O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Patogenezi
. Gepatit B ni patogenezida bir qator o‗ziga hosliklar bor. 
Qo‗zg‗atuvchini parenteral yo‗l bilan yuqishi uni jigarga gematogen tarzda 
tushuvini ta‘minlaydi. Virus gepatotsitlarni to‗g‗ri shikastlantirishi hos emas. Jigar 


114 
hujayralarini holati immun tizim orqali, asosan hujayra immunitetini sitotoksik T-
limfotsitlari ishtirokida amalga oshiriladi. Gepatit B da HLA tizimini 
faollashtiruvchi gamma-interferon ishlab chiqishini kuchayishi aniqlangan. 
Natijada nativ sitotoksik T – limfotsitlarga sezgir 1-sinfga mansub to‗qimalarga 
mos 
molekulalar 
bilan 
gepatotsitlar 
membranasidagi 
peptid 
antigenlar 
ekspressiyasi yuzaga chiqadi. Sitotoksik T-limfotsitlar proliferatsiyasi kuchayib, 
viruslar zararlangan gepatotsitlarni shikastlovchi, antigen maxsus killerlar 
klonlarini hosil qiladi. Ozroq miqdorda 2-sinfga mansub to‗qimalarga mos 
molekulalar ekspressiyasi kuzatilib, keyinchalik makrofaglarni bakteriotsidligi va 
sitotoksigenligini faollashtiruvchi 1- turga hos T-xelperlar proliferatsiyasi 
kuzatiladi. Oqibatda nekrozga uchragan interlobulyar va periportal gepatotsitlarni 
qoldiqlari yemiriladi. 
Gepatit B ni patogenezida immun javob ustivor ahamiyatga ega bo‗lsada, 
infeksion jarayonni yakuniy oqibati xar doim ham makroorganizmning immun 
javobiga bog‗lik bo‗lavermaydi. Ba‘zida qo‗zg‗atuvchini biologik rivojlanishi 
siklini, shu jumladan virusni faol replikatsiyasini ham inobatga olish zarur. 
Masalan, virusni yuqori faol replikatsiyasi va unga munosib immun javobda tipik, 
manifest o‗tuvchi o‗tkir gepatit B rivojlanadi. Bir paytning o‗zida virus 
replikatsiyasining sust faolligi organizmni past himoya reaksiyasini chaqirib, 
gepatit B ni yengil yoki belgisiz o‗tishi, infeksion jarayonni tezda bosilishi va 
sog‗ayish bilan yakunlanadi. Bu holatda T-hujayra sitogenligini sustligi munosib 
holat deb baholanmoqligi kerak. VG ni avjida jigarni shikastlanishi sitoliz 
(gepatotsitlarning shikastlanishi, membranalarni butunligini, hujayra organellarini 
buzilishi), xolestaz va mezenximial yallig‗lanish reaksiyasi bilan izohlanadi. 
Sitoliz asosida hujayra ichidagi metabolik jarayonlarni buzilishi, peroksid tizim 
faolligini oshuvi, hujayra antioksidant tizimini susayishi yotadi, membranani 
o‗tkazuvchanligini oshirib yuborib, gepatotsitlardan hujayra ichi fermentlarini 
(aminotransferazalar va boshqalar), kaliy ionlarini chiqib ketishiga sabab bo‗ladi. 
Kaliy ionlari natriy va kalsiy bilan almashgani sababli, suyuqlik ushlanib, 
hujayrani shishuviga olib keladi, ularda RN o‗zgaradi, oksidlanish – fosforlanish 


115 
buzilib, gepatotsitlarni bioenergetik potensiali pasayadi va jigar hujayralarini 
faoliyati buziladi. Qon zardobida alanin-, aspartat- aminotransferaza (AlAT, 
AsAT) singari hujayra ichi fermentlarini faolligini oshuvi sitolitik sindromni 
dastlabki belgisi bo‗lib xisoblanadi. Erkin bilirubinni gepatotsitlar tomonidan 
ushlanishi, ularni glyukuron kislotasi bilan bog‗lanishi va o‗t yo‗llariga 
ekskretsiyalash jarayonlarini buzilishi oqibatida giperbilirubinemiya kuzatiladi. 
Xolestaz jigar hujayralari sekretor vazifasini pasayishi (gepatotsellyular xolestaz) 
ni sitoliz bilan hamkorlikda o‗t haydalishini buzilishini aks ettiradi. Bu holda 
qonda bilirubinni turli xil fraksiyalaridan tashqari o‗t kislotalari, xolesterin, 
ekskretor fermentlar (ishqoriy fosfataza, gamma-glutamiltranspeptidaza – GGTP 
va boshqalar) va ayrim mikroelementlar, shu jumladan mis miqdori ham 
ko‗payadi. Ko‗p klinitsistlar fulminant gepatit rivojlanishini jigarni massiv 
nekroziga olib keladigan o‗ta kuchli gumoral giperimmun javobga bog‗laydilar. 
Bu holda jigar to‗qimasi regeneratsiyasi to‗htab qoladi yoki juda sekinlashadi. 
O‗ta kuchli immun javob immunogenetik tarzda rivojlanishi mumkin. Ayrim 
izlanuvchilar fulminant gepatit rivojini VGB mutant shtammlariga (qisman HBe-
shtamm), shuningdek HBV ta‘sirida gepatotsitlarni apoptozini tezlashuviga 
bog‗laydilar. Og‗ir sitolitik sindrom holatida gipokaliemik alkaloz rivojlanadi va 
membranalardagi dezintegratsiya jarayoni hujayra ichidagi organellalarga 
tarqaladi. Lizosomal membranalar butunligini buzilishi natijasida proteolitik 
gidrolaz fermentlarini katta miqdorda ajralishi kuzatiladi, hujayralar yemirilib,
jigarni massiv nekrozi va o‗tkir jigar yetishmovchiligi rivojlanadigan zanjirli halqa 
hosil bo‗ladi. Bu davrda hayot uchun zarur a‘zolar va tizimlarda (markaziy nerv 
tizimi, yurak, buyraklar, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezi) to‘laqonlilik, qon 
quyilishlar va hujayra nekrozlari singari o‗zgarishlar kuzatiladi. O‗tkir jigar 
yetishmovchiligi rivojlanishida infeksion-toksik yoki jigar ensefalopatiyasi 
shaklidagi markaziy nerv tizimini zaharlanishiga bog‗liq maxsus shikastlanishi 
kelib chiqadi. O‗tkir jigar yetishmovchiligida asab tizimining shikastlanishi 
patogenez asosida bir tomondan jigarni antitoksik himoya vazifasini yo‗qolgani 
hisobiga kelib chiqadigan chuqur modda almashinuvi buzilishlari yotadi. Buzilgan 


116 
modda almashinuvi natijasida hosil bo‗lgan moddalar, serebro-toksik ta‘sir 
ko‗rsatadi. Qonda ammiak, fenol, ayrim aminokislotalar miqdorini oshuvi ham 
ahamiyatga molik xisoblanadi. Qonda yana pirovinograd, sut kislotalari, past 
molekulyar yog‗ kislotalari miqdori ham ortadi. Boshqa tomondan, jigar 
to‗qimasini o‗zini yemirilishida hosil bo‗lgan moddalar ham zaharli ta‘sir qilish 
xususiyatiga ega bo‗ladi. Serebrotoksik moddalar ta‘sirida birinchi navbatda bosh 
miya po‘stlog‗idagi nerv hujayralarini o‗zgarishlari kuzatiladi. Markaziy nerv 
tizimining faoliyati bu hollarda komatoz holat rivojlanishi darajasigacha buziladi. 
Gepatitni nisbatan tekis kechgan hollarida organizmni viruslardan ozod bo‗lib, 
immunitet shakllanishi patogenezining oxirgi bosqichi xisoblanadi.
Sxema 2. VGB patogenezi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish