O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi 1-sonli toshkent akademik litseyi



Download 2,32 Mb.
bet3/43
Sana27.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#412904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
YANGI O‘ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK o‘zb guruhlar uchun



milliy bayramlarni,milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.


YANGI O‘ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK
(Mustaqillik darsi)

Mustaqillik – bu, eng avvalo, xalqning o‘z taqdirini o‘zi hal etishi, kelajagini o‘z qo‘li bilan qurishi, mamlakatda mavjud boyliklardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishi huquqidir. Mustaqillik – xalq uchun muqaddas hisoblangan maʼnaviy qadriyatlar va anʼanalarga tayanib yashash imkoniyati. Mustaqillik – O‘zbekistonning demokratik islohotlar sari tutgan yo‘li.


«... Respublikamizning Birinchi prezidenti Islom Karimovning ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda «O‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz – bu gul bilan qoplangan yo‘l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir», deb aytgan so‘zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy maʼno borligini yana bir bor anglaymiz»[1].



[1] Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent.: O‘zbekiston, 2011. – B. 28.

  • Islom Karimov o‘zining bevosita rahbarligi ostida demokratik rivojlanish yo‘lida quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

  • ocharchilik xavfi bartaraf etildi;

  • iqtisodiyotning halokatli inqiroziga chek qo‘yildi, inflyatsiyaning tezkorlik bilan o‘sishi to‘xtatildi;

  • elektr energiyasi va g‘alla mustaqilligiga erishildi;

  • milliy davlatchilikka poydevor qo‘yildi;

  • besh tamoyilga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos modeli yaratildi: iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruvi va kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiyasi tayyorlanib, qabul qilindi;

  • davlat hokimiyati mahalliy organlarining yangi tizimi shakllantirildi, uning o‘zagini hokimlar instituti tashkil etadi, bunda joylardagi ijroiya hamda vakillik hokimiyati rahbarining vazifalari birlashtirildi;

  • fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish mahalliy organlari shakllantirildi, ularning asosini fuqarolar yig‘ini – mahallalar tashkil etadi;

  • bozor infratuzilmasi, mutlaqo yangi bank va moliya tizimi yaratildi;

  • ijtimoiy sohada aholini mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari – mahallalar orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning manzilli tizimi yuzaga keltirildi;

  • Konstitutsiya asosida hokimiyatning boshqa tarmoqlaridan alohida va mustaqil bo‘lgan Respublikaning sud tizimi shakllandi;

  • qisqa muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini, chegaralari daxlsizligini himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy xavfsizlik tizimi, chegara va ichki qo‘shinlar, zamonaviy Qurolli Kuchlar yuzaga keltirildi, ular isloh qilindi;

  • aholi ongida tub yangilanishlar sodir bo‘ldi, kishilarning mafkurasi, dunyoqarashi o‘zgardi;

  • xalqning maʼnaviy qadriyatlariga, anʼana va urf-odatlariga, tarixiy merosimizga ehtirom bilan qarash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi;

  • davlat hokimiyati organlari tizimidagi asosiy o‘rinni, O‘zbekiston siyosiy tizimining negizini O‘zbekiston tarixida ilk bor joriy qilingan Respublika Prezidenti lavozimi egalladi. Prezident hokimiyati vertikalida davlat boshlig‘i sifatidagi Prezidentning vakolatlari jamlangan bo‘lib, u O‘zbekiston davlatchiligining yangi binosidagi asosiy ustunga, jamiyat barqarorligi kafolatiga, O‘zbekistonning islohotlar yo‘lidan muvaffaqiyatli ilgarilab borishini taʼminlovchi omilga aylandi;

  • fuqarolarning o‘z xohish-irodalarini erkin ifoda etishlarini taʼminlovchi saylov tizimi shakllantirildi va qonunlar bilan mustahkamlandi; Konstitutsiyada ko‘rsatilgan muddatlarda ko‘ppartiyaviylik asosida Parlamentga, joylardagi vakillik organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ochiq demokratik saylovlar o‘tkaziladi;

  • xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘-eʼtibori, mavqei oshirildi;

  • umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda anʼanalar negiziga qurilgan milliy g‘oya asoslari shakllantirildi va u ijtimoiy ongda mustahkamlandi;

  • mamlakatda tinchlik, barqarorlik, turli millatdagi fuqarolar orasida totuvlik o‘rnatildi va saqlanib qolishi yo‘lida ulkan xizmatlar qilindi;

  • diplomatik korpus, xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi shakllantirildi.

  • Islom Karimov Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi va amaliyotga tatbiq etilishi g‘oyasini bevosita muallifi hamda tashabbuskori hisoblanadi.

  • Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil ravishda, bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni amalga oshirilyapti.

  • Jamiyatni demokratik qayta qurishning chuqurlashtirilishi – oliy qonunchilik organining ikki palatali Oliy Majlisga aylantirilishidan iborat bo‘ldi.

  • Siyosiy partiyalar faoliyatisiz demokratiyaning rivojlanishi mumkin emas.

  • Ko‘ppartiyaviylik haqiqat bo‘lib qoldi.

  • Nodavlat notijorat tashkilotlari, ko‘plab fuqarolarning jamoat birlashmalari ro‘yxatga olindi. Fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari amal qilmoqda.

  • Markaziy hokimiyat organlarining qator vakolatlari, vazifalarini eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarning hal etilishini izchil ravishda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga – mahallalarga o‘tkazish amalga oshirilyapti.

  • Mamlakatda sud-huquq tizimini chuqur isloh qilish va liberallashtirishning yangi konsepsiyasi ro‘yobga chiqarildi. Jinoiy jazo tizimini liberallashtirish choralari ko‘rilmoqda. 2008 yil 1 yanvaridan o‘lim jazosi bekor qilindi. Endilikda qamoqqa olish to‘g‘risidagi ruxsatnoma sudlar tomonidan beriladi. Sudlar jazo organlaridan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish organlariga aylanishi uchun barcha zarur choralar amalga oshirilmoqda.

  • Islom Karimov mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, ko‘plab shahar va qishloqlar, avvalo, poytaxtimiz Toshkentning qiyofasini tubdan o‘zgartirishga kuchli turtki beradigan yirik korxonalar, madaniy inshootlar, kommunikatsiyalar qurilishi tashabbuskoriga aylandi, buyuk ajdodlarimiz xoki ko‘milgan joylarni obodonlashtirish ishlariga mislsiz hissa qo‘shdi.

  • O‘zbekiston kuchli ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda. Shuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari, erkin ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Siyosiy hayotda mahallaning obro‘sini oshirish, huquq hamda vakolatlarini kengaytirish, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqaruvi tizimi sifatida uning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi uchun katta ishlar ro‘yobga chiqarildi.

  • O‘zbekistonda qisqa muddat ichida fuqarolarning huquq va erkinliklarini amaliyotga tatbiq etuvchi asosiy demokratik institutlar yaratildi.

  • Islom Karimovning bevosita boshchiligida milliy davlatchilik va fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, xalqning tinchligi va osoyishtaligini saqlash hamda mustahkamlashga katta eʼtibor berildi, mamlakatni barqaror rivojlantirish va ravnaq toptirish, yangi asrda O‘zbekiston xalqining farovonligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.

  • O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti Islom Karimovning siyosiy taʼlimotida, eng avvalo, yangilanish va taraqqiyotning o‘ziga xos besh tamoyilida aks etdi. Islom Karimov ishlab chiqqan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» yaxlit konsepsiyasi fuqarolik jamiyati qurishning siyosiy hamda huquqiy taʼlimotining eng muhim masalasiga aylandi. Yaʼni kuchli markaziy hokimiyat mudofaa, davlat va fuqarolar xavfsizligi, huquqiy tartibotlar, tashqi siyosat, moliya-valyuta, soliq tizimini shakllantirish, qonunlar qabul qilish va jamiyatning boshqa strategik vazifalari singari asosiy ijtimoiy faoliyatlarni jamlaydigan davlat va jamiyat tuzumini yaratish demakdir.

Biz bu yil Mustaqilligimizning 30 yilligini nishonlamoqdamiz.



2021 yil mamlakatimiz tarixida siyosiy jarayonlarga boy yil sifatida kirmoqda. Bu yilning eng asosiy voqealaridan biri — O‘zbekiston mustaqillik yo‘lini tanlaganiga 30 yil to‘lishidir. Ushbu buyuk neʼmatga erishish yo‘li naqadar murakkab bo‘lgani, bu yo‘lda qanchadan-qancha ziyoli, mard, vatanparvar bobolarimiz shahid bo‘lganini eslash, ularni xotirlash, shunday dorilomon kunlarda yashayotganimizga shukronalar aytish, shu maʼnoda, mustaqillikning qadriga yetishimiz har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Bugungi musaffo osmonimiz, dunyo hamjamiyatida o‘zimizga xos mavqega ega bo‘lishimiz, eng asosiysi, o‘zimizning ona tilimizda emin-erkin so‘zlab, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilashimiz, ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimizning qayta tiklanishi mustaqillikning eng katta inomlaridandir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Istiqlol yillarida iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, umuman, barcha sohalarda, ayniqsa, oxirgi besh yillikda mamlakat taraqqiyoti, xalq manfaati yo‘lida olib borilgan islohotlar va erishilgan yutuqlar nafaqat xalqimiz, xalqaro hamjamiyat tomonidan ham alohida eʼtirof etilmoqda. Albatta, bunday yutuqlarga erishishimizning asosiy sababi barcha islohotlar zamirida xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerakligi, odamlarning ertaga emas, bugun yaxshi yashashi muhimligi bosh shior etib olinganidir. Eng asosiysi, xalqimiz ijobiy o‘zgarishlarni o‘z hayotlarida his qila boshladi va shu sababdan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda yagona maqsad yo‘lida mushtarak bo‘lib odimlashda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevral kungi “O‘zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.

Davlat rahbarining g‘oyasi va tashabbusi bilan joriy etilgan, O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, dunyoning ilg‘or demokratik davlatlari qatoridan joy olishi va jahon maydonida munosib o‘rin egallashi asosiy maqsad etib belgilangan mazkur Strategiya mamlakatning yaqin istiqboldagi taraqqiyot yo‘lining bosh ustuvor hujjati sifatida xalqaro jamoatchilik, nufuzli ekspert-mutaxassislar, davlat va jamoat arboblari, siyosatshunoslar tomonidan yuqori baholandi.


Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab berilgan bo‘lib, ularning har birida mamlakatda yangi bosqichdagi demokratik islohotlarni yana-da chuqurlashtirish va samaradorligini taʼminlashga oid aniq chora-tadbirlar o‘z aksini topgan.
1. “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb nomlangan birinchi yo‘nalishda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament hamda siyosiy partiyalarning rolini yana-da kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish