O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o’zbekiston tarixi kafedrasi


«O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/138
Sana01.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#522336
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138
Bog'liq
2 5278680257514182085

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»
gi 768- 
XII sonli Qonun qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri 
Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan 
tayyorlangan. 
Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston 
fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, 
qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
Abdulla Oripov so‘zi
Mutal Burhonov musiqasi
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot, Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh 
mehribon! Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, Shuhrating porlasin toki bor 
jahon! 
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ 
xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor! 



Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni, Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r 
qanot! Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni, Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l 
obod! 
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ 
xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor! 
O‘zbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning 
tarixiy ahamiyati.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritilgach, tabiiy ravishda 
davlat mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya asosida mustahkamlash zarurati 
yuzaga keldi. 
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab I.A. 
Karimov tomonidan 1990-yilning mart oyida ilgari surildi. 1990-yil 20-iyun kuni 
bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida yangi 
Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekiston 
Prezidenti I.A. Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini 
tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Komissiya 
tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar 
vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, 
mutaxassislar kiritilgan. 
Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 
ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda 
konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari
demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga 
olindi. 
Milliy 
davlatchiligimizning tajribasi, 
Amir 
Temur 
va 
boshqa 
allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga 
asos qilib olindi. 
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab 
bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘limga bo‘lingan 158 moddadan iborat edi. Bu 
loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Uning ustida yanada 
jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992-yil bahorida esa loyihaning 
149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yil 26-sentabrda 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi 
uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama 
jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26- 
noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 
6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Prezident I.A. 
Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining 
katta hissasini qo‘shdi. 
1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashning XI sessiyasi bo‘ldi. Unda mamlakatning Asosiy Qonunini qabul 
qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin 



o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, shu kuni 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish