O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch Davlat univеrsitеti Pedagogika fakulteti


-§. Tasviriy san’at mashg’ulotlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo’llari



Download 172,87 Kb.
bet3/8
Sana10.04.2023
Hajmi172,87 Kb.
#926653
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atabekova Lobarxo

1.2-§. Tasviriy san’at mashg’ulotlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo’llari

Tasviriy san‘at fanini o‘qitishda ham pedagogik texnologiyani dars texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi va ta‘lim texnologiyasi kabi ko‘rinishlaridan foydalaniladi.


Dars texnologiyasi bu berilgan ma‘lum bir vaqt ichida darsning qurilishi, tashkil etilishi va ta‘lim texnologiyasining ta‘lim berishi kafolatlaydigan pedaagogik jarayondir.
O‘qitish texnologiyasi bu tasviriy san‘at va san‘atshunoslik fanlarini o‘qitish va ular asosida nazariy va amaliy sohalardan bilim malakani o‘zlashtirish yo‘li qoidalari va majmuasi jarayonidir.
Ma‘lumot texnologiyasi bu o‘quvchilarga ma‘lumot berish mazmunida ifodalanib u tasviriy san‘at fanidan mazmunan bilim malaka berish jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida ilmiy muloqot munosabat ijodiy hamkorlik munosabatlari oraasida ifodalaniladi.
Pedagogik texnologiyani yaxshi tushuni olgan tasviriy san‘at o‘qituvchisi har qanday holatda ham dars samaradorligini oshirishga erishadi. Chunki pedagogik texnologiyaning juda ko‘plab prinsiplari borki, ularda juda ko‘plab maqsan va vazifasiga qarab foydalanish mumkin.
Borliqni idrok etish
Borliqni idrok etish o'quvchilarning estetik didini, mazkur sohaga doir
tushunchalari, tasawur va xotiralarini o‘stirishda muhim rol o‘ynaydi. Borliqni idrok
etish mashg‘ulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o‘tkaziladi.
Bunda mavzuga oid kompozitsiyaga tegishli muhim obyektlami yaxshilab kuzatadilar.
Dasturda borliqni idrok etish mashg‘uloti uchun maxsus o‘quv soatlari ham
ajratilgan. O‘qituvchi o‘z imkoniyati va sharoitidan kelib chiqib, darsni suhbat tarzida
yoki amaliy mashg‘ulot bilan qo‘shib o‘tkazishi mumkin.
Tabiat qo‘yniga qilingan sayohat tarzidagi mashg‘ulotlar jarayonida O‘quvchilar
ayrim obyektlarning xomaki rasmini oddiy qalamda yoki bo‘yoqda ishlashlari
mumkin. Mavzuli kompozitsiyalar ishlashda esa ana shu xomaki rasmlardan ham
foydalaniladi.
Borliqni to'laqonli idrok etish, tevarak-atrofni, hayotdagi voqea va hodisalarai
bevosita kuzatish asosida olingan taassurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga
nisbatan estetik munosabatda bo‘lish singarilar bilan bog‘liqdir.
Boshlangich sinflarda bolalar o‘simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlami
kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko‘rinishlari, kayfiyati (quvonchli, g‘amgin,
o‘ychan va hokazo) haqida tasawurga ega boladilar va ulami tasvirlaydilar.
Boshlang‘ich sinflarda borliq haqida suhbatlar o'tkazish o‘quvchilarga hayotdagi ba’zi
bir hodisalarai kengroq bilib olishlariga yordam beradi. Narsalarning shakli, tuzilishi,
rangi kabilarni ma’lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirishdek muhim sifatlami
o‘stirishga,imkon,yaratadi.
San’atni idrok etish
San’atni idrok etish o‘quv predmetining muhim qismlaridan biridir. Mazkur
bolimning maqsadi o‘quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va
baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam
berishdan iborat. Shuningdek, dars jarayonida olingan bilimlardan ijodiy ishlami
bajarishda samarali foydalanish ham nazarda tutiladi.
Badiiy obrazni idrok etish malakalarini rivojiantirish - san’at asarlarini
o‘rganishning asosidir. O‘quvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok etishni, uning
mazmunini maxsus iboralami qo‘llagan holda so‘zlab berishni, shuningdek, asarda
qo'llangan tasviriy vositalarni payqab olish va uni ta’kidlab o‘tishni bilishlari lozim.
San’atni idrok etishga boshlang‘ich sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. U
rangtasvir kompozitsiyasi, naturaga qarab tasviriash mashg‘ulotlarida amalga
oshiriladi.
Boshlangich sinflarda tasviriy san’at asarlarini idrok etishga oid o‘quv
materiallari-o‘quvchilarning amaliy ishlari bilan bogiiqdir. San’at asarlarining
nusxalarini ko‘rsatish va ular haqida so'zlab berish bolalarda san’atga qiziqishni
orttiradi va shu sohada shug‘ullanishga yoilaydi. Asarlarni namoyish etishda bolalar
unda ifodalangan asosiy fikr va qoilanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi.
Dasturda o‘quvchiIarga namoyish etiladigan san’at asarlarining namunaviy
ro‘yxati moijaldan ko‘proq berilgan. Bundan maqsad 0‘qituvchilaming sharoitidan
kelib chiqqan holda ularga san’at asarlarini tanlab olishlariga imkoniyat kengaytirish.
Naturaga qarab,tasvirlash
Naturaga qarab tasvirlash ikki turga bolinadi: a)naturaga qarab rasm ishlash;b) naturaga qarab haykal ishlash.a) Naturaga qarab rasm ishlash o‘quvchilarda narsa va hodisalaming hajmi va fazoda joylashuvi, ulaming birmuncha tipik belgilari haqida tasawurga ega bo‘lish imkonini beradi, tasvirlash malakalarini o'stiradi.
Dars jarayonida o‘quvchilar ishlayotgan rasmning, tasvirlanayotgan narsaning
mazmuniga mos kelishini e’tiborga olishlari, rasmda narsaiaming olchov nisbatini,
shaklini, rangini ko‘ra bilish va to‘g‘ri aks ettira olishga, tasviming estetik ifodaliligini
his eta olishni o‘rganib olishlari lozim. O‘quvchilar rejaga qarab turli badiiy
materiallardan foydalanishni bil ishlari ham zarur.
Boshlang‘ich. smilarda asosiy vazita o'quvcniiarda narsaiaming nisbati,
tuzilishi, shakli, rang jihatdan tahlil qilish va tasvirlash malakasini hosil qilishdan
iborat. Shuningdek, o‘quvchilar avval tasvirlanayotgan narsaning umumiy va estetik
jihatdan ahamiyatli tomonlarini aniqlab oladilar, keyin esa narsaning qismlari va
detallarini aks ettirishni o‘rganadilar.
Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa muddatli (5-
15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo‘lishi mumkin. Xomaki ish va
chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib chiqib, darsning boshlanish qismi,
o‘rtasi yoki oxirida bajarilishi mumkin. O‘quvchilaming ko‘rib, eslab qolish
qobiliyatini, makon haqidagi tasawurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va
tasavvur qilib rasm chizish bo‘yicha ko'proq vazifa berish kerak boladi.
Naturaga qarab chizilgan rasmlami bo'yash (ya’ni rangtasvir ishlash)
mashg‘ulotlarida bolalar e’tibori ranglar uyg‘unligini idrok qilishni rivojlantirishga,
akvarel yoki guash bo‘yoqlari bilan asliga qarab, eslab qolib va tasavvur qilib chizishga
qaratilgan. Rangtasvir mashg'ulotlari o‘quvchilarga idrok qilish orqali atrof-muhitning
ranglarda ifodalangan go‘zalligini bilish imkoniyatini berib, ularning ruhan o‘sishiga
ko‘maklashadi, bolalarning estetik didini o'stiradi.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg‘uiotlarida o‘qituvchi bolalar e’tiborini
tasvirlanayotgan obyektlaming nafis va go‘zalligi, ranglaming hamohangligi, shakl
mutanosibligiga, tasvirlanayotgan buyumlar orasidagi o'zaro mantiqiy bog‘liqlik
kabilarga qaratadi.
b) Naturaga qarab haykal ishlash o‘quvchilar uchun qiziqarli mashg‘ulot turi
bo‘lib, naturani ko‘ra bilish, uning shaklini, hajmini, tuzilishi va o‘lchov nisbatlarini
to‘g‘ri olishga o'rgatadi. Shuningdek, bunday mashg‘ulotlarda haykaltaroshlikda
qo‘llaniladigan material va asboblar bilan ishlash yuzasidan muayyan bilim va malaka
hosil qilinadi. Bulardan tashqari o‘quvchilar tuzilishi jihatidan unchalik murakkab
bo‘lmagan haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy bo‘laklaridan ishlash yo‘llarini
ham o‘rganadilar.
Bunday darslarda bolalar hajmli va relefli haykallar ishlaydilar. Natura uchun
narsaning tuzilishi, rangi, proporsiyalari aniq ko‘rinib turadiganlari tanlab olinadi.
Natura chizish uchun qo'yilgach, uni har tomonlama diqqat bilan kuzatish, qismlaming
o‘zaro bog‘liqligini va farqini taqqoslash orqali aniqlab olish zarur boladi.
Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi tufayli ish
jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Mashg‘ulot o'tkazilayotgan xonada
yorag'lik chap tomondan tushishi va naturaning shakli yaqqol ko‘rinib turishi
maqsadga muvofiqdir. Dars uchun kerakli natura topilmagan yoki uni sinfga olib kirish
imkoni bolmagan taqdirda ulaming rasmini ishlash, tashqarida kuzatish yoki rasmiga
qarab amalga oshiriladi.
Kompozitsion faoliyat
Kompozitsiya bolimi dasturda yetakchi o‘rinni egallaydi va quyidagi qismlardan
tashkil toradi: a) rangtasvir kompozitsiyasi; b) dekorativ kompozitsiya; d)haykaltaroslilik,kompozitsiyasi.
a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasmlar
ishlash jarayonida o‘z aksini topadi. Bunda tanlangan mavzuga ko‘ra, uning
17 elementlari qog‘oz yuzasida bir-biriga bogMiq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi. Mavzuli kompozitsiyalar îuzishda detallarning o‘rnini almashtirish, qo'shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilar ham muhim ahamiyat Icasb etadi. Mazmunni ifodalashda kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlariga rioya qilish lozim. Bular kompozitsiyaning bir butunligi, detallarni, shakllami, ranglami xillashtirish orqali hamma tasviriy vositalarni bosh g‘oyaga bo'ysundirishdan iborat.
Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya,
nosimmetriya, muvozanat, detallaming oichovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlaii asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks
ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. O‘quvchilar mashg‘ulotning bu
turida rasmni naturadan emas, baiki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar. Xayoldan va
tasavvurdan ishlangan kompozitsiya narsaning o‘ziga qarab rasm ishlashga qaraganda
ancha murakkab bo‘lib, u o‘quvchidan ham, o'qituvchidan ham katta mas’uliyat talab
etadi.
Mavzuli kompozitsiya mashg‘ulotIarida, bolalar rasmda tasvirlanishi kerak
boMgan obyekt bilan tanishtirilishi, undagi ba’zi bir narsaiaming xomaki chizmalarini
ishlashlari lozim bo'ladi.
Odatda o‘qituvchi bolalarga bir yoki bir necha mavzuni tavsiya etadi.
O‘quvchilar esa mavzulardan birini tanlab, shu asosda kompozitsiya ishlaydilar.
Mavzu asosida rasm chizishda o‘quvchilar narsaiaming asliga qarab rasm ishlash,
dekorativ rasm ishlash, san’atni va borliqni idrok etish darslarida olgan bilim va
malakalariga tayanadilar. Mavzu asosida rasm ishlash darslarida bolalarning
fantaziyasi va tasawurlari faollashadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy vazifalari bolalarga
narsaiaming shakli, rangi, ularning tuzilishi haqida tushunchalar berish, eng qiziq
mavzu tanlay olish, qog‘ozda rasmni to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish kabilardan
iboratdir. Bulardan tashqari perspektivaning elementar qoidalari haqida tushuncha
berish (yaqindagi narsaiaming kattaroq, uzoqdagilaming kichikroq ko‘rinishi), mavzu
asosida rasm chizishda, obraz va narsaiaming o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri

tasvirlashga o‘rgatish ham kompozitsiyaning vazifasiga kiradi.
Tasviriy san’at asarlaridagi kompozitsiyaning prinsipi va qonunlari bilan
o‘quvchilaming mazmunli rasm ishlash usuli o‘rtasida muayyan umumiylik bor.
Shuning uchun tasviriy san’atdagi kompozitsiyaning hamma qonunlarini umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida o‘tiladigan tasviriy san’at predmetidagi kompozitsiyaga yoppasiga
tatbiq etish mumkin.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi o‘quvchiIarda
ijodiy tafakkur, tasawur va fantaziyani kerakli darajada rivojlantirishdir. Kompozitsiya
qonuniyatlarini o‘quvchilar ongiga yetkazishda tasviriy san’at asarlarining
reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.
Mavzu asosida kompozitsiyalar ishlashda bo‘yoqlardan foydalanish murakkab
vazifalardan hisoblanadi. Chunki bunda ko‘rgazmaIi vosita va metodik usullardan
to‘g‘ri foydalanilgan holdagina rangshunoslikka oid bilim, malaka va ko‘nikmalami
o‘zlashtirishga erishiladi. Bulardan tashqari rangtasvir kompozitsiyasi
mashg‘ulotlarida bolalami rangli qog‘ozlar bilan ishlashga o‘rgatish ijodiy ishlaming
yanada qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi. b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi
naqshlaming namunasidan ko‘chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ
bezak ishlari singarilami qamrab oladi.
U o‘quvchüarga turmushda uchraydigan narsalaming vazifalari, ulaming shakli,
bezak elementlarining o‘zaro bog‘liqligi haqida tushuncha berishni hamda yuksak
mahorat bilan tasvirlangan narsalami didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farq
qila bilishga orgatishni, shuningdek, ulaming badiiy didini tarbiyalashni maqsad qilib
qo‘yadi.
Dekorativ kompozitsiya darslarida bolalarga har qanday naqshlaming
elementlarini tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan olingani haqida tushuncha
beriladi. Binobarin, naqsh ishlash mashg'ulotlarida rasm ishlovchi real shaklni
o‘zgartirishi, uni soddalashtirishi, unga yangi detallar qo‘shishi mumkinligi qayd
qilinadi.


Darslarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik

shakllarga asoslangan yo'lsimon, kvadrat, doira, to‘rtburchak shakllardagi naqshlar
chizdiriladi.
Dekorativ kompozitsiya ishlaridan awal naqsh tuzishda ishlatiladigan
elementlami o‘ziga qarab rasmini chizish lozim. Shuningdek, o‘quvchilarga tabiiy
shaklni stillashtirish boyicha mashqlami bajarib borish foydalidir. Stillashtirish
dekorativ tarzda qayta ifodalanadigan shakllarning tuzilishi, silueti, rangiga
taalluqlidir.
O‘quvchilar naqsh namunalaridan ko‘chirish darslarida naqsh chizishning o‘ziga
xos xususiyatlari, ritm, simmetriya va uning ahamiyati bilan tanishadilar, ranglarning
nomlarini o‘rganadilar, bo‘yoq va ulami omuxta qilib ishlatish ustida ish olib boradilar.
Naqsh namunalaridan ko‘chirish va mustaqil naqsh ishlash darslarida
0‘quvchilar ko‘z bilan chamalashni o‘rganadilar, qalam, akvarel, mo‘yqalam, rangli
qog'ozlar, tabiiy materiallar bilan ishlash usullarini O‘zlashtiradilar.
Mustaqil ravishda ijodiy naqsh ishlash orqali bolalaming ijodiy qobiliyati,
fantaziya va tafakkuri o‘stiriladi.
Dekorativ-amaliy san’at asarlari xalqning go‘zallik, yaxshilik haqidagi
tasawurlarini bolalarga yetkazib, mehnatni va xalq ustalari mahoratini ardoqlashga
o‘rgatadi. Adabiy asariarga illyustratsiyalar ishlash esa o‘quvchilaming eng qiziqarli
mashg‘ulotlaridan bo‘lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning
obrazlarini o‘z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.
Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga
kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon rasmlari va
ba’zi bir narsalaming o‘ziga qarab rasmini chizib oladilar. Adabiy asarlarga
illyustratsiya ishlash mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga asarlardagi voqea sodir
bo‘layotgan mamlakat yoki davming madaniyati, xalqlar turmushining o‘ziga xos
xususiyatlari, klyim-kechaklari, me’morchiligi va ulaming xarakterii tomonlari haqida
so‘zlab berish, unga oid narsalar ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar o‘quvchilarga ranglar va
uning nomlari, tuslari hamda ulaming kishilar hayotidagi ahamiyati haqida bilimlar
berishni vazifa qilib qo‘yadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar asosan akvarel, guash
bo‘yoqlar bilan rasm ishlaydilar. Rangtasvir, dekorativ ishlami bajarish jarayonida esa
asosiy va hosila ranglar, ulaming tuslaridan foydalangan holda ish olib borishlariga
to‘g‘ri keladi. Avvalo, o‘quvchilar «Asosiy va hosila ranglar» bilan tanishadilar. Ularning nomlarini bilib oladilar. Bo‘yoqlami o‘zaro aralashtirish orqali yangi rang tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shug‘ullanadilar. Asosiy (qizil, sariq va ko‘k) ranglar va ularning o‘zaro aralashuvidan hosil bo‘lgan hosila (yashil, binafsha va zarg‘aldoq) ranglardan o‘z ish faoliyatlarida to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganadilar. O‘quvchilai keyin «Iliq va sovuq ranglar», «Rang tuslari va ulaming nomlari» kabi mavzularda nazariy bilimlami ham egallab boradilar. Shuningdek, o‘quvchilar «Ranglar halqasi» bilan yaqindan tanishadilar va tevarak atrofdan ana shunday rang tuslarini topislini,o‘rganadilar.
Mavjud bo‘yoq tarkibiga suvni oz yoki ko‘proq qo‘shish orqali rang tuslari hosil
qilinadi. Bunda ma’lum bir (masalan qizil) rangning to‘qdan och ko‘rinishgacha
boMgan bir talay tuslari hosil boMadi. O‘quvchilar dars jarayonida amaliy tarzda rang
tuslarini hosil qilishni bajarib ko‘radilar. O‘quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi
rang tuslarining boyligi va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun «Tabiatda
rang» mavzusi kiritilgan.
O‘quvchilar sayohat paytida darsda o‘rgangan ranglarni va ulaming tuslarini
tabiat qo‘ynidan topishga harakat qiladilar.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar kundalik turmushda
uchraydigan ranglar va ulaming inson his-tuyg‘ulariga, kayfiyatlari ta’siriga ham
bog‘liq bo‘ladi. • Bulardan tashqari, o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan joyda mavjud
bo‘lgan idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, yog‘och buyumlarining qanday rangda va
nima uchun ana shu rangga bo‘yalganligi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Chunki
ranglar inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ayrimlari ko‘zni quvontirib,
kayfiyatni chog‘ qiladilar, ba’zi birlari esa kishi ko‘nglida g‘ashlik, g‘amguzorlik
uyg‘otadi. Ana shunda kishi didini o‘stiradigan, ko‘zni quvontiradigan ochiq
ranglardan foydalanish lozimligi o'quvchilarga uqtiriladi.
Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ

Real haykaltaroshlikda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan
mavzularda haykallami asliga o‘xshatib ishlaydilar. Bunda o‘quvchilar tasviriy san’at
mashg‘ulotlarining boshqa turlarida orttirgan bilim, ko‘nikma va malakalarga
tayanadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilindan
clumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho‘zish, ortiqcha qismlarini inaxsus
sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari bilan tanishadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud boiib, ular yaxlit,
alohida-alohida loy yoki plastilin boiaklariga ishlov berish orqali amalga oshadi.
Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri boiib, u
o‘quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o‘yinchoqlar ishlash orqali maxsus
bilim hamda malakalar hosil qiladi. Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish
usullarining soddaligi, shakllaming oddiyligi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Dekorativ haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘zbek xalq kulol ustalarining dekorativ
haykallaridan (mayda plastika) keng foydalaiüsh bolalami ijodiy rivojlanishiga katta
ta’sir ko‘rsatadi.
Loydan ishlangan haykallarga bezak berilganidan so‘ng ular guash bo‘yogida
bo‘yalib, ustidan lok qoplanadi. Lekin ayrim ishlar bo‘yoqsiz ishlanishi ham mumkin.
Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini
oshirish maqsadida turli badiiy, tabiiy materiallardan foydalanish ham nazarda
tutilgan. Bundan maqsad o‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlarini turli materiallar
va texnologiya yordamida bajarishga o‘rgatishdir. Odatda, bu mashg‘ulot turi boshqa
faoliyat turlari (rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozisiya, naturaga qarab rasm
ishlash) tarkibiga singdirib yuborilgan bo‘lib, u yoki bu mashg‘ulot turi yuzasidan
beriladigan o‘quv topshirig‘i mazmunini yanada samarali va qiziqarli qilib
o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, mazkur mashg‘ulot turiga alohida


II-bob. O’quvchilarda tasviriy ijodkorlik faoliyatini oshirish yo’llari
2.1-§. Tasviriy san’at darslarida naturaga qarab rasm chizish mashg`ulоtlarida o’quvchilarning ijodiy tasavvurini rivojlantirish



Download 172,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish