O’zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti harbiy ta’lim fakulteti himoyaga tavsiya etilsin


-BOB. RAZVEDKA OLIB BORISHNING ASOSIY USULLARI



Download 70,22 Kb.
bet7/12
Sana14.06.2022
Hajmi70,22 Kb.
#667559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI. RAIMJONOV TOXIR

2-BOB.
RAZVEDKA OLIB BORISHNING ASOSIY USULLARI.


2.1. Motoo‘qchi vzvodni mudofaa, hujum jangidagi razvedka qilishdagi harakati hamda suv to‘sig‘iini va aholi yashash punktini razvedka qilishdagi harakati. tog‘da, cho‘lda, o‘rmonda va tunda razvedka qilish asoslari.

Mudofaada, dushman bilan bevosita yaqinlashish mavjud bo‘lmagan taqdirda, razvedka otryadi dushmanning chiqib kelishi va tizilishini o‘z vaqtida fosh qilish, uni asosiy turkumining tarkibi va harakat yo‘nalishini, OQQni qo‘llash va yetkazib kelish vositalari, razvedka-zarba komplekslari quruqlikdagi elementlarining pozitsiyalari, artilleriyaning o‘t ochish pozitsiyalari va boshqaruv punktlari joylashgan joylarni aniqlash uchun yuborilishi mumkin, shuningdek, uning ikkinchi eshelonlarini (rezervlarini) yetib kelish vaqti, ularning jangga kirish yo‘nalishi va marrasini belgilaydi.


Hujum jangida razvedka otryadi, dushman jangovar tartibidagi oraliq ochiq joylar va ochiq qanotlardan foydalanib, uning mudofaasi ichkarisiga kirib boradi, pozitsiya va tayanch punktlarining razvedkasini olib boradi, ikkinchi eshelonlarning (rezervlarning) joylashish hududlari va chiqib kelish yo‘nalishlarini, mavjud fortifikatsion inshootlar va to‘siqlar hamda ularning tavsifini, shu jumladan OQQni qo‘llash va etkazib kelish vositalari, razvedka-zarba komplekslari quruqlikdagi elementlarining pozitsiyalari, artilleriyaning o‘t ochish pozitsiyalarini, boshqaruv punktlari va boshqa muhim ob’ektlar joylashgan joylarni, zararlanish zonalarini, vayron bo‘lgan, yong‘in chiqqan va suv bosgan hududlar, ularni yengib o‘tish yoki aylanib o‘tish yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Dushman chekinishni boshlashi bilan razvedka otryadi shiddat bilan uni asosiy kuchlarining qanotlari va chekinish yo‘llariga chiqadi, ularning tarkibi va chekinish yo‘nalishini, arergardlarning tarkibi va harakat tavsifini, ichkarida mudofaa uchun tayyorlab qo‘yilgan pozitsiya va marralarni, ularni qo‘shinlar tomonidan egallanish vaqtini, to‘siq va to‘siqlarning mavjudligi va ularning tavsifini belgilaydi. Razvedka otryadi dushmanning chekinish yo‘llarida uchraydigan suv havzalaridagi kechuv joylari va boshqa muhim ob’ektlarni qo‘lga olishi hamda hujum qilayotgan bo‘linmalar etib kelgunga qadar ularni qo‘lda saqlab turishi mumkin, bunda u kuchlarining bir qismi bilan qo‘yilgan vazifani bajarishda davom etadi.
Qarshi jangga kirishni oldindan bilgan holda razvedka otryadi dushman bilan to‘qnash kelish ehtimoli bo‘lgan marragacha odatda yo‘llar bo‘ylab eng katta tezlikda harakatlanib boradi. Dushman bilan to‘qnash kelish ehtimoli bo‘lgan marraga yaqinlashish vaqtida razvedka dozorlari va otryadning asosiy kuchlari yashirincha tarzda, odatda yo‘llardan tashqarida, kuzatuv uchun qulay bo‘lgan bir punktdan boshqasiga ko‘chib, dushman harakatlarining ehtimoli bo‘lgan yo‘llar va boshqa yo‘nalishlarni sinchiklab kuzatgan holda harakatlanadilar. Dushman tomonning razvedkasi va qo‘riqlash bo‘linmasi bilan to‘qnash kelganda razvedka dozorlari hamda otryadning asosiy kuchlari ularni aylanib o‘tib, yashirincha dushman asosiy kuchlari ichiga kirib boradi, ularning tarkibi, harakatlarining tavsifi va yo‘nalishi, muhim marralardan o‘tish vaqti, OQQni qo‘llash va yetkazib kelish vositalari, razvedka-zarba komplekslari quruqlikdagi elementlarining pozitsiyalari, artilleriyaning o‘t ochish pozitsiyalarini, boshqaruv punktlari joylashgan joylarni aniqlaydi. Qarshi jang mobaynida razvedka otryadi dushman asosiy kuchlarining razvedkasini olib boradi, uning jangovar tarkibidagi ochiq qanotlar va oraliq ochiq joylardan foydalanib ichkariga kirib boradi, ikkinchi eshelonlarning (rezervlarning) tarkibi va ularning chiqib kelish yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Qo‘shinlarning maxsus harakatida razvedkaning asosiy vazifasi noqonuniy qurollangan tuzilmaning (NQT) jangarilarini o‘rnashgan bazasini (lagerini,kunduzgi va tungi o‘rnashuv joyini), oziq-ovqat, o‘q-dori va moddiy vositalarini saqlash sxronini, tarkibini, ehtimoliy harakat yo‘nalishini, qo‘riqlov tizimini, o‘t ochish vositalarining nuqtalarini, mamlakatimiz hududida diversion va terroristik xurujlarni amalga oshirishini oldini olish, qurollarini, millatini, ehtimoliy harakat qilish xarakteri va hududlarini aniqlashi darkor.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kerakli razvedka ma’lumotlar bilan cheklanib qolmaydi. Jangovar harakatlar turlari va sharoitidan hamda kuch va vositalaridan kelib chiqib dushmanda boshqa imkonlar bo‘lishi mumkin bo‘lib razvedkaning vazifasi ularni ochishi lozim.
Hujum harakatini olib borishda jangovar harakatlar olib boriladigan joy va rayonlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi shuning uchun tabiiy va sun’iy to‘siqlarni va ularni jang maydonida kuch va vositalarga ta’sir ko‘rsatishini aniqlab ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazish darkor.
Mudofaa harakatini olib borish mobaynida o‘z qo‘shinlarimiz joylashgan joyni razvedkaning kuch va vositalarisiz sinchkovlik bilan o‘rganish mumkin. Bundan tashqari barcha darajadagi komandirlar doimo ob-havo sharoitini bilishlari kerak.
Jangovar harakatlar mobaynida birinchi navbatda topish talab etiladigan ma’lumotlarni razvedka bo‘yicha asosiy vazifalarni yoki asosiy ma’lumotlarni belgilashda mavjud bo‘lganlaridan foydalansa bo‘ladi. Yangi ma’lumotlar komandirga tasdiqlash, oydinlashtirish yoki dushmanni ehtimoliy harakatini, imkoniyatini, kuch va vositalari to‘g‘risida avvalroq qilingan xulosalarini rad etish uchun kerak bo‘ladi.

Eshitish – tunda ko‘rinishi yomon bo‘lgan sharoitlarda, dushman bilan bevosita to‘qnashib turgan hollarda, dushman egallagan hududda harakat qilayotganda hamda razvedka organlarining front ortida harakatlanayotganda eshitish usuli qo‘llaniladi. Razvedkaning eshitish usulining mohiyati dushmanning harakat xarakteri, tovush belgilari va demaskirovka alomatlari bilan aniqlash kiradi.


Bular quyidagilar:

  • jangovor texnika, odamlar harakatlari;

  • qurollardan otish tovushlari;

  • muxandis ishlar olib borgandagi tovushlar;

  • boshqarish uchun beriladigan komandalar va signallar.

Eshitish usullari bilan dushman haqida muhim ma’lumotlarni olish mumkin. Gohida dushmanni tarkibini, kurol-aslahasini, qaerdan kelganligini, dushmanning nima qilmoqchi ekanligini, jangovor holatini, qo‘shinlarning siyosiy-ruhiy holatini bilish (aniqlash) qiyin bo‘ladi. Bu hollarda razvedka ma’lumotlarini yig‘ish razvedkaning boshqa usullari bilan bajariladi. Razvedkani eshitish usuli yoki texnik vositalar yordamida olib borish mumkin. Ayniqsa eshitish uchun sharoit sokin yozgi va kuzli faslda qulay hisoblanadi.
Eshitish postiga vazifani joyda kunduzi qo‘yiladi. Unda ko‘rsatiladi: tungi paytda ko‘rinadigan orientirlar, dushman haqida ma’lumot, postni jihozlash o‘rni, qanaqa tovush alomatlariga asosiy e’tiborni qaratish, razvedkani olib borish vaqti, bildiruv berish tartibi. Agar eshitish posti front ortida jo‘natilsa razvedkachilarga borish va qaytish tartibi va parol ko‘rsatiladi. Ularni panalash uchun navbatchi o‘t ochish vositalari tayinlanadi. Vaqt mavjud bo‘lganda razvedka usulining eshitish olib borish uchun tayinlangan kuzatuvchilar oldindan (qorong‘i bo‘lguncha) dushmanni o‘rnashgan joyini, belgilangan hududning joyini, borish va qaytish yo‘llarini o‘rganib chiqadilar. Qorong‘i tushganda belgilangan vaqtda razvedkachilar yashirin tarzda belgilangan joyga harakatlanadilar va eshitish usulida vazifani bajarishga kirishadilar. Front ortida harakatlanayotgan razvedkachilar tovushlarni ajrata bilishi va tovush manbaini masofaga qarab aniqlab olishlarini bilishlari kerak.
Suv havzasini razvedka qilish vaqtida razvedka otryadi o‘zining qirg‘og‘i va qarama-qarshi qirg‘oqda dushmanning mavjudligi, tarkibi va harakatlari tavsifini, suv havzasining tavsifi va uning yoqasidagi suv bosadigan o‘tloq erlarning holatini belgilaydi. Razvedka otryadi suv havzasi tomon keng front bo‘ylab, yashirincha chiqib boradi. Suv havzasiga olib boradigan yo‘llarda dushman mavjud bo‘lgan taqdirda otryad uning tayanch punktlarini fosh qiladi, jangovar tartibdagi oraliq ochiq joylarni aniqlaydi va ulardan foydalanib, suv havzasiga chiqib boradi, uning kengligi, chuqurligi, oqim tezligi, suv tubining tavsifi, qirg‘oqlarning qiyaligi va suv tubini, qirg‘oqlar va suvda to‘siqlarning mavjudligini, kechib o‘tish uchun qulay uchastkalarni, mavjud kechuv joylari, ularning holatini aniqlaydi, zarur hollarda esa qarama-qarshi qirg‘oqqa kechib o‘tadi.


Download 70,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish