O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Fizika yo’nalishi uchun


- Mavzu: Havo haroratining yillik o‘zgarishlari. Yillik o'zgarish turlari



Download 3,63 Mb.
bet13/19
Sana12.04.2022
Hajmi3,63 Mb.
#545681
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Atmosfera fizikasi ma\'ruza matni

6 - Mavzu: Havo haroratining yillik o‘zgarishlari. Yillik o'zgarish turlari


Reja:


1. Havo haroratining yillik o‘zgarishlari.
2.Atmosferada namlik miqdori.
3.Yog’inlar turlari.

Yil davomida yer sirtiga kelayotgan Quyosh radiasiyasining o'zgarishlari o'rtacha oylik haroratlarning qish oylarida pastroq, yoz oylarida yuqoriroq bo'lishiga olib keladi. O'rta va yuqori kengliklarda ko'pyillik o'rtacha oylik haroratlar yil davomida bir maromda o‘zgarib, iyul yoki avgustda maksi- mumga, yanvar yoki fevralda (ba’zida dekabrda) minimumga erishadi.


Eng iliq va eng sovuq oylaming o'rtacha oylik haroratlari orasidagi farq muhim iqlim xarakteristikasi hisoblanadi.
Havo haroratining yillik amplitudasiga quyidagi omillar eng katta ta’sir ko'rsatadi: kenglik, yer sirtining turi, joyning okeandan uzoqligi, okean oqimlari.
Haroratning yillik amplitudasi ekvatorial hududdagi okean ustida 2,5°C ni
tashkil etuvchi eng kichik qiymatga ega. Tropik kengliklarda
O'rta kenglik- Jarda okean ustida yillik amplituda 15 S atrofida bo'lib, qit’alar ustida tez ortadi. Qit’alarning ichki qismida u Kanadada 45“C, sharqiy Sibirda 60°C ni tashkil qiladi. Qutbiy kengliklarda yillik amplituda 35—40°C gacha kamayadi. Atlantika va Tinch okeanlari ustida haroratning yillik amplitudalari taqsi- motidagi zonallikning keskin buzilishi okean oqimlarining ta’siri hisobla­nadi. G'arbiy va Shimoliy Yevropada harorat yillik amplitudalarining 10— 15°C gacha kamayishiga olib keluvchi iliq Golfstrim oqimining ta’siri ay­niqsa kuchli.
Qit’alarda katta ko'Ilar havo haroratining yillik amplituadalarini kamayti- radi va shu bilan iqlimni yumshatadi. Masalan, Baykal ko‘lining o‘rtasida yillik amplituda 30-3 ГС, uning qirg'oqlarida 36°C atrofida, Yenisey daryo- siningshu kenglikdagi qismida esa42°C ni tashkil qiladi. Issiq-ko'l, Ladoga va boshqa ko'llar ham havo haroratiga shunday ta’sir ko'rsatadi.
Dengiz va kontinental iqlim tushunchalarini kiritamiz. Havo haroratini­ng nisbatan kichik yillik amplitudalari bilan tavsiflanuvchi dengiz iqlimi okeanlar va qit’alarning iilarga yondosh, dengiz havo massalarining takrorJ lanuvchanligi katta bo'lgan qismlari ustida shakllanadi. G'arbiy va Shi­moliy Yevropa shunday iqlim tipiga ega.
Kontinental iqlim qit’alarning ichki qismlari va qit’a havo massalari katta takrorlanuvchanlik bilan keladigan okean qismlari ustida shakllanadi. Bu yerda havo haroratining yillik amplitudasi ancha katta bo'ladi. Uzoq Sharq shunday iqlim tipiga mansub.
Janubiy yarimsharda uchchala okeanlarning ichki qismida К indeksi 10% dan kichik. Biroq, Shimoliy Atlantikada u 25% dan katta, Yevropan- ing eng g'arbida 50 va 75% 0‘rtasida, Markaziy va Shimoli-sharqiy Osiyo- da — hatto 90% dan katta. U, shuningdek, Avstraliyaning ichkarisidagi uncha katta bo'lmagan maydonlarda hamda Afrika va Janubiy Amerikaning shimoliy qismlarida 90% dan katta.
Shunday qilib, haroratning yillik amplitudalari bo'yicha fikr yuritsak, qit’adagi dengiz iqlimiga eng yaqin ke- ladigan iqlim ham okean ta’sirida emas, ko'proq quruqlik ta’sirida shakllanadi. Bundan tashqari, Shimoliy Atlantikan- ing markaziy qismidagi haroratning yil­lik amplitudasiga qit’alarning ta’siri okean ta’siridan biroz kichik xolos. Bu okeanga havo massalarining quruqlik- dan chiqib kelishi bilan tushuntiriladi. Faqat janubiy yarimshaming o'rta keng- liklaridagina quruqlikning haroratning yillik amplitudasiga ta’siri sezilarsiz bo’ladi.
Yil davomida Yerning o'rtacha eng iliq joyi Qizil dengizning
janubiy qirg'oqlarida joylashgan. Massauda (Eritreya,
15,6°sh.k., 39,4‘sh.u.) den- giz sathidagi o'rtacha yillik harorat
30°C, Xodeydda (Yaman, 14,6'sh.k., 42,8°sh.u.) esa hatto
32,5'C ni tashkil etadi. Eng sovuq hudud Sharqiy Antarktidada
joylashgan. Bu yerda plato markazida o'rtacha yillik harorat­lar
50— 55°C ni tashkil etadi.

Atmosferaning namdorligi


Atmosferaning namdorligi namlik aylanishining muhim xarakteristika- si bo'lib, bug‘lanish, bulutlilik, tumanlar va yog'inlar kabi iqlimiy xarak- teristikalarning vaqt va fazo bo'yicha taqsimlanishi unga bog‘liq.
Havo vertikal ustiming namdorligi suv hosil qilgan qatlamning mm da o'lchangan qalinligida o‘lchanadi (mm). Yetarlicha katta aniqlik bilan suv- ning asosiy miqdori atmosferaning quyi 7—8 km li qatlamida joylashgan, deb hisoblash mumkin.
Namdoriikning geografik taqsimoti 35-rasmda keltirilgan.
Umuman, Yer shari bo'yicha namdoriikning taqsimoti zonal xarakterga ega. Yer sharining ekvatorial va ekvatorga yaqin mintaqalarida namdoriik­ning eng katta qiymatlari kuzatiladi. Tinch okeanining g‘arbiy qismi, Ama- zonka daryosi havzasi, ekvatorial Afrika, Jahubi-sharqiy Osiyoning ekvatori­al va tropik mussonlar zonasida namdorlik 45—50 mm gacha yetadi. Quyi kengliklarda okeanlar va qumqliklaming namdorliklari katta farq qilmaydi.
Yuqori kengliklar tomon atmosfera namdorligi kamayib, qutb hududlar- ida minimumga erishadi. Grenlandiyada u 2 mm, Antarktidada 0,5 mm gacha pasayadi. Subtropik antisiklonlaming ta’sir zonasida, ayniqsa quruq- liklar ustida, namdoriikning kichik qiymatlari kuzatiladi. Masalan, Shimoliy va Janubiy Afrikadagi tropik sahrolarda (Sahroi Kabir, Kalaxara) namdorlik 15 mm dan ortmaydi. 0‘rta Osiyodagi subtropik sahrolarda u yanada kichik va 5—5,5 mm ni tashkil etadi. Arktika, Antarktida muzliklari va sahro hudud- laridagi namdorlik minimumlari bu yerlarda bug'lanishning kamligiga bog'liq.
Iliq va sovuq dengiz oqimlari, shuningdek yirik tog1 tizmalari ustida namdoriikning zonal taqsimotidan sezilarli chetlanishlar kuzatiladi. Tog* yonbag‘irlarining shamolga qaragan tomonida okeandan kelayotgan nam-
lik ushlanib qolib, yomg'ir ko'rinishida yog'adi va namdorlikni orttiradi. Shamolga teskari yonbag'irlarda havo namdorligi kamayadi.Ikkala yarim- sharlarda okeanlar ustidagi namdorlik quruqliklar ustidagi namdorlikka nisbatan yuqoriroq. Biroq, yozda, quruqliklarda bug'lanishning ortishi bi- Ian (sahro landshaftlaridan tashqari) namdorlik okeanlardagiga nisbatan kattaroq bo'lishi mumkin. Ekvatorga yaqin zonalaTdan tashqari, barcha kengliklar uchun namdoriikning mavsumiy farqlari xarakterli. 0‘rta kcng- liklardagi quruqlik hududlarida va ekvatorial mussonlar hududida ular eng kuchli irodalangan bo'ladi.O'rta Osiyoda yozda namdorlik 15-18 mm dan (sahrolarda) 28—30 mm gacha (vohalarda) o'zgaradi. Qishda u tahminan 1,5-2,0 marotaba kamayadi.Umuman Yer shari uchun atmosferaning o‘rtacha namdorligi 25,3 mm ga teng. Shunday qilib. atmosfera namligining tez almashishini hisobiga (har 8,1 sutkada) atmosfera yirik bevosita suv resurs- lariga ega. Bu resurslar daryolar va vohalar hamda boshqa chuchuk suv havzalaridagi barcha suv zahiralaridan ko‘p marotaba katta.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish