O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid qarorlari



Download 1,43 Mb.
bet22/71
Sana22.04.2022
Hajmi1,43 Mb.
#572531
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
1.2.-UMK-STM-RAHBAR-kadrlar

2.3 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 23.09.2010 y. n 211 qarori.
1-ilova. O‘zbekiston Respublikasidagi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risida Nizom.
2-ilova. O‘zbekiston Respublikasidagi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasidagi sport maktablari asosiy faoliyati bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etishga, sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasalari hisoblanadi.
8. Sport maktabi quyidagi turlarda tashkil etilishi mumkin:
bolalar va o‘smirlar sport maktabi;
ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi;
olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi;
oliy mahorat sport maktabi;
oliy sport mahorati maktabi;
Respublika oliy sport mahorati maktabi.
Sport maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar sport maktabining asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ular o‘rtasida ularning sog‘lig‘ini mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy kamol topishiga va sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni shakllantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport va tarbiyaviy ishlar olib borish (14);
Sport maktabini boshqarish
Sport maktabini boshqarish ushbu Nizomga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, sport maktabining ustaviga muvofiq hamda yakka boshchilik, demokratiya, o‘zini o‘zi boshqarish va oshkoralik tamoyillarini uyg‘unlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Sport maktabiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Sport maktabi direktori oliy ma’lumotli hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan sportning sport maktabida rivojlantiriladigan turi bo‘yicha mutaxassislardan tayinlanadi.
Direktor sport maktabi ishiga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati barcha yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq javob beradi, pedagoglar jamoasi bilan birgalikda sport maktabini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, davlat va jamoat organlarida uning manfaatlarini ifodalaydi, sport maktabining xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etadi, kadrlarni tayinlaydi va joy-joyiga qo‘yadi, xodimlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Sport maktabi direktorining o‘rinbosarlari sport maktabi muassisi bilan kelishgan holda sport maktabi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari jismoniy tarbiya sohasida oliy ma’lumotli hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislardan tayinlanadi.
Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv jarayoni va tarbiyaviy ishlar tashkil etilishi, sport bo‘yicha trener-o‘qituvchilar malakasi oshirilishi uchun javob beradi, sport maktabida sport musobaqalari o‘tkazilishi hamda maktabning o‘quvchi-sportchilarining tuman, shahar musobaqalarida va boshqa sport musobaqalarida qatnashishini ta’minlaydi, sportchilarni o‘qitish va ularning mashq qilishi metodikasini takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi, o‘quv-mashq mashg‘ulotlari sifatini, o‘quv rejalari va mashg‘ulotlar jadvali bajarilishini nazorat qiladi.
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ma’muriy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan tayinlanadi.
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv-mashq jarayoni uchun moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratilishi, sport maktabining mol-mulki, jihozlarining saqlanishi va sozligi, binolar va inshootlardan foydalanish, ularni zarur sanitariya holatida saqlash, transport ta’minoti va undan foydalanish uchun javob beradi.
Sport maktabida tashkiliy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va metodik ishlarni jismoniy tarbiya bo‘yicha oliy ma’lumotli va kamida bir yil trener-o‘qituvchilik bo‘yicha ish tajribasiga yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli va kamida uch yil trener-o‘qituvchilik tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislardan tayinlanadigan instruktor-metodist amalga oshiradi.
Instruktor-metodist o‘quv-mashq mashg‘ulotlari o‘tkazilishi, sport turlari bo‘yicha dasturlar, o‘quv rejalari va mashg‘ulotlar jadvali bajarilishi, o‘quv-metodik hujjatlar yuritilishi, maktabning razryadchilari va sport rekordlari hisobi yuritilishini nazorat qiladi, sport maktabining metodik xonasi ishiga rahbarlik qiladi, o‘quv-tarbiya jarayoni masalalari bo‘yicha tibbiyot muassasalari, umumta’lim maktablari, boshqa ta’lim muassasalari va tashkilotlar, idoralar bilan aloqani ta’minlaydi.
Sport maktabining katta instruktor-metodisti instruktor-metodist lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi.
Katta instruktor-metodist instruktor-metodistlar ishiga rahbarlik qiladi va o‘quv-mashq jarayoni o‘tkazilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi, metodik xona ishini tashkil etadi, sport maktabi tadbirlarini o‘tkazadi, o‘quvchi-sportchilarning jismoniy tarbiyasi bo‘yicha umummaktab tadbirlari o‘tkazilishi uchun javob beradi.
Sport maktabi trener-o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasi har haftadagi bevosita o‘quv-mashq ishlarining 24 akademik soati uchun belgilanadi. Mashg‘ulotlarga tayyorlanishga, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga sarflangan vaqtga, shuningdek jamoa (o‘quvchi-sportchilar) bilan birga musobaqalarda qatnashilgan vaqt uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, oliy mahorat sport maktablarida, oliy sport mahorati maktablarida hamda Respublika oliy sport mahorati maktablarida ishlayotgan trener-o‘qituvchilarga bazaviy tarif stavkalari 15 foizga oshiriladi. Bunda ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari, oliy mahorat sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari hamda Respublika oliy sport mahorati maktablarining trener-o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq va ustamalar, ushbu oshirilishni hisobga olmasdan, bazaviy tarif stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Direktor, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, instruktor-metodistlar o‘zlarining asosiy lavozimi bo‘yicha ish vaqti mobaynida, tegishli ma’lumotga va malaka toifasiga ega bo‘lgan sport bo‘yicha trener-o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi hisobidan haq to‘langan holda o‘z sport maktabida o‘quv-mashq mashg‘ulotlari olib borishlari mumkin. Ularning trener-o‘qituvchilik ishlari hajmi ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq sport maktabi trener-o‘qituvchisining belgilangan o‘quv-mashq ishlari hajmining 50 foizidan oshmasligi kerak.

Sport maktablarining direktorlari, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, instruktor-metodistlari, trener-o‘qituvchilari va tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha haq va ustamalar


Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, oliy mahorat sport maktablarida, oliy sport mahorati maktablarida hamda Respublika oliy sport mahorati maktablarida ishlayotgan katta trener-o‘qituvchilarga, katta instruktor-metodistlarga, shuningdek «Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi» faxriy unvoniga ega bo‘lgan xodimlarga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq belgilanadi.
Agar sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchi turli sport yutuqlariga ega bo‘lsa, sport maktabining direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, instruktor-metodistlar, trener-o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlariga, ushbu o‘quvchi-sportchi uchun yutuqlar hisobga olingan holda belgilangan ustamaning eng yuqori miqdori qo‘llanadi.
Ustamalarning jami miqdori:
sport maktabining direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, instruktor-metodistlari va tibbiyot xodimlari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan;
sport maktabining trener-o‘qituvchilari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 200 foizidan oshmasligi kerak.
Sport maktablarining yuqori toifali sportchilar tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan ayrim trener-o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining qarori bilan ustamalarning jami miqdori ularga belgilangan bazaviy tarif stavkasining 400 foizigacha miqdorda belgilanishi mumkin.
Ushbu Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan ustamalarni belgilash kalendar yil boshida, sport maktabining o‘quvchi-sportchilari kontingentidan va ularning oldingi yildagi sport natijalaridan kelib chiqqan holda sport maktabining trener-o‘qituvchilari tarifikatsiyasini va shtatlar jadvalini tuzishda amalga oshiriladi.
Yil davomida ustamalar miqdorlarini o‘zgartirish sport maktabining tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida amalga oshiriladi va sport maktabi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Sport maktabining direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, instruktor-metodistlari, trener-o‘qituvchilari va tibbiyot xodimlariga ustamalar:
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni ta’minlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) o‘tkazilgunga qadar saqlab qolinadi;
O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni ta’minlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran belgilanadi va bir kalendar yil mobaynida saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlashni ta’minlaganlik uchun — o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajyorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va o‘quvchi-sportchining jamoa tarkibida bo‘ladigan butun davrida saqlanib qoladi.
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini, O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasi asosiy tarkibi a’zolarini (stajyorlarini) tayyorlaganlik uchun ustamalar ushbu o‘quvchi-sportchilarni tayyorlashni amalga oshiradigan bevosita trener-o‘qituvchilarga belgilanadi.
Sport maktablarining direktoriga, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga va tibbiyot xodimlariga ustamalar Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini, O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasi asosiy tarkibi a’zolarini (stajyorlarini) tayyorlashni ta’minlaganlik uchun belgilanadi va sport maktabining ro‘yxatdagi tarkibida o‘quvchi-sportchilarning tegishli kontingenti mavjud bo‘lgan taqdirda to‘lanadi.
Sport maktablarining direktoriga, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga, instruktor-metodistlariga va tibbiyot xodimlariga o‘quvchi-sportchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni to‘lash uning sport maktabining ro‘yxatdagi tarkibidan rasman chiqib ketish (boshqa sport-ta’lim muassasasiga o‘tish, sport maktabidan chiqarilish, uni bitirish) sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran to‘xtatiladi.
O‘quvchi-sportchilarning sportdagi natijalari yaxshilanganda, shuningdek sport maktabining trener-o‘qituvchisi rahbarligidagi o‘quv guruhlarining ro‘yxatdagi tarkiblari o‘zgarganda (sport maktabiga qabul qilinganda, undan chiqarilganda, boshqa sport-ta’lim muassasasiga o‘tkazilganda) ushbu trener-o‘qituvchi uchun ustamalar miqdorlarini o‘zgartirish mazkur Nizomning 14 — 16-bandlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash normativlari miqdorlarini belgilashning tegishli tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.



Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish