O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Fizika yo’nalishi uchun



Download 3,63 Mb.
bet2/19
Sana12.04.2022
Hajmi3,63 Mb.
#545681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Atmosfera fizikasi ma\'ruza matni

Mezo- va mikroiqlim
Yer sirti tuzilishining bir jinsli emasligi bilan bog’liq bo’lgan va qisqa masofalarda ancha o’zgaradigan iqlimning mahalliy xususiyatlari mikroiqlim deb ataladi.
Mikroiqlim bu-fasiya iqlimi, ya’ni geografik landshaft ichidagi katta bo’lmagan hudud, masalan, dala, yonbag’ir, tepalik , o’rmon chetlari, ko’l qirg’og’I va boshqalarning iqlimidir. Mikroiqlimiy farqlar havoning yer sirtiga yaqin qatlamlarida (100-250 m) yuzaga kelganligi uchun , ko’pincha mikroiqlim deb yer sirtiga yaqin havoning iqlimi tushuniladi.
Mezoiqlimiy xususiyatlar yetarlicha katta maydonlarning makro- va mezomasshtabli bir jinsli emasligi ta’sirida shakllanadi. Makromasshtabli bir jinsli emasliklarga tog’ relyefi. daryo. ko’llar tuproq- o’simliklar qoplamining rang-barangligi, katta shaharlar harakterlaydi.
Tabiatda to’shalgan sirtning bir jinsli emasliklari mavjud – ular tuproqning yuqori qatlami va yer sirtiga yaqin joylashgan havoning eng quyi qatlami meteorologik rejimiga ta’sir ko’rsatadi. Bular hisobidan yuzaga kelgan farqlar katta bo’lishi mumkin va ular nanoiqlimiy farqlar deb ataladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bir-biriga yaqin joylashgan mikromasshtabli bir jinsli emasliklarda iqlimiy xarakteristikalarning o’zgarishlari bir iqlimiy zonadan ikkinchisiga o’tilganidan kattaroq bo’lishi mumkin.
O’rmon mezoiqlimi.
Ochiq yer sirtiga qaraganda o’simliklar yer sirti yaqini havo qatlamida issiqlik va namlik almashinuvini keskin murakkablashtiradi. Keng yaproqli o’rmonlar uchun ikki turdagi faol sirtlar ajratiladi: yaproqlarning ustki sirti (shox- shabbalar) va yer sirti.
Daraxtlarning shox- shabbalaridan o’tishida Quyosh radiatsiyasi kamayadi. Yetilgan o’rmonda yer sirtigacha quyosh radiatsiyasining 25 foiz va undan kam miqdori yetib keladi, ba’zida bu ko’rsatkich 5 foizga kamayishi mumkin. O’rmonda nafaqat qisqa to’lqinli radiatsiya miqdori kamayadi, balki to’g’ri va sochilgan radiatsiyalar orasidagi munosabat ham o’zgaradi- to’g’ri radiatsiyaning katta qismi sochilgan radiatsiyaga aylanadi.
O’rmon radiatsion va issiqlik rejimi o’rmonning yoshiga va zichligiga, daraxtlarning turiga va boshqa omillarga bog’liq. Qishda yaproqli o’rmon igna bargli o’rmonga nisbatan haroratning sutkalik amplitudasiga kamroq ta’sir ko’rsatadi, bunda o’rmonda ochiq dalaga nisbatan amplituda kattaroq bo’ladi. Yozda o’rmon- dala orasidagi amplitudalar farqi ortib, ignabargli o’rmondagilardan katta bo’lib qoladi.
Shahar mezoiqlimi.
Katta zamonaviy shahar katta masofaga cho’zilgan bir jinsli emaslikdir. U o’ziga hos mezoiqlimga ega, uning ba’zi uchastkalarida shahar turi, ko’cha va maydonlar qoplamasi, o’simliklar va suv havzalari taqsimoti bilan belgilanadigan mikroiqlimiy sharoitlar yuzaga keladi.
Yirik shahar radiatsion sharoitlarni sezilarli o’zgartiradi. Ko’p sonli tutun va chang tashlaydigan manbalar hisobidan havo tiniqligi kamayadi va to’g’ri quyosh radiatsiyasi 20 foizga kamayadi. Lekin uy devorlaridan radiatsiyaning qaytarilishi hisobiga sochilgan radiatsiya miqdori ortadi. Atmosfera ifloslanishidan shaharda effektiv nurlanish kamayadi va shu sababli tungi sovish kamayadi. Radiatsion balansning o’zgarishi, organik yoqilg’I yondirilishi hisobidan qo’shimcha issiqlikning kelishi, bug’lanishga kam miqdordagi issiqlik sarfi shaharda “issiqlik oroli” ning hosil bo’lashiga sabab bo’ladi.
Suv havzalari va sohilbo’yi joylarining mikroiqlimi
Suv havzalari va sohilbo’yi joylarining mikroiqlimiy xususiyatlari suv va quruqlik orasidagi issiqlik balansi tuzilishidagi katta farqlardan paydo bo’ladi. Suv havzalarida radiatsion balansning tahminan 90 foizi bug’lanishga va suv massalarining isishiga, faqat 10 foizi- havodagi issiqlik turbulent oqimlariga sarflanadi. Buning natijasida suv havzalari ustida havoning isishi katta bo’lmaydi va kechayu- kunduz bir xil bo’ladi , yer sirtida esa u sutka mobaynida sezilarli o’zgaradi.
Haroratning sutkalik o’zgarish amplitudasi qirg’oqda kunduzgi maksimum kamayishi hisobiga kichik bo’ladi. Ko’l brizi kuchga kirishi bilan qirg’oqda qit’aning ichki qismlariga qaraganda nisbiy namlik 5-10 foizga ortadi. Qirg’oqda mutlaq namlikning ortishi doim kuzatilmaydi.
Briz- suv sirti va quruqlik radiatsion va issiqlik balanslarining tashkil etuvchilari orasidagi o’zaro nisbatdagi farqlar natijasida yuzaga keladigan mahalliy sirkulyatsiya,
Relyef shakli sovishlarning davomiyligi va intensivligiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Yonbag’irlar cho’qqisida va yuqori qismlarida yil mobaynida ayovsiz davomiyligi 20 kunga ortadi,chuqurligi 50 dan 100 m gacha teng bo’lgan vodiylarda esa aksincha – 15 kunga kamayadi, chuqurliklar va pastliklar tupida kamayish 25 kungacha kamayadi.
Relyef shakllar qattiq yog’inlar taqsimotiga ham ta’sir ko’rsatadi.Qishda relyefning pasayuvchi shakllarida balandroq joylardan qorning uchirib keltirilishi hisobidan qorning ko’payishi kuzatiladi. Shamolga teskari yonbag’irlarda qor qoplamining balandligi ancha katta bo’ladi. Yonbag’irlarda va tog’ etaklarida yog’inlarning taqsimoti namlik balansini hisoblashda katta ahamiyatga ega.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish