O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutahasislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 40,35 Mb.
bet1/6
Sana05.10.2022
Hajmi40,35 Mb.
#851415
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5222408721283423238


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAHASISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

42- GURUX TINGLOVCHISI


NURMANOVA MALOXAT

Qabul qildi: Amanova Durdona



2022 yil

Bog’chaga borgan bola birinchi sinfga
kurashga, bilimga tayyor bo’lib keladi.


Shavkar Miramonovich Mirziyoyev.


Reja:
1. Oʻyinning mohiyati va oʻziga xos xususiyatlarini yoriting.


  1. "Xushmuomalalik alifbosi" mavzusida rivojlanish markazlardagi faoliyatlariga ishlanmalar yozing (hohlagan guruh misolida)





Kirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’yin turlari juda hilma hildir. O’yin orqali Bola olamni o’rganibgina qolmay, undagi narsa hodisalarni, balki uni nutq so’zlashga, mustaqil fikrlashga, hayol qilishga ijod qilishga, muomala madaniyatiga o’rganadi. O’yin inson o’zligining namoyon bo’lishi, uning takomillashuv usulidir. O’yin bolalar hayotida muayyan o’rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta`lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda etakchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ulanadigan ko’pchilik jiddiy ishlar o’yin shaklida bo’ladi. O’yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o’ylaydi. O’yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo’ladi.
O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san`atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan bo’lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o’z o’yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o’sha davrdagi ba`zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o’yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi. Bolalar o’yinlarini turkumlari Ijodiy o’yinlar va Qoidali o’yinlarga ajratiladi.
Ijodiy o’yinlar bolaning shahsiyatini to’liq shakllantirib , shuning uchun u ta’limiy muhum vaosita hisoblanadi. Ijodiy o’yinlar bolaning tassavurini, tashabusini, mustaqilligini ko’rsatadigan o’yinlarni o’z ichiga oladi.
Ijodiy o’yinlarga syujetli- ro’lli o’yinlar, sahnalashtirilgan o’yinlar, strukturaviy va qurulishga doir o’yinlar, didaktik o’yinlar kiradi.
Syujetli rolli o’yinlarni ham bolalar juda sevib o’ynaydilar. Bu o’yinlarda turli hil ertaklar hikoyalar sahnada namayon qilinadi. Masalan Qizil shapkacha va Zumrat va Qimmat kabilar. O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir qo‘rsatadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘knikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin, Ayniqsa, bu omil bogcha yoshi davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xo‘lqini uzi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy o’yinlar bolalarning tevarak atrofdan olgan bilimlarini aks ettiradi. Bunday o’yinlar mustaqil o’yin hisoblanadi, mazmunini ishtirokchilarni o’zlari o’ylab topadilar.
Qoidali o’yinlar bunga quyidagilar kiradi:
-Didaktik
-Harakatli o’yinlar
- Musiqaviy o’yinlar
- Ermak o’yinlar;
Qoidali o’yinlar barcha o’yinlar kabi amaliy o’yin turi hisoblanadi, lekin bolalar belgilangan qoidaga amal qilishlari talab etiladi. Belgilangan qoidalar bolalarda masuliyatli bo’lishga tarbiyalaydi. Bola jamoada hamjihat ishlash, atrofdagilar bilan murosada bo;lishga o’rganib boradi. O’yin davomida qopidalarni bajarilishi “to’g’ri” yoki “nato’g’ri” “o’yin qoidasi buzuldi” degan baholar bilan baholanadi. Bolalar o’yin davomida o’z o’zini nazorat qilishlikni o’rganib boradi. O’tin so’ngida tarbiyachi tamonidan bolalar rag’batlantirib boriladi. Kelgusida o’yinlarning samarali bo’lishini taminlash maqsadida har bir ishtirokchi bolalarni maqtash ularni ruhlantirdi.
Didaktika — yunoncha so'z bo'lib, «didasko» — o'qitish, «didaskol» - o'rgatuvchi degan so'zlardan kelib chiqqan. «Didaktika»ning so'zma-so'z tarjimasi ta'lim nazariyasini anglatadi. Didaktik o'yinlar bolalar uchun maxsus o'qituvchilar tomonidan yaratilgan. Maktabgacha va boshlang'ich sinf o'quvchilarini faol ravishda o'qitish usullaridan biri bu tasodifiy emas. Bola o'tirmaydi va zerikarli ma'ruza yoki ma'ruzani eshitmaydi, u hech narsani eslamaydi, chunki juda qiziqarli hisoblanadi.. Bolalar o'ynashni yaxshi ko'rishadi. Shuning uchun pedagogika foydali, o'ynaydigan didaktik o'yinlar bilan yoqimli bo'lib, bolani bilmasdan o'rganadi. U qiziqmoqda. U eslaydi. Didaktik o’yinlar o’yinchoqlar bilan o’ynash , ish stolida chop etiladigan o’yinlar, so’z o’yinlari hisoblanadi.
Harakatli o’yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o’tkaziladi. Bolaning jismonan balki manan yetuk bo’lib voyaga etishlariga ko’mak bo’ladi. Bunday o’yinlarga O’zgaruvchan shakllar, To’rtmachoq, sherigingni tanla, Maymunchalar kabi juda ko’p o’yinlar mavjud. Harakatli o’yinlarda hamisha guruh bo’lib o’ynaladi.
Bolalarning ruhiy jarayonlarini takomillashtirishga qaratilga o’yinlar:
- Harakatli o’yinlar;
- Intelektual o’yinlar:
- Estetik o’yinlar
Bolalar uchun tehnikaviy o’yinlar
- Sa’nat o’yinlari
- Qishloq ho’jaligi o’yinlari
- Kasb bilan bog’liq o’yinlar
- Qurulish o’yinlari
O’yinlar o’ynash davomida bolalarda shahs bo’lib shakllanish hisi uyg’onadi. Pedagok olimlarni olib brogan tadqidorlariga ko’ra , bolalar o’yinlariga har yamonlama to’g’ri rahbarlik qilish orqali ularga o’yinning mazmunini, tashkil etilishi, tuzilishi bolalar o’rtasidagi axloqiy munosabatlar, o’yinlarning rivojlanib takomillashib borishiga ta’sirini ko’rish mumkun.


Download 40,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish