O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi



Download 9,92 Mb.
bet7/12
Sana12.06.2022
Hajmi9,92 Mb.
#657841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
bobabdoshlar oilasi

2.2 6-rasm Afrika bobab daraxti mevasi va guli
Tugunchaga o‘tgan chang nayi o‘sishni davom etdirib, mikropile orqali nutsellusga, undan esa murtak xaltasiga o‘tib o‘z mahsulini to‘kadi. Murtak xaltasiga ikki spermadan birining tuxum hujayra bilan qo‘shilishi tufayli diploid zigota, ikkinchisi markazda turgan murtak xaltasining diploid yadrosi bilan qo‘shilishidan triploid yadro vujudga keladi. CHang nayining vegetativ yadrosi va shu yadro joylashgan hujayradagissitoplazma murtak xaltasi sitoplazmasida hazm ketadi.Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasi urug‘chining tuzilishi. Gulli o‘simliklar urug‘chisi, ularning turiga qarab bir yoki bir necha meva bargidan tashkil topgan bo‘ladi. Meva barglari yon tomoni bilan o‘zaro birlashib megasporalar, megagametalar hosil qiladigan va urug‘lanish ro‘y beradigan yopiq organ — urug‘chini hosil qiladi. Urug‘chi 1,2,3,4,5 va undan ortiq mevabarglarning birlashishidan shakllanishi mumkin. Ichki tuzilishiga ko‘ra, mevabarglar vegetativ barglarga o‘xshash. Mevabarg vegetativ barg singari ustki va ichki tomondan epidermis bilan qoplangan. Ustki epidermisda labcha va og‘izchalar joylashgan bo‘ladi. Ayrim hollarda ichki epidermisda bez shaklida tuklar hosil bo‘ladi. Bu bezlarssitrus o‘simliklarida meva shirali qismining shakllanishiga sabab bo‘ladi.Mevabarglarning tuzilishidagi qiziq xususiyatlardan biri — undagi tomirlanishdir.

2.2 7-rasm Afrika bobab daraxtzori
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, ularning tomirlanishi vegetativ tomirlanishga o‘xshab ketadi. Lekin unda qat’iy qonuniyat mavjud. Tomirlanishning asosiy vazifasi urug‘kurtakni oziq bilan ta’minlashdan iborat. Har bir urug‘kurtak bitta tomir (o‘tkazuvchan nay) bilan bog‘langan. SHunday qilib, mevabarg — shakli o‘zgargan, jinsiy jarayon sodir bo‘la- digan va shu jarayon natijasida hosil bo‘ladigan urug‘kurtakni himoya qilish vazifasini bajaradigan yon tomonlari bilan o‘zaro birlashgan vegetativ barg yoki barglar to‘plamidan iborat. SHunday qilib, mevabarg gulli, urug‘li o‘simliklarning yopiq urg‘ochi jinsiy organi — urug‘chisi hisoblanadi. Urug‘chi odatda — tuguncha, ustuncha va og‘izchadan iborat Tuguncha — urug‘chining Lastki kengaygan qismi. Urug‘- chi barg yoki urug‘chi barglar yon tomoni bilan o‘zaro bir- lashib, urug‘chining kengaygan yopiq qismi — tugunchani 11 42 177 hosil kiradi. Tugunchaning ichki tomonida urug‘kurtak hosil bo‘ladi.Tugunchaning yopiq ichki bo‘shlig‘i urug‘kurtak va unda sodir bo‘ladigan jarayonlarni muhofaza qilish vazifasini bajaradi. Urug‘ kurtakning tuguncha ichida bo‘lishi bilan gulli o‘simliklar ochiq urug‘lilardan fark qiladi. Ochiq urug‘lilarda urug‘kurtak megasporofillar qo‘ltig‘ida joylashgan bo‘ladi. Urug‘lanishdan so‘ng gulli o‘simliklarda ham ochiq urug‘lilardagi singari urug‘ hosil bo‘ladi.Ustuncha va tumshuqcha birlashgan mevabargning uchida hosil bo‘ladi. Ayrim hollarda ustuncha juda qisqa yoki umuman rivojlanmagan bo‘ladi. Bunday holda tumshuqcha tugunchaning ustki qismidan joy oladi.
Tumshuqcha changni tutib turish va uni o‘zidagi mavjud shirin suyuqlik (oziq modda) bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Tumshuqchada chang o‘sa boshlaydi va tuguncha orqali urug‘chining tuguncha qismiga o‘tadi. Umuman urug‘chi yuksak o‘snmliklar orasida faqat yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xos yangi organ hisoblanadi.


Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish