O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi 1-sonli toshkent akademik litseyi



Download 2,32 Mb.
bet6/43
Sana27.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#412904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
YANGI O‘ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK o‘zb guruhlar uchun

4. “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini taʼminlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini saqlash, fan, taʼlim, madaniyat va sport sohasini takomillashtirish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadlariga qaratilgan.
5. “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida esa, davlatning mustaqilligini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga oid chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek, dunyoning barcha davlatlari, ayniqsa, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro teng manfaatlarga asoslangan do‘stona aloqalar va mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi tinchlikparvar siyosatga tayangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
“Harakatlar strategiyasi” besh bosqichda, O‘zbekistonda har bir yilga beriladigan nomlardan kelib chiqib qabul qilinadigan Davlat dasturlari asosida amalga oshirib borilishi nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya ham tuzilgan bo‘lib, izchil faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, har yilgi Davlat dasturlariga kiritilgan tadbirlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini Harakatlar strategiyasidagi beshta yo‘nalishining har biri bo‘yicha tuzilgan komissiyalar nazorat qilib boradi.
Ayni vaqtda besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning to‘rtinchi yili yakuniga yetib bormoqda.
2017 yilda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi;
2018 yilda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi;
2019 yilda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi amalga oshirildi.
2020 yilda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi;

Joriy 2021 yilda «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturi asosida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.


Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2021 yil mobaynida jami 273 ta band, jumladan joriy yilning 1 iyuliga qadar 126 ta band bo‘yicha chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlash nazarda tutilgan.
Joriy yilning 15 iyul holatiga 99 ta bandi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar (shu jumladan, 9 ta band muddatidan avval) to‘liq ijro etilgan. Qo‘shimcha muddat talab etgan hamda sharoit va holatga bog‘liq bo‘lgan 2 ta bandning ijro muddati uzaytirilgan bo‘lsa, 29 ta band ijrosi bo‘yicha tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va tegishli takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan. 2 ta band ijrosi bo‘yicha esa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Shuningdek, 3 ta band ijrosini taʼminlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Davlat dasturi doirasida 2 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 5 ta Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori, 2 ta Oliy Majlis Senati Kengashining qarori, 3 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi8 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, 24 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori hamda 24 ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilingan.
Shu bilan birga20 ta band bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 13 ta band bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar yakunlanib, 7 ta band bo‘yicha idoraviy va idoralararo normativ hujjatlar tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Davlat dasturi va uning doirasida o‘tgan davr mobaynida salmoqli va keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Jumladan:

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish