori o’sish sur'atlari tufayli aholining real daromadlari 11 foizga oshdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 foizga, pensiya va ijtimoiy nafaqalar – 12,1 foizga, aholi jon boshiga real daromadlar – 11 foizga o’sdi
Mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat’iy va izchil tus olgani, odamlarimiz o’zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo’layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg’usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko’rish, anglash qiyin emas.”



Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish