O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch Davlat univеrsitеti Pedagogika fakulteti



Download 172,87 Kb.
bet6/8
Sana10.04.2023
Hajmi172,87 Kb.
#926653
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atabekova Lobarxo

Amaliy metodlar. Tasviriy san'atga o'rgatish mobaynida bolalar turli materiallardan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Rasm chizish, loydan buyum yasash, applikatsiya turli metodlardan hamda o'rgatish usullaridan foydalanishni talab qiladi, shu jumladan, bolalarda ko'nikma, malakalarni hosil qiladigan amaliy metodlardan ham foydalanish talab qilinadi. Amaliy metodlardan asosiysi bo'lmish, texnik va ba'zan tasviriy malakalarni o'rgatadigan mashqlardir.
Kichik guruhda bu mashqlar bolalar uchun zerikarli emas, chunki yumaloq shaklli predmetlarni yasashni o'rganib, bolalar koptokni, olmani, apelsinni va shu kabi predmetlarni yasaydilar. Yo'llarni, yomg'irlarni chizib, ular gorizontal va vertikal chiziqlarni chizishni mashq qiladilar. Katta guruhdagi bolalar oldiga esa, to'g'ridan to'g'ri ma'lum bir topshiriq qo'yiladi, ya'ni chiroyli va to'g'ri shtrix bilan chizishga o'rganish. Shtrixlab chizishni ko'rsatib bergandan so'ng, bolalarga murakkab bo'lmagan predmet konturini (Masalan, uy, qo'ziqorin, olma) chizib olib, uni ozoda qilib bo'yamaslik rasmni xunuk qilib qo'yishini biladilar va sidqidildan mashq qiladilar. Mashqlardan tasviriy xarakterga ega bo'lgan topshiriqlarni tushunish uchun foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bir. chiziq bilan inson boshining yonlamasiga qiyofasini chizishni ko'rsatib berganidan so'ng, bolalar odam boshining rasmini bir necha marta qayta-qayta chizadilar.

Evristik metod. Evristik metod grek so'zidan kelib chiqqan bo'lib, «Evristika» - haqiqatni topish san'atidir. Bu metod topqirlikni, faollikni rivojlantirishga yordam beradi. Tarbiyachining vazifasi bolalarning tasviriy faoliyatini shunday tashkil qilish kerakki, u faol va ijodiy bo'lsin. Har bir mashg'ulot faqatgina didaktik vazifani emas, ya'ni ma'lum bir predmetning tasvirini o'rgatish emas, balki boladan ishni mustaqil bajarishni ham talab qiladi. Shu maqsad bilan tarbiyachi turli xil usullardan foydalanishi mumkin: maslahat, maqtov, topshiriqni bajarish usulining ko'rsatmasi (to'liq bo'lmagan), o'yinchoq ko'rsatmasi, eslatma va shu kabilar. Bolani shunday holatga qo'yish kerakki, u o'ylagan o'yini bajarishi uchun o'zi yo'l topsin. Shunday qilib, u yoki bu metod va usullarni tanlash quyidagilarga bog'liqdir:

* mashg'ulot mazmuniga va mashg'ulot oldida turgan maqsadga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga; bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga; bolalar foydalanadigan tasviriy materiallariga bog'liqdir. Atrof olam haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash maqsadli mashg'ulotlarda, asosan og'zaki metodlar qo'llaniladi: suhbatlar, bolalarning ko'rganlarini xotiradan qayta eslash uchun 'yordam beradigan savollar. Tasviriy faoliyatning turli ko'rinishlarida o'rgatish usullari turlichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi. Masalan, mazmunli mavzularda kompozitsiyaga o'rgatish vazifasini rasmga, kartinalarga qarab tushuntiriladi, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chiziladi. Bu masala loydan buyum yasaganda, shakllar ularning holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va hokazo. Bu yerda alohida tushuncha yoki ko'rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o'ylab, mashg'ulot oldida turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan mashg'ulotning mazmuniga nisbatan va asosan ushbu guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak. Mashg'ulotda alohida metod va usullar - ko'rgazmali va og'zakilari o'zaro qo'shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga umumiy ta'lim jarayonida bog'lanadi. Ko'rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining moddiy, hissiy asosini yangilaydi, so'z esa to'g'ri tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarini va tasvirlayotganlarini umumlashtirishning shakllanishiga yordam beradi.


Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi [4].
Ta'lim sohasini rivojlantirishning omillaridan biri o'qitishning yangi zamonaviy texnologiyalarini joriy qilishdan iboratdir. O'qituvchi o'z mutahassisligi bo'yicha egallagan bilimidan tashqari pedagogik va psixologik bilimlarni, yangi pedagogik texnologiya va o'qitish metodikalari yig' indisi bo'lgan zarur pedagogik minimumlarni egallagan bo'lishi shart [9].
Ma'lumki, o'qituvchilik kasbi juda mashaqqatli kasb hisoblanadi. O'qituvchi dars berishdan oldin avvalambor darsga tayyorgarlik ko'rib, ajratilgan vaqtdan unumli foydalanib pedagogik mahoratini o'z talabalariga ko'rsatib o'zining fanidan ta'lim - tarbiya berishga intiladi. Shuni aytish joizki hozirgi zamon talablariga mos holda dars o'tish yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish lozim. Biz bilamizki XXI asr texnika asri hisoblanib shunday ekan bizga texnik asbob-uskunalardan programmalardan keng unumli foydalanib turli xil slaydlar orqali turli xil didaktik o'yinli texnologiyalarni tashkil etib dars jarayonini samarali o'tishiga harkat qilish kerak, albatta. Fan va texnika taraqqiyoti insoniyat faoliyatining turli sohalari, kishilarning bilimlari, texnika madaniyati va politexnik ma'lumotiga katta talablar qo'yilmoqda va ular grafik faoliyat bilan uzviy bog' langandir [7].
Talaba o'quvchilarni bilim saviyasini oshirish uchun didaktik o'yinli texnologiyalar yordamida dars jarayonida qo'llash uning samarasiga erishish hamda mavzuni o'zlashtirib olganligi haqida bilib olishimiz mumkin. Shu o'yinlar orqali talabani qanday bilimlarga ega ekanligi haqida ularning fazoviy tasavvurlarini oshiribgina qolmay endiki uni shu fanga qiziqishlarini rivojlantirishga ega bo'lamiz. Bunda talabaning psixik o'zgarishlariga mos didaktik metodlarni qo'llab, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Didaktik o'yinlar ko'pi chizmani o'qishga qaratilgan. Ularni darsning o'rtasida o'quvchilar ongiga biror grafik tushunchani tarkib toptirish maqsadida qo'llash mumkin ammo o'yinga berilib ketib dastur materiallardan chetga chiqmaslik kerak. Didaktik o'yinlarni tuzishda har bir darsni muayyan bo'laklarga ajratib, o'zlashtirilishi shart bo'lgan tushuncha va ko'nikmalarni belgilab chiqish, so'ngra dars bosqichlariga tegishli o'yinni oldindan rejalashtirib qo'yish va u darsning umumiy yo'nalishiga uyg'unlashib ketishi kerak. Shundagina mazkur o'yinlar talabalarning grafik savodxonligiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Umumta'lim maktablaridagi tasviriy san‘at fani o'quvchilaming fazoviy tasavvurlarini, ko'z bilan chamalash, ko'rish xotirasi, topqirlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati juda katta [6].
O'yinlar turli maqsadlarga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo'llaniladi [3].
O'yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko'nikmalami qo'llash, umumta'lim malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo'ladi.
O'yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma'naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o'yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog'ishtirish, o'xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o'quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi.
Ijtimoiylashuv o'yinlari jamiyatning me'yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko'nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o'z-o'zini boshqarish, muloqotga o'rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.
Inson hayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi[2]:


Xulosa.
O’qituvchining talabaning o’rniga o’tirib ishni bajarish ketma – ketligini, uni
konstruktiv qurilishini, soya – yorug’liklarini shtrixlar asosida berishni ko’rsatishi
o’rganuvchining ijodiy rivojlanishini nafaqat rivojlantiradi, balki, aksincha to’sib
qo’yadi. Uni o’z kuchiga ishonmaslik holatini keltirib chiqaradi. Bundan kelib
chiqadiki pedagogik jarayonda o’qituvchining so’zi eng asosiy o’rinda bo’lib rasm esa
to’ldiruvchi vosita hisoblanib o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi.
Sinf doskasida rasm chizish bo’lajak rassom – pedagoglar uchun muhim
ahamiyatga egadir. Doskada rasm chizish ko’rgazmalilik prinstipining muhim
vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Yangi mavzuni og’zaki tushuntirish bilan bir
qatorda qisqa muddat ichida chizilgan tasvir o’quvchilarni idrok qilish jarayonini
tezlashtiradi. Chizuvchi doskada shakllarning tuzilish qonuniyatlarini, naturani chizish
ketma – ketligini chizib ko’rsatishi zarurdir. Biroq doskada tez, malakali rasm chizish
o’qituvchidan bir qator maxsus mashqlarni bajarishni bu sohada etarli ko’nikma va
malakaga ega bo’lishni talab etadi. Bu uchun talaba eng avvalo qalamtasvir darslarida
olgan bilimlarini amalda namoyish etish zaruriyati tug’iladi. Ma’lumki qalamtasvir
darslarida chiziladigan barcha naturalar ma’lum ketma – ketlik asosidatasvirni qurishni
talab qiladi. Sinf doskasida rasm chizish ham xuddi shunday ma’lum ketma – ketlikka
rioya qilishni talab etadi. Tasvirni qurish usullarini yaxshi bilish chizuvchining
doskada rasmni ishonchli, tez va aniq chiqishi imkonini beradi.



Download 172,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish