O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Download 133,85 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi133,85 Kb.
#938570
1   2   3   4
Bog'liq
bbx maruza

To‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizingning xususiyati shundaki, bunda lizing beruvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish - mulkka qarash, sug‘urtalash, zarur xom-ashyolarni yetkazib berish, malakali kadrlar bilan ta’minlash, marketing xizmati ko‘rsatish va tayyor mahsulot reklamasini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizing bu shartnoma imzolagan tomonlarning lizing obyektiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni avvaldan kelishgan holda taqsimlab olishdir. Masalan, lizing oluvchi mulkni ekspluatatsiya qilish normalariga rioya qilishni o‘z zimmasiga oladi, lizing beruvchi esa obyektni soz holda saqlash uchun xarajatlarni to‘laydi. Bosh lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasida umumiy shartnoma tuzilishini ifodalaydi. Bu shartnoma lizing oluvchiga lizingga olinuvchi mulk ro‘yxatini yangi shartnoma imzolamasdan to‘ldirish imkonini beradi.
Lizing bitimining asosiy ishtirokchilari joylashgan mamlakatga bog‘liq holda lizing ichki (bitta mamlakat ichida) va tashqi (xalqaro) turlarga taqsimlanadi. Xalqaro lizing o‘z navbatida quyidagicha tasniflanadi: 1 • import lizingi – lizing beruvchi xorijiy mamlakat hisoblanadi; • eksport lizingi – lizing oluvchi xorijlik bo‘ladi; • tranzit lizing – bitimning uchala ishtirokchisi ham turli xil mamlakatlarda bo‘ladi. Xalqaro amaliyotda lizingning yana bir turi – “dabl dip” bitimlari ishlab chiqilgan. Ularning ma’nosi ikki yoki undan ortiq mamlakatlardagi soliq imtiyozlaridan iborat, ya’ni, masalan, Buyuk Britaniyada lizing oluvchining soliq imtiyozlaridan oluvchi foydasi AQSH da lizing oluvchilarnikiga qaraganda ko‘p. Natijada Angliyalik lizing kompaniyasi mulkni sotib oladi va uni amerikalik lizing kompaniyasiga ijaraga beradi, u esa mulkni o‘z navbatida mahalliy aviakompaniyalarga ijaraga beradi. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida lizingni soliq va amortizatsiya imtiyozlari bo‘yicha – haqiqiy va soxta turlarga taqsimlash ham keng tarqalgan.
Soxta lizing mamlakatda amal qiluvchi soliq va boshqa imtiyozlar hisobiga foyda olishga qaratilgan. Lizingning “haqiqiy” ligini aniqlash maqsadida dunyo mamlakatlarida lizingning asosiy jihatlari tartibga solinuvchi bir qator normativ-qonun hujjatlariga tayaniladi. Bunda turli mamlakatlarda lizing shartnomasini tuzish haqida turli xil belgilarning mavjudligiga qarab baho beriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi “Lizing to‘g‘risidagi” Qonuni va Soliq Kodeksiga asosan quyidagi belgilarga amal qilinganda shartnoma lizing shartnomasi hisoblanadi:
• bitim amal qilish muddati davomida lizing obyektining huquqiy egasi lizing beruvchi, iqtisodiy egasi esa foydalanuvchi hisoblanadi;
• mulk egasi tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi, belgilangan imtiyozlarga ega bo‘ladi hamda obyekt qiymatini to‘liq yoki qisman moliyalashtiradi. Qo‘shimcha xizmatlar lizing to‘lovlari qatoriga kiritiladi;
• ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining 80% dan ortiq bo‘ladi;
• ijarachi asosiy vositalarni ijara muddati tugagach qat’iy belgilab qo‘yilgan narxda yoki ijara tugagach belgilanuvchi narxda sotib olish huquqiga ega;
• ijara muddati tugagach ijaraga olinuvchi vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki qiymatining kamida 20 %ini tashkil etadi;
• butun ijara davri bo‘yicha joriy to‘lovlar miqdori ijaraga olinuvchi vositalarning 90 %dan ortiq bo‘ladi. Agar bitim yuqorida sanab o‘tilgan shartlardan hech bo‘lmasa bittasiga javob beradigan bo‘lsa, bunda haqiqiy lizing haqida gap borayotgan bo‘ladi.
Haqiqiy lizing huquqiy jihatdan amaldagi qonunchilikka hamda lizing shaklining iqtisodiy mohiyatiga mos kelishi zarur. Lizingni lizing to‘lovlari xarakteri bo‘yicha taqsimlash ham qiziqish uyg‘otadi:

Download 133,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish