O’zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti harbiy ta’lim fakulteti himoyaga tavsiya etilsin


Razvedkaga quyiladigan asosiy talablar quyidagilardir



Download 70,22 Kb.
bet5/12
Sana14.06.2022
Hajmi70,22 Kb.
#667559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI. RAIMJONOV TOXIR

Razvedkaga quyiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
Tez uzgaruchan vaziyatda va kushinlarni jangovar va manevrli imkoniyatlari oshishi bilan zamonaviy jangda razvedkani roli va axamiyati oshib bormoqda va talablar xam yuqori quyilmoqda. Shulardan eng asosiysi uzluksiz razvedka olib borish, faollik, maqsadga intilish, tezkor va uz vaqtida, yashirincha, ishonchli, razvedka ma’lumotlarni aniqligi, razvedka qilingan ob’ekt (nishon) larni koordinatlarini aniq belgilashdir.
Uzluksiz-razvedka xar qanday jangovar faoliyatda, xar kanday vaziyat va sharoitida, kechayu-kunduz xar qanday ob-xavo sharoitida olib boriladi, bu esa uzluksiz razvedka olib borishning asosiy talabidir.
Faollik–razvedkani tashkillovchi, shuningdek uni olib boruvchi bulinmalar komandirlari va shtablirning mardona va tashabbuskorona harakatlari, kerakli razvedka ma’lumotlarini tuplash uchun turli vosita va kuch moxirona qullash bilan namoyon buladi. Razvedkani moxirona tashkillash razvedka jangovar texniasi va texnik vositalarini maqsadga muvofiq ishlatish, barcha toifadagi komandirlarning quyilgan vazifani va vaziyatni tug‘ri tushunib etishi, razvedka olib boruvchi bulinmalarning tashabbuskor va kat’iy harakatlari tufayli bunga faollikka erishish mumkin.
Maqsadga intilish – bu asosiy jangovar vazifani bajarish moxirona yulida razvedkaning barcha tadbirlarini yagona maqsadda umumlashtirish.
Maqsadga intilishga erishish uchun vazifani va nishonlarni tug‘ri belgilash, rayon va razvedka ob’ektlarini ma’lumot yig‘ish uchun razvedkaning asosiy kuchlarni vazifani bajarishga qaratish bulinma komandirini ma’lumotlar yig‘ib tuplashi bilan erishiladi.
Tezkorlik va uz vaqtida – bu talabning mazmuni kerakli razvedka ma’lumotlarini uz vaqtida izlab topish, kerakli shtab va komandirlarga belgilangan vaqtda yetkazilishdan iboratdir.
Yashirincha - razvedkani olib borishga karatilgan barcha tadbirlarni yashirin olib borish, shuningdek asosiy kuchlari yunalishini dushmandan yashirish sir tutishga intilish. Yashirinlika erishish uchun: hamma razvedka buyicha tadbirlarni sir saqlanishi yuborayotgan bulinma komandirlari tomonidan razvedka organlariga shaxsan vazifa quyishi; joyni xususiyatlaridan tug‘ri nikoblanishi va razvedka texnik vositalaridan, jangovar texnikadan, kuzatuv priborlardan moxirona foydalanishi; razvedka bulinmalarini (organlarini) yashirin harakatlanishlari; shaxsiy tarkibni xarbiy makkorligi (xitrosti), ziyraklik tashabbuskorlik ishlatish; tunda harakatlashida shaxsiy tarkibni yuqori bilim kunikmalari; bulinmalarni yashirin boshkarish va radiosuzlashuv qoidalariga qat’iy rioya qilishidir.
Ishonchli – razvedka manbalaridan, sinchiklab urganib, bir –biriga solishtirish, tekshirib qayta razvedka qilish va haqiqiy ob’ektlarini komandirlarga yaxshilab ajrata olish orkali erishiladi.
Aniqlik – razvedka olib boruvchi bulinma shaxsiy tartibining zamonaviy razvedka qilish vositalari qanchalik yaxshi bilishiga bog‘liq bulib ob’ektlarni koordinatlarini aniq belgilashi bilan erishiladi. Raketalar bilan yakson qilinadigan nishonlar koordinatalarni aniqlashda urtacha xato 100-150 m oshmastligi kerak va artileriya uchun 50-70 m.
Razvedka olib borishning asosiy usullari:
Bulinmalarda razvedka ma’lumotlarini yig‘ish jangovar harakatlarda

    • kuzatuv

    • pistirma,

    • bosqin,

    • qidiruv,

    • asirlarni suroqqa tutish va tinch axolidan surushturuv yuli bilan,

    • qulga kiritilgan dushman xujjatlarini urganish,

    • namuna qurol aslaxa va jangovar texnikalarini qulga kiritish va boshqa usullaridan iboratdir.

Bundan tashqari, dushman tug‘risidagi ma’lumotni bulinma komandirlari katta boshliqdan, qushinlaridan, boshqa qushin bulinmalaridan shuningdek bulinmalar harakatlanayotgan yunalishda katta komandirni razvedka organlari orqali olinadi.


Jangovar harakatlar dushmani tarkibini gruppirovkasini, ut otish vositalarini joylashuv joyini, uning ruxiy xolatini va qurollanishini, joyni xarakterini va uni muxandislik jixozlanishi buyicha aniq va tulik ma’lumot olishga imkon beradi
Kuzatuv - hamma vaziyatda bulinmalar va qismlarda olib boriladi. Kuzatuv uzluksiz olib boriladi va razvedkaning asosiy usuli hisoblanadi.
Eshitish – razvedka usullaridan biri bulib, dushman bilan bevosita tuqnash kelish holatida va dushman orqasida razvedka olib borganda keng qullaniladi. Eshituv kuning istalgan vaqtida, ayniqsa, tunda, kurinish cheklanganda texnik vositalarni qullab yoki qullamasdan olibboriladi.
Pistirma – razvedka usullaridan biri bulib bulinma oldindan va yashirin joylashib olib dushmanni harakatlanish extimoli bulgan yullarda unga kutilmagan holda hujumi bilan, asirga olish, xujjatlarini, texnika va kurollar namunalarini kulga kiritish maqsadida amalga oshirildi.
Qidiruv - bulinmani oldindan urganilib unga yashirincha kelishdan iboratdir. Uni tashkillashtirishdan maqsad dushmanni asirlarini, xujjatlarni, jangovar texnika va kurollarini namunalarini kulga kiritish maqsadida amalga oshiriladi.
Bosqin-dushmanga tusatdan hujum qilishdan iborat bulib uning muxim ob’ektlarini yakson qilish, texnika va kurol-aslaxa namunalarini, xujjatarini qulga kiritish va dushmanni asirga olish bilan amalga oshiriladi.
Tank dozor sifatida kuzatuv postining tarkibiga tayinlanishi mumkin, maxsus tayyorlangan tank ekipaji esa radiatsion va kimyoviy razvedkani olib borishga tayinlanishi mumkin.
Har bir tankda jangning barcha turlarida dushmanni kuzatish shaxsan komandir tomonidan ham, butun shaxsiy tarkib tomonidan ham, bundan tashqari maxsus tayinlangan kuzatuvchi tomonidan ham tashkil etiladi va uzluksiz olib boriladi.
Tankning razvedka uchun ajratilgan shaxsiy tarkibi jasurlik bilan, yashirincha harakat qilish, topqirlik, tashabbuskorlik va harbiy ayyorlikni namoyon etishi, razvedka ma’lumotlarini uz vaqtida qulga kiritishi va ular haqida axborot berishi lozim.
Razvedka natijalari haqidagi axborotlar ishonchli, qisqa va aniq bulishi lozim.
Ularda, odatda, quyidagi ma’lumotlar kursatiladi: qanday dushman, qachon va qaerda aniqlanganligi, uning harakatlarining xususiyatlari, uzining turgan joyi va qarori.
Dushmanning front ortida razvedka olib borishi uchun tayinlangan tank komandirining ish kartasida uz qushinlari haqida qandaydir ma’lumotlarning bulishi taqiqlanadi, butun shaxsiy tarkibga esa shaxsiy va xizmat xujatlarini yonida olib yurish man etiladi.
Qo‘shinlar razvedkasi – bo‘linmalar va qismlar manfaati yo‘lida, shtatdagi yoki vaqtincha tuzilgan bo‘linmalar tomonidan jang maydonida razvedka ma’lumotlarini topish uchun olib boriladi.
Dushmanni razvedka qilinishida vazifalar:

  • jangovar tarkibini, taaluqligini, jangovar imkoniyatini, qo‘shin guruhlanishi holatini, ayniqsa yuqori aniq nuqtaga uruvchi qurollarini va yalpi qirg‘in qurollarini, uning joylashgan joyini va qo‘llashga tayyorgarligini aniqlash;

  • ehtimoliy harakatlanish tavsifini, ko‘zlangan maqsadini,kuchli va zaif tomonini;

  • joylashgan boshqaruv punktini, artilleriya o‘t ochish pozitsiyasini, razvedka, REB, havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarini shuningdek aerodrom va qo‘nish maydonchalarini topish;

  • rayonning muxandislik jihozlanish tavsifining darajasini, to‘siqlar va g‘ovlar tizimini, ayniqsa mina maydonlarini;

  • yangi jang olib borish usullarini va vositalarini.

Joyni razvedka qilinishida:


- o‘tish xususiyatlari;
- orientirlash va kuzatuv sharoiti;
- himoyalanish xususiyatlari;
- o‘t ochish sharoiti;
- niqoblanish xususiyatlari;
- muxandislik jihozlanishi.

Razvedkaga quyiladigan asosiy talablar:



  • razvedkani maqsadiga intilish;

  • razvedkani uzliksiz olib borish;

  • razvedkani faol olib borish;

  • razvedka ma’lumotlarini o‘z vaqtidaligi va tezkorligi;

  • razvedkaning yashirinligi;

  • razvedka ma’lumotlarining ishonchliligi;

  • ob’ektlarni (nishonlarni) koordinatalarini aniq belgilash.

Umumqo‘shin jangida razvedkani olib borish.


Umumqo‘shin jangida razvedka qumondonlik-kuzatuv postlaridan (kuzatuv postlardan) tayinlangan kuzatuvchilar orqali, radiolakatsion postlar yordamida olib boriladi. Qism komandiri ruxsati asosida qidiruv usulli bilan razvedka ma’lumotlari yig‘ilishi mumkin.
Undan tashqari dushman bilan bevosita tuqnashmagan xollarda, mudofaaga o‘tganda dushmanni razvedka qilish maqsadida jangovar razvedka dozori (JRD), razvedka dozori (RD), aloxida razvedka dozori (ARD) yuborilishi mumkin. Qoidaga ko‘ra bu razvedka organlari o‘z bo‘linmalaridan 10 km gacha bo‘lgan masofada harakatlanadilar.
Dushmanning extimoliy yo‘nalishlarida esa pistirmalar tashkil qilinishi mumkin.
Kuzatuv- hamma jangovar harakatlar turida olib boriladi. Kuzatuv uzluksiz olib borilib razvedkaning asosiy usuli hisoblanadi.
Kuzatuv – razvedka ma’lumotlarin yig‘ishda eng ko‘p qo‘llanadigan usul. Kuzatish uzliksiz, barcha xarbiy xizmatchilar (askarlar komandirlar) tomonidan olib boriladi.

Pistirma – razvedka usullaridan biri bo‘lib guruh razvedka guruhi sifatida harakatlanganda va razvedka dozorlari tomonidan qo‘llaniladi. Pistirmaning maqsadi - dushmanga to‘satdan hujum qilib, uni asirga olish, texnika va kurol namunalarini, xujjatlarni qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirildi.


Pistirma dushman harakatlanish extimoli bor bo‘lgan yo‘nalishlarda to‘satdan hujum qilish imkoniyati bor bo‘lgan joylarda uyushtiriladi.
Bosqin - dushmanga to‘satdan hujum qilishdan iborat bo‘lib uning muxim ob’ektlarini yakson qilish, texnika va qurol-aslaxa namunalarini, xujjatarini qo‘lga kiritish va dushmanni asirga olish bilan amalga oshiriladi.
Bosqin razvedkaga yuborgan komandirlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra razvedka guruhlarining (asosiy kuchlari) yoki razvedka dozorlari tomonidan o‘tkaziladi, shuningdek razvedka otryadi dozor) komandirining qarori bilan.
Razvedka dozori (RD) – kuchaytirilgan guruh tarkibida, yer-joyni va dushmanni razvedka kilish maksadida, razvedka otryad tarkibidan yoki dushman bilan bevosita duch kelmagan sharoitlarda boshqa vazifalarni bajarayotgan batalon (vzvod) tarkibidan yuboriladi.
Razvedka qilib jang o‘tkazish usuli
Vzvod kerak bo‘lgan hollarda razvedka vzvodiga tayinlanib razvedka qilib jang o‘tkazish mumkin, unda unga yaqingi vazifa va hujumni keyingi yo‘nalishi ko‘rsatiladi.
Razvedka qilib jang o‘tkazish vaqtida, hujum fronti yo‘nalishidagi barcha bo‘linma komandirlari qo‘mondonlik kuzatuv punktida (QKP) turadilar va shaxsan dushmanni, ayniqsa uning o‘t otish vositalari joylashuv joyini o‘rganadi.

Razvedka harakatlarini olib borish uchun dastlabki ma’lumotlar



  • jangovar topshiriq;

  • qism komandirining qarori;

  • yuqori turgan shtabning razvedka bo‘yicha farmoishi;

  • jangovar harakatlar olib borish rayonida dushman to‘g‘risida ma’lumot;

  • razvedka kuch va vositalarining imkoniyatlari.

Vzvod razvedka otryadida


Razvedka guruhi vzvod tarkibida dushman bilan to‘qnash kelmagan sharoitda mudofaaga o‘tishda, dushman zaxiralarini razvedka qilishida, bo‘linma va qo‘shinlar yangi rayonda (xududa) xavo desant reydlarini o‘tkazish uchun tayinlanadi. Kerak bo‘lgan xallarda razvedka otryad tarkibiga bir-ikki muxandislik-saper seksiyasi, kimyoviy-razvedka seksiyasi, artilleriya o‘tini korrektirlovka qiluvchilar, radiotexnik razvedka va radio vositalari biriktirilishi mumkin.
Razvedka otryadining asosiy kuchlardan oldinga jo‘natish uzoqligi jangovar topshiriqning mazmuniga dushman harakatlarining xarakteriga, joyga va aloqa vositalarining aloqani ta’minlay olishi qobiliyatlariga bog‘liq holda belgilanadi. Bu 30-50 km va undan ham ortiqni bo‘lishi mumkin. Razvedka otryadi 10 km kenglikda razvedka o‘tkazish polosasida harakatlanadi. Polosa kengligi birinchi navbatda harakatlanayotgan joy xarakteri va yo‘llarning mavjudligiga qarab belgilanadi.



Download 70,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish