O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Fizika yo’nalishi uchun



Download 3,63 Mb.
bet16/19
Sana12.04.2022
Hajmi3,63 Mb.
#545681
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Atmosfera fizikasi ma\'ruza matni

Yog‘inlar va momaqaldiroqlar
Yog'inlarning yillik o'zgarishi atmosferaning umumiy sirkulyasiyasi va mahalliy fizik-geografik sharoitlarga bog'liq. Yillik o'zgarishining asosiy turlarini ko'rib chiqaylik.

  1. Ekvatorial tor. Ekvator yaqinida (ikkala yarimsharda tahminan 1ft1 kenglikkacha) yil davomida nisbatan quruq mavsumlar bilan ajralgan ikkita yomg'irli wflvtfwrn/ar kuzatiladi. Yomg‘irli mavsumlar teng kunlikdan keyin- gi, ichki tropik konvergensiya zonasi ekvatorga eng yaqin va konveksiya eng kuchli rivojlangan davrga to'g'ri keladi. Asosiy minimum, ichki tropik kon­vergensiya zonasi ekvatordan eng uzoq bo'lganida, shimoliy yarimsharning yoziga to‘g‘ri keladi. Masalan, Librevil stansiyasida (0,5° sh.k., 95° sh.u.) yog'inlar miqdorining yig'indisi quyidagicha taqsimlangan: fevral — 220 mm, mart — 340 mm, iyul — 3 mm, noyabr — 380 mm, yilda — 2410 mm.

  2. Tropik tor. Tropik zonaning tashqi chegaralariga yaqinlashgan sari haroratning yillik o'zgarishidagi ikkita maksimum bitta yozgi maksimumga birlashadi. Shu bilan birga ikkita yomg'irli birlashib, bitta yomg'irli mavsumni tashkil qiladi. Tropik yaqinidagi hududlar yil davomida to'rt oy kuchli yog'inlar bilan xarakterlanadi, sakkiz oy esa - quruq bo'ladi. Masalan, San-Salvador stansiyasida (13,7° sh.k., 89,2° g‘.u.) yog'inlar miqdorining yig'indisi quyidagicha taqsimlangan: yanvar — 10 mm, iyun — 320 mm. yilda — 1800 mm.

  1. Tropik mussonlar tori. Musson sirkulyasiyasi yaxshi ifodalangan tropik hududlarda (Hindiston, Xitoyning janubi-sharqi, Gvineya ko'rfazi, Avstral- iyaning shimoliy qismi) yog'inlarning yillik o'zgarishi tropik tipdagidek —

maksimum yozda, minimum — qishda, farqi — amplituda kattaroq bo'ladi. Masalan, Bombey stansiyasida (18,9° sh.k., 72,9° sh.u.) — dekabrda — 1 mm, iyulda — 610 mm, yilda — 1840 mm.
Orografiya ta’sirida yozgi musson yog‘inlarining miqdori keskin orti- shi mumkin, masalan Cherrapunji stansiyasida (25,3° sh.k., 91,8° sh.u.) dekabrda — 10 mm. iyulda — 2730 mm, yilda — 11020 mm ga yetishi mumkin.

  1. 0‘rta Yer dengizi tori. Subtropik kengliklarda orollarda va qit’alaming g'arbiy qismlarida yomg'irli va quruq mavsumlar orasida farqlanish (ba’zida keskin) kuzatiladi. Yog'inlarning maksimumi yozga emas, balki qishga yoki kuzga to‘g‘ri keladi. Quruq yoz kam bulutli ob-havo bilan xarakterlanadi- gan subtropik antisiklonlaming ta’siri bilan bog'liq. Qishda antisiklonlar kichikroq kengliklar tomon siljiydi va o'rta kengliklardagi siklonal faoliyat subtropiklarga tarqaladi. Nam va quruq mavsumlar yarim yildan davom etadi. Yog'inlar yillik o'zgarishining bu tipi atmosfera sirkulyasiyasi shar- oitlari o'xshash bo'lgan O'rta Yer dengizi mamlakatlarida, Kaliforniya, Afrika janubida, Avstraliya janubida ayniqsa keskin ifodalangan. Bu tipga Qrimning janubiy qirg‘og‘idagi, 0‘rta Yer dengizi iqlimining eng shimoliy chetidagi va O'rta Osiyo sahrolaridagi yog'inlar kiradi. Masalan, Gibraltar stansiyasida (36,1° sh.k., 5,4° g‘.u.) — iyul — 1 mm, noyabr — 160 mm, yilda — 910 mm; Yaltada (44',5° sh.k., 34,2° sh.u.) — yanvar — 80 mm, avgust — 30 mm, yilda — 600 mm; Toshkentda (41,3° sh.k., 68,3° sh.u.)

  • avgust — 1 mm. mart — 60 mm, yilda — 350 mm.

  1. O'rta kengliklardagi qit’alaming ichki qismlari tori. O'rta kengliklarda qit’alarning ichki qismlarida antisiklonlarda yog'inlarning maksimumi yozga, minimumi — qishga to'g'ri keladi. Osiyoda yillik o'zgarishning bu turi ayniqsa keskin ifodalangan, chunki bu yerda qishda quruq ob-havoli baquwat antisiklonlar hukmronlik qiladi. Yillik o'zgarishning bu tipi Shimoliy Amerika va Yevropada ham mavjud. Masalan, yog'inlarning miqdori Chikagoda (41,9’ sh.k., 97,6“ g'.u.) yanvar va fevralda 50 mm gacha, iyulda — 90 mm, yilda - 840 mm; Moskvada (55,8° sh.k., 37,6° sh.u.) — fevralda — 30 mm, iyul — 80 mm, yilda — 600 mm ni tashkil qiladi.


  2. Download 3,63 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish