O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 227-moddasi. Bojxona nazorati zonasi rejimining buzilishi


Ob'ekt- Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish talablari. Obektiv tomoni-



Download 53,74 Kb.
bet6/30
Sana31.03.2022
Hajmi53,74 Kb.
#520312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
227,227-1 - 227-27

Ob'ekt- Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish talablari.
Obektiv tomoni- Mazkur huquqbuzarlik ham harakatda ham harakatsizlikda sodir etiladi.
tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni istisno etganda, o‘zgarmas holatda qolishi hamda tashishdan boshqa biror maqsadda foydalanilmasligi lozim. Tashishdan boshqa biror maqsadda foydalanilsa – bu harakat hisoblanadi.
Tovarlar va transport vositalarini yetkazib berilgan joyda ko‘rsatmaslik, - ularning hujjatlarini topshirmaslik xolatlari – bu harakatsizlik hisoblanadi.
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berishning eng ko‘p muddati quyidagi hisob-kitob bilan belgilanadigan muddatdan oshmasligi kerak:
havo transporti uchun — uch kalendar kundan;
avtomobil va suv transporti uchun — o‘n kalendar kundan;
temir yo‘l transporti uchun — ikki ming kilometr uchun o‘ttiz kalendar kundan.
Sub'ekt- 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs hisoblanadi.
Sub'ektiv tomoni-bu xuquqbuzarlikni qasddan sodir etiladi.
2274-modda. Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki yetkazib bermaslik
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki bojxona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojxona organiga topshirish uchun qabul qilingan bojxona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarni yo‘qotish yoxud yetkazib bermaslik —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlarni, transport vositalarini va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 37-moddasiga asosan ma'muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma'muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs ma'muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.




Ob'ekti: O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o‘tish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish talablari hamda shartlarini belgilovchi tartib taomillari.



Download 53,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish