O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch Davlat univеrsitеti Pedagogika fakulteti


-§. Tasviriy san’at o`quvchilarda nafоsat tarbiyasini shakllantirishdagi asоsiy vоsita ekanligi



Download 172,87 Kb.
bet2/8
Sana10.04.2023
Hajmi172,87 Kb.
#926653
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atabekova Lobarxo

1.1-§. Tasviriy san’at o`quvchilarda nafоsat tarbiyasini shakllantirishdagi asоsiy vоsita ekanligi

O‘zbek xalqi boy an’ana va udumlarga ega, u to’y tantanalari, marosimlari, mehmon kutish, dasturxon tuzash, milliy taomlar pishirish va boshqa jihatlari bilan butun dunyoga mashhur. Asrlar mobaynida xalqning har qanday rasm-rusumlari, urf-odatlari
qadriyatlari avloddan-avlodga o’tib keldi. Mustaqillikka erishgach, bu odatlar, udumlar, qadriyatlar yanada mukammallashdi, rivoj topdi.
Yoshlarni bar tomonlama estetik idrokli qilib tarbiyalash muammolarini hal etishda jamiyatimizning eng ishonchli tayanchi oiladir. Yoshlarni estetik tarbiyalash, awalo, ularning urf-odatla-rimiz, qadriyatlarimizni tiklashda faol ishtirok etrishlarini taqozo etadi. Bugungi kun oila masalasini, er bilan xotin orasidagi, ota-ona va bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni to’g’ri va ijobiy hal etish farzandlar tarbiyasida asosiy shartlardan bin bo’lib qolmoqda.
Darhaqiqat, o’tmishda xalq pedagogikasi asosida tarbiya topgan komil insonlar ijobiy xislatlar sohibi sifatida barchaga namuna bo’lishgan. Tarbiya tarixidan ma’lumki, jamiyatning o’zagi sanalmish liar bir xonadonda bolaga yoshligidanoq sharqona go’zal odobning ilk saboqlari erinmay o’rgatilgan. Milliy tarbiya bolani ko’p tomonlama tarbiyalashni maslahat beradi. Bular badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, go’zallik va nafosat tarbiyasi, axloqiy tarbiya, vijdoniy-nafsiy tarbiya. Bu borada oila va jamiyat maqsadlari o’xshashdir.
Ma’lumki, oila totuvligi masalasi insoniyatning doimiy muam-molaridan biri bo’lib kelgan, chunki oila yoshlarni tarbiyalashning eng ishonchli maskanidir va unda estetik tarbiyaning ahamiyati kattadir.
Mustaqilligimizni mustahkamlash, har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazish, yuksak estetik madaniyatni qaror toptirish hamda xalqning estetik qarashlarini shakllantirish singari ulkan vazifalarni oila tarbiyasisiz amalga oshirib bo’lmaydi.
Nafosat shunday gavhardirki, u har qanday o’rinda kattaga ham, kichikka ham birdek yarashadi. Shuning uchun ham boboka-lonlarimiz hamisha go’zal axloqqa intilib yashaganlar.
Hazrati inson... Dunyoda undan aziz-u mukarram xilqat bormi? Tangri Taolo insonni aziz-u mo’tabar etib, “Bandam — mening yerdagi xalifam” degan. Uning uchun hamma narsani, ehtiyojiga kerakli barcha noz-ne’matni ham muhayyo qilgan. Yer, samo, tog’-u toshlar, jannatmakon bog’-u rog’lar, sharqirab oqqan ming dardga davo obi hayot, qir-u, o’rmon-u, dengizlar, hamma-hammasini inson manfaati uchun bunyod etgan. Boshqa mahlu-qotlardan ustun tarzda insonga go’zal siymo, aql-u idrok, fahm-u farosat, yuksak did ato etgan. Bir-birini sevsin, hurmat-u e’zoz etsin deya qalbiga mehr-u muhabbat hissini solgan.
Insonni to’g’rilikka, oqibatli bo’lishlikka chaqirgan.
Insonning olamdagi barcha mavjudotdan sharifligining boisi, uning qalbi, ko’ngli, ruhi Arshi A’lodan berilganidur. Ammo shuni bilmoq kerakkim, dil odamining go’zalligi insonni farish-talar olamiga yaqinlashtiradi. Va, aksincha, inson dilining nopokligi, uni hayvonot olamiga teng qiladi.
Alisher Navoiy 18 ming olam haqida gapirib, bunday deydi: “Yer uzra yuz minglab ajoyib shakllar bor. Har bir shaklning o’ziga xos tovlanishlari, turlanishlari bor. Tasawur qilaylik; teva-rak-atrofda dengizlar yoki tog’lar, dasht-u sahrolar yoki gul-shanlar, to’rg’ay va bulbullarni maftun etuvchi rango-rang nafis gul va lolalar, turli iqlimlar va mamlakatlar, daryolar, buloqlar va hokazolar mavjud. Bular atrofida yana 9 qavatli osmon, sobit-u sayyoralar, yulduzlar, mamlakatlar bo’lib, bari son-sanoqsizdir. To’rt unsur, yetti osmon, va olti tomon koinotning nodir va oliy asosidir. Koinotdagi barcha mavjudotlar ichida eng ulug’i Inson va uning ko’nglidir”.
Dil boyliklari, ruh olamining go’zalliklari inson foniy dunyo-dan ketayotganida ham u bilan birga abadiyat olamiga hamroh bo’lib boradi. Hamrohgina emas, odamning jon-u dili, asosiy mohiyati bo’lib, mangu rohat-farog’at topadi.
Inson dili ilohiy sirlarning gulshani bo’lib uni pokiza saqlash, aziz, muqaddas bilish har kimning insoniylik shartidur
Ma’lumki, Oliy va o'rta maxsus pedagogika o‘quv yurtlarida ta’lim mazmuni
kunning eng dolzarb vazifalaridan biri boiib turibdi. Bu vazifani hal etish hozirgi davr
o‘qituvchisini o‘z fani doirasida chuqur va keng bilimli, shuningdek, ijodkor va
izlanuvchan boiishini talab qiladi.
Shu maqsadda boshlangich ta’lim va tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida «Tasviriy
san’at o‘qitish metodikasi» fani o‘qitiladi. Bu fanning asosiy maqsadi talabalarni
boshlangich sinflardagi «Tasviriy san’at» darslarini o‘qitishga tayyorlash, tabiatdagi
hamda tasviriy san’at asarlaridagi go'zallikni ko‘ra bilish va idrok etish, badiiy did,
ko'rish xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasawur, kuzatuvchanlik va badiiy ijodiy
qobiliyatiami o‘stirishdan iborat.
«Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» kursining asosiy vazifalari quyidagilar: -
boiajak boshlangich sinf o‘qituvchilarida tasviriy san’at metodikasi bo‘yicha
bilim va malakalami hosil qilish va o‘stirish;
- bolajak boshlangich sinf o‘qituvchilariga tasviriy san’atning nazariy va amaliy asoslari (yonig‘, soya, perspektiva, kompozitsiya) haqidagi bilimlarni puxta egallashga
yordam berish;
- boiajak boshlangich sinf o'qituvchilarida rasm ishlash va badiiy ijod bo‘yicha
ko‘nikma va malaka hosil qilish;
- o‘zbek va jahon xalqlari tasviriy, amaliy va me’morchilik san’ati bilan
yaqindan tanishtirish va chuqur o‘rgatish;
- tasviriy san'at o‘qitish metodikasining o‘ziga xos rivojlanishi tarixi, maqsad
va vazifalari, nazariy asoslari haqida ma’lumot berish;
- talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yoilari bilan
tanishtirish.
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi mashg'ulotlarida fanning nazariyasi va
o'qitish usullari, shuningdek, tasviriy san’at asoslari hamda uning tarixi masalalariga
alohida e’tibor berilgan. «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» kitobi ketma-ketlik
bosqichlari asosida tasvirlar chizish, mustaqil ravishda tasviriy va amaliy mavzularga
kompozitsiyalar ishlash, loy va plastilindan har xil narsalar haykalchalarini yasash,
rang xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, tasviriy san’at tarixi asoslarini o‘rganish hamda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tasviriy san’at o‘qitish metodikasiga oid materiallami o‘z ichiga oladi. Talabalarga ta’lim berishning asosiy shakllari: ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar ishlari va mustaqil tayyorianish. Talabalar ma’ruzalarda tasviriy san’at fani va uni o‘qitish metodikasining nazariy asoslari, metodlari va uning tarixiy rivojlanishini o'rganadilar, tasviriashning nazariy asoslari, san’at tarixidan qisqacha ma’lumotlar hamda umumta’lim boshIang‘ich maktablarining tasviriy san’at bo‘yicha dasturlari mazmuni bilan tanishadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar qalam yordamida tasvirlashning oddiy
asoslaridan boshlab murakkab narsalarni tasvirlashgacha boMgan chuqur bilim va
amaliy malakalami o‘zlashtiradi, rangtasvir va kompozitsiya bo‘limlarida rang bilan
ishlash xususiyatlarini amalda bajarish, badiiy asarlarga esa illyustratsiyalar ishlashni
o‘rganadilar. Shuningdek, umumta’iim maktablarining boshlang‘ich sinf dasturlariga
muvofiq talabalar mavzuli-tasvirli rejalar, dars turlariga ishlanmalar tuzadi, ulargadidaktika materiallar tayyorlaydi hamda badiiy bezak san’ati va amaliy grafik ishlar, haykaltaroshlik bilan shug‘ullanish nazarda tutilgan. Rasm chiza bilish va hamma
masalalarga ijodiy yondashish barcha sohalarda zarurdir. Ijodiy yondashish butunlay
yangi g‘oyalar va iasawurlami vujudga. keltiradi, shaxsni badiiy rivojlantirishda
muhim o‘rinni egallaydi. Metodika ta’lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining
o‘quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunining xususiyatlariga qarab chiqadi.
Ma’lumki, maktabda o‘qitishning xilma-xil metodlari qoilaniladi. Bu yerda ta’lim
usuli, o‘quv materiallarining joylashishi (o‘quv, reja, dastur), ta’lim prinsiplari va yana
(so‘ngida), o‘quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim
ahamiyatga egadir.
«Metod» so‘zi grekcha boiib, «Tadqiqot yoli» «bilish usuli ma’nosini anglatadi.
Pedagogik o'qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilaming bilim, mahorat va
malakalarini egallashida, ulaming ijodiy qobiliyatlarini rivoj lantirishda va
dunyoqarashini tarkib toptirishda o‘qituvchilaming qoilagan ish usullari tushuniladi.
Metodika so‘zi avvalo ta’lim va tarbiyaning samarali usullarini majmui
ma’nosini bildiradi, mazkur darslik umumta’lim maktablarining boshlangich sinflarda
tasviriy san’atni o‘qitish metodikasining bir qator jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Tasviriy san’at o‘qitish metodlari deganda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan
ishlash usullari natijasida o‘quv materiallarini yaxshi bilib olish darajasiga erishish va
o‘zlashtirish darajasini oshirilishi nazarda tutiladi. Har bir o‘qitish metodlari
o‘quvchilar egallashi lozim boigan bilimlarining mazmuni (hajmi)ga monand tarzida
ta’lim maqsadiga, o‘quvchilaming yosh va fiziologik xususiyatlariga bogiiq. «Usul»
iborasi pedagogik adabiyotlarida tez-tez uchrab turadi. o‘qitish usuli - bu ta’lim-
tarbiyada alohida qismi hisoblanadi, ulaming yigindisi o‘qitish metodlariga kiradi.
Umumiy yo‘nalishga qaratilgan ma’lum bir o‘qitish metodlari va usullarining
majmuasidan o‘qitish tizimi tuziladi. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi pedagogik
ilmiy fan sifatida tajribada sinalgan ishlaming nazariy qismlarini umumlashtirib,
amaliyotda samarali natijalar bergan o'qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika,
asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga
asoslanadi. U tasviriy san’atni o‘rgatish qonun qoidalarini ta’riflab beradi, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi.
Amaliy metodika, ta’lim va tarbiyaning rivojlanish jarayonini o‘rganadi.
Pedagogik mahorat ko‘nikmalarini o‘rganish uni egallashga qaratilgan ma’lum
iste’dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar (moyilliklar) mavjud boiishini talab etadi, chunki
metodika fani san’at pedagogikasining mashaqqatli murakkab va juda mas’uliyatli
sohasidir.
Demak, tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi fani pedagogika ilmining
o‘quvchilami tasviriy san’atga o‘rgatish mazmuni, vazifalari va metodlarini
o‘qitishning mazmuni, vazifalarini va metodlarini aniqlovchi, ijodiy ishlardagi oqilona
usullarini o‘rganuvchi, ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalariga tayangan holda
samarali o‘quv jarayonini tashkil etuvchi, shakl va yo‘llarini tadqiq etuvchi sohasidir.
Tasviriy san’at metodikasi metodika fanining boshqa sohalari kabi umumiy va xususiy
turiarga ajratiladi.
Umumiy metodika - o‘quv fanning nazariy qismini asoslariga qarashli savollami
va ko‘pchilik fanlarga tegishli o‘qitish usul va uslublarini qo‘llanishlarini ko‘rib
chiqadi.Bular,quyidagilar:
- tasviriy san’at fanining maqsad va vazifalari;
-tasviriy san’at fani dasturiarining tuzilishi va mazmuni;
- o'qitishning tashkiliy shakllari va metodlarini ishlab chiqish; - ko'rgazmali
metodik vositalami tadqiq qilish va tanlash (o‘quv ko‘rgazmali qurollar va texnik
vositalari);
- tasviriy san’atning boshqa fanlar bilan bog'liqligi (adabiyot, musiqa, biologiya,
tarix);
-tushunchalami, iboralami ta’riflash va boshqalar. Xususiy metodiica - biron-
bir o‘quv fanining o‘qitish uslubi nazarda tutiladi.
- ko‘rgazmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;
- amaliy va ijodiy ishlaming mazmunlari aniqlanadi va h.k. Hozirgi kundagi
rasm o‘rgatish metodikasi birdaniga kelib, shakllangan emas, bunga qadar mazkur
metodika shakllanishi va murakkab taraqqiyot yoiini bosib o‘tdi. Respublikamizda
tasviriy san’atni o‘rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlaming qator izlanishlari, o‘quv qoilanmalaming ahamiyati juda katta o‘rin
tutadi. Badiiy pedagogika metodika sohasidagi so‘nggi yutuqlari ko‘rsatilgan va
talabalami pedagogik faoliyatga tayyorlash, ulami metodik bilim va mahoratlar bilan
qurollantirish, o‘qitish san’atini egallashsga yordam berishni o‘ziga asosiy maqsad
qilib qo'ygan.
O‘qituvchi tasviriy san’at darslarining tashkilotchisi, rahbari va ilhomchisi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga dastur
asosida o‘qitiladigan tasviriy san’at mashg‘ulotlari narsaning asliga qarab tasvir
chizish; xotira va mavzu asosida tasvir chizish; dekorativ amaliy san’at va
haykaltaroshlik; san’atni idrok qilish kabi turiarda olib boriladi. Quyida biz tasviriy
san’at fanning turiarini ko‘rib chiqamiz. 0 ‘qituvchi tasviriy san’at darslarida
o‘quvchilami dars mavzusiga aktivlashtirish uchun dars mavzusining mazmuni,
hayotdagi ahamiyati va uni chizish qoidalarini tushuntirishi zarur. Ba’zida
o‘qituvchilar tasviriy san’at darslarini tashkil etish uchun o‘quvchilarga dars mavzusi
yuzasidan savollar berib, unga berilgan javoblami to‘Idirish kabi vositalardan
foydalaniladi. o‘quvchiíar dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda
bajarayotgan ishlari vositasi bilimga, malakaga, ijodiy ko‘nikmaga ega bo'ldilar,
o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilaming mustaqil ishlariga yordam berishi,
rag‘batlantirish metodi asosida ilhomlantirish, yutuq va kamchiliklarini o‘z vaqtida
ko‘rsatish, ulami o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlashida rahbarlik qiladi.



Download 172,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish