O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o’zbekiston tarixi kafedrasi


Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish –



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/138
Sana01.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#522336
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138
Bog'liq
2 5278680257514182085

Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish – 
islohotlar ehtiyoji
O‘zbekiston Konstitutsiyasining barqarorligini va uzoq muddat amal 
qilishini ta’minlash maqsadida unga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish nazarda 
tutilgan. Bu jarayon tabiiy va o‘tish davriga xos hodisadir. Mamlakatimizda 
islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni 
yangilash jarayoni ko‘lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog‘i bilan 
Konstitutsiyada o‘z ifodasini topishi va huquqiy asosiga ega bo‘lishi lozim. 
Ma’lumki, 2002-yil 27-yanvarda umumxalq referendumi o‘tkazildi. 
Referendumda O‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 
yildan 7 yillik qilib o‘zgartish to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan edi. 
Referendum qarorlariga ko‘ra, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati 
tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar 2002-yil 12-dekabrda 
qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘lib hisoblandi. 
Referendum yakunlariga ko‘ra, 2003-yil 24-aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy 
Majlisning XI sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qildi. Qonunga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII (O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi), XIX (O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti), XX 


11 
(Vazirlar Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan Qonuni 
bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-moddasiga, 93- 
moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga 
o‘zgartirish kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-aprelda qabul qilgan Qonuni 
bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98- 
moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston 
Respublikasining 2011-yil 12-dekabrda qabul qilgan Qonuni bilan O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga (O‘zbekiston 
Respublikasida Prezidentni besh-yil muddatga saylash) tuzatish kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan qonuni 
bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78, 93, 98, 103 va 117- 
moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan Qonuni 
bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 
111-moddalariga 
o‘zgartishlar 
va 
qo‘shimcha 
kiritilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2017-yil 31-mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar 
kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan 
Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga 
o‘zgartishlar kiritilgan. 
Konstitutsiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida 
mamlakatimizda samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning 
barcha soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, 
davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, 
xalqimizning onggu tafakkuri tobora o‘sib borayotgani, ayniqsa, ahamiyatlidir. Bu 
fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 20- 
iyunda qabul qilingan 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish