O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti tariх fakulteti, Tarix kafedrasi Tarix mamlakatlar va mintaqalar boyicha



Download 0,73 Mb.
bet2/4
Sana25.02.2022
Hajmi0,73 Mb.
#311370
1   2   3   4
Bog'liq
Qurbonov Diyor BMI

Tadqiqotning xronologik doirasi. Tadqiqot ishida mil.av. IV asrdan – milodiy XIX asrlar doirasida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi. Voyangan va Katqal’a yodgorliklari misolida Xorazmda shaharsozlik an’analari va uning o’ziga xos xususiyatlarini yoritish, Xorazmning siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy tarixining dolzarb masalalarini imkon doirasida asoslab berish. Katqal’a va Voyangan yodgorliklari haqidagi manbalar ma’lumotlari asosida, Xorazmning qadimgi va ilk o’rta asrlar savdo munosabatlari tarixini yoritish, mavzu bo’yicha yangi nazariy bilim va qarashlarni shakllantirishdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar qo’yildi: Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o’rganish va qiyosiy tahlil qilish asosida, Katqal’a va Voyangan yodgorliklari tarixi misolida Xorazm va O’zbekiston hududida shaharsozlik an’analarining shakllanishi va rivojlanishi tarixini yaratish; yodgorliklardan olingan so’nggi ma’lumotlar asosida ularning xaritasini tuzish; Voyangan va Katqal’a yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish va mavsumiy statsionar tadqiqotlar olib borish; tadqiqotni ijobiy amalga oshirish uchun mazkur amaliy tadqiqot ishlariga respublikamizdagi tajribali mutaxassislarni jalb qilib borish, kabi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lardi.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Katqal’a va Voyangan yodgorliklari tarixini o’rganish va shu asosda Xorazmda shaharsozlik va davlatchilik an’analari tarixini tahlil qilish. Arxeologik va yozma manbalar, tarixiy tadqiqotlar. Tadqiqotning ilmiy manbalari. Turli arxeologik otryadlarning XIX asrning oxiridan to hozirgacha Katqal’a va Voyangan yodgorliklarida olib borilgan tadqiqotlari natijalari, qadimgi va o’rta asrlar davri yozma manbalari ma’lumotlari tadqiqotning ilmiy manbalarini tashkil etdi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Katqal’a va Voyangan yodgorliklarida olib borilgan eng so’nggi arxeologik tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi; Katqal’a va Voyangan yodgorliklari tarixini ilmiy jihatdan o’rganish natijasida, ularning tarixiy taraqqiyot dinamikasi Xorazm va O’zbekistonning boshqa hududlaridagi, boshqa yodgorliklar bilan taqqoslanib, qiyosiy jihatdan qayta ishlandi va takomillashtirildi; Katqal’a va Voyangan yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida ba’zi bir ilmiy xulosalar chiqarildi; Katqal’a va Voyangan yodgorliklari tarixi aks etgan arxeologik manbalar yozma manbalar ma’lumotlari bilan taqqoslandi va “ Katqal’a va Voyangan yodgorliklari arxeologiyasi” bo’yicha yangi ilmiy yo’nalish rivojlantirildi.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish