O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 227-moddasi. Bojxona nazorati zonasi rejimining buzilishi



Download 53,74 Kb.
bet10/30
Sana31.03.2022
Hajmi53,74 Kb.
#520312
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
227,227-1 - 227-27

Ob'ektiv tomoni-Bu huquqbuzarlik harakatsizlikda sodir etiladi. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, ya'ni bojxona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni o‘tkazish joyi, vaqti va taomili to‘g‘risidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik,
Vakolatli shaxslar tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda hozir bo‘lishga hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ko‘maklashishga haqli, bojxona organining talabiga ko‘ra esa hozir bo‘lishi va ko‘maklashishi shart. (BK 250-m)
Bojxona organing talabiga ko‘ra vakolatli shaxsning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda hozir bo‘lmasligi va ko‘maklashmasligi – bu harakatsizlikdir.
Sub'ekti- Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n olti yoshga to‘lgan vakolatli jismoniy shaxs.
Sub'ektiv tomoni- Ushbu xuquqbuzarlik qasddan sodir etiladi.


2278-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalar, shuningdek bojxona organining ruxsatisiz yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar o‘tkazish
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar o‘tkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini o‘zgartirish, ulardan foydalanish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan o‘rovni tuzatish, o‘rash, qayta o‘rash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, mazkur tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan binolar va boshqa joylarni ochish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 37-moddasiga asosan ma'muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma'muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs ma'muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.


Taxlil qilinayotgan huqubuzarlik tarkibi:




Ob'ekti: Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi.


Ob'ektiv tomoni: Mazkur huquqbuzarlik ham harakatda ham harakatsizlikda sodir etiladi.

Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar o‘tkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini o‘zgartirish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish – bu harakatdir.


Vaqtincha olib kirilgan tovar o‘zgarmas holatda qolishi shart. Vaqtincha olib kirilgan tovar bilan uning but saqlanishini ta'minlash uchun zarur operatsiyalarni, shu jumladan mayda ta'mirlash operatsiyalarini, bundan uni kapital ta'mirlash va modernizatsiya qilish mustasno, texnik xizmat ko‘rsatish va tovarni soz holatda saqlab turish uchun zarur boshqa operatsiyalarni amalga oshirishmasa – bu harakatsizlikdir. (Bk 62-m)
Sub'ekti: Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxsdir,
Sub'ektiv tomoni: bu huquqbuzarlik qasddan sodir etiladi.


Download 53,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish