O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirligi Sog`liqni saqlash vazirligi Navoiy viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi



Download 1,46 Mb.
Sana08.12.2022
Hajmi1,46 Mb.
#881260

O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirligi
Sog`liqni saqlash vazirligi
Navoiy viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
“Tasdiqlayman”
Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi
jamoat salomatligi texnikumi
direktori ______U.S.To’raqulov
“__” “__” 2022 yil
Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar


HISOBOTI
2022-yil


Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
Hisoboti

  1. Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘ash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ni targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil qilish bo`yicha

10.02.2022 yil kuni Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzusida yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilish kun tartibida inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishi hamda so`nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratilganligi, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil qilish to`g`risida tushuntirildi.
Bundan tashqari texnikumda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini to`g`risida”gi PF -60 son Farmonida “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlash bo`yicha nazorat rejasi ishlab chiqilgan bo`lib unga ko`ra jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish istagi bor o`quvchi-yoshlarni aniqlash va ular bilan mashg`ulotlar olib borish, milliy sport turlarini o`qitish va mutaxassislar tayyorlash tizimini yangilash imkoniyati cheklangan yoshlar uchun infratuzilma yaratish O`zbekistonda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq o`yinlarini rivojlantirish hamda sog`lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida texnikum sport zalida “Bunyodkor” MFY aholisi “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida har kuni soat 18.00 dan 22.00 gacha sportnining volebol, stol tennis, shaxmat, shashka turi bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazilib kelinmoqda. Texnikumda yugurish, velosipedda harakatlanish uchun "Salomatlik yo`laklari" hamda vorkaut maydonchalari tashkil etilgan bo`lib o`quvchi-yoshlar foydalanishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Texnikumda joriy yilning 20 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apredagi 50-sonli Riyosati majlisining bayoni yuzasidan o`tkazilgan yig`ilishida texnikum direktori “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining mas’uliyati to`g`risida va shu bilan birga davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik va shaffofligini axborot olish erkinligini ta`minlash orqali jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, shuningdek, Farmonning 15-bandida « Farmonda ko`rsatilgan qoida va tartiblarning buzilishi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi to`g`risidagi qonunchilik buzilishi sifatida baholansin »deb qayd etilgan. Farmon « Davlat hokimyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida »gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni talablarini to`ldirib, uning qo`llanish sohasini yanada kengaytirgan.Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan siyosatning ustuvor vazifa sifatida dolzarb ahamiyatga egaligi yig`ilish ishtirokchilari tushuntirilib o`tildi.






II. Hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyati, tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish, monitoring qilish va “Ma’rifat soat”larini tashkil etish hamda texnikumda Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar holatini monitoring qilish reja- jadvalini ishlab chiqish hamda amalga oshirish
Texnikumda Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2022-yil rejasini tasdiqlangan reja asosida barcha yig`ilishlar o`tkazilib kelinmoqda . Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyat yuritib kelmoqda. Texnikumda “Ma’rifat soat”lai rejasi ishlab chiqilib tasdiqlangan. Haftaning har juma kuni o`qituvchi-pedagoglar va ishchi xodimlar uchun “Ma`rifat soati” o`tkazilib bayonlashtirilib kelinmoqda.
III. Ma’naviy-ma’rifiyva tarbiyaviy ishlarning uzviyligini ta’minlashda mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va voshlar vetakchilari bilan hamkorlik
23.02.2022 yil kuni “Bunyodkor”MFYda “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi doirasida “Inson qadri uchun” mavzusida tadbir o`tkazildi.Tadbir davomida U.Murodulloyev- “Bunyodkor” MFY hokim yordamchisi so`zga chiqib, keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) muvofiq inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishdir.

Bunyodkor” MFY voshlar vetakchilari bilan hamkorlik ishlari yo`lga qo`yilgan bo`lib reja asosida barcha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan,O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 5-apreldagi “Besh tashabbus olimpiadasini tashkil etish to`g`risida”gi №05-1-908-sonli hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-apreldagi 06/18-1/9-59-son xatiga asosan texnikumda “Besh tashabbus olimpiadasi”ni o`tkazildi. Joriy yilning 18.04.2022 yil kuni Xatirchi shahar 15 umumta`lim maktabining sport zalida sportning volebol turi bo`yicha texnikumning qizlar jamoasi faol ishtirok etishib(22-26 yosh toifasi) bo`yicha faxrli 2- o`rinni egallashdi.
16 – aprel 2022 yil sanasida texnikumda qasamyod qabul qilish hamda talabalik guvoxnomalarini tarqatish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tuman xokimi S.Nizamov ochib berdi. Tadbirga Samarqand tibbiyot universitetidan professor o‘qituvchilar ishtirok etib o‘quvchilarni tabrikladilar.

16 – aprel 2022 yil sanasida texnikumda qasamyod qabul qilish hamda talabalik guvoxnomalarini tarqatish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tuman xokimi S.Nizamov ochib berdi. Tadbirga Samarqand tibbiyot universitetidan professor o‘qituvchilar ishtirok etib o‘quvchilarni tabrikladilar.








Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish