O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o’zbekiston tarixi kafedrasi


 - mavzu. Oʼzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/138
Sana01.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#522336
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
Bog'liq
2 5278680257514182085

9 - mavzu. Oʼzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. 
 
Reja: 
 
1.
 
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda taʼlim va 
tarbiyaning roli.
2. “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul 
qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. 
Taʼlimning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va muammolari. Oʼzbekistonda 
kadrlar tayyorlash sohasidagi oʼzgarishlar.
3. Oliy taʼlim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar.
4. Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikning yoʼlga qoʼyilishi: yutuqlar va kamchiliklar 
Istiqlol yo’lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma'naviy, madaniy 
omillariga ahamiyat berish bilan birga maorif, ta'lim-tarbiya ishlariga e'tibor 
kuchaytirilmoqda. "Ta'lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib 
bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa, biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va 
obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi", - deydi I.A. Karimov. 


15 
Respublikamizda ta'limning yangi tizimini amalga oshirishda O’zbekiston hukumati 
tariximizdagi ta'lim jarayonlarini o’rganib chiqib, ta'limni isloh qilish dasturini tayyorladi. 
Barcha e'tibor ta'lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida 
takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko’tarish 
va O’zbekistonning ma'rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992 yil 2 
iyul respublikamizda "Ta'lim to’g’risida"gi qonun qabul qilindi. 
Ta'limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi: 
-ta'lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi; 
-ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi; 
-ta'limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma'naviy qadriyatlarning ustuvorligi; 
-e'tiqodi, dinidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun ta'lim olish imkoniyatlari 
yaratilganligi; 
-ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan holiligi. 
1993 yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan "O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni 
rag’batlantirish choralari to’g’risida"gi Farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun 
maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta'lim 
olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib 
berildi. 
O’zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim 
masalalardan biri eskicha tafakkur, e'tiqodidan qutulgan, istiqlol uchun, o’z ona-yurti uchun 
xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi bo’ldi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan 
tugatib, batamom yangi, jahonning ilg’or taraqqiy etgan mamlakatlari yo’lidan boradigan 
haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori 
toifadagi kadrlarga bog’liq bo’lib qoldi. 
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol 
maktablarida, kommunistik mafkura targ’ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan 
universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo’lsa, endilikda bu o’quv yurtlari, tabiiyki, 
tarix sahnasidan tushib qoldi. 
Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash 
maqsadida Prezident qoshidagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti 
va diplomatiyasi universiteti, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalar tashkil etilishi katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Birinchi Prezidentimiz respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari, huquq organlari 
rahbarlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari 
tomonidan tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani to’g’risida har gal kuyib-
pishib gapiradi va urug’-aymoqchilik, mahalliychilik, nopoklik kabi o’tmish qoldiqdaridan 
toza, el-yurti va xalqiga halol mehnat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo’l ochib 
berish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko’rsatadi. 
O’zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma'rifatli, el-yurtiga sadoqatli 
mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog’liq. I.A.Karimov muxbirlarning "Sizning 
siyosatingizda ta'lim-tarbiya masalasiga katta e'tibor berishning sabablari nimada?", deb 


16 
so’ragan savoliga ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo’lmaydi, 
ong, g’oya, tafakkur ta'lim-tarbiya bilan uzviy bog’liq, bir-birini to’ldiradi, deb javob beradi. 
1997 yil 29 avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning 
"Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" ma'ruzasi asosida yangi tahrirda 
"Ta'lim to’g’risida" qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi. 
Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang’ich sinflarda o’quv-
tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilib, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tizimida litseylar, 
kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000 
yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o’rta maxsus o’quv yurtlari, shu 
jumladan, 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz 
kelajagi yoshlar qo’lida ekan bilimdon, ma'naviyatli, mustaqil fikrlab, mustaqil ish 
yuritadigan yoshlarni, yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, jamiyatimizning eng katta 
boyligi, millatimizning intellektual, aql-zakovat boyligi bo’lmish yigit-qizlarimizni 
tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo’yilmoqda. 
Bu borada "Ulug’bek" (1993 y), "Umid" (1997 y.) jamg’armalari olib borayotgan 
ishlar alohida o’rin tutadi. Faqat "Umid" jamg’armasi sinovlarida 1997-1999 yillar 
mobaynida 5500 nafar yoshlar qatnashib, 658 tasi Prezident grantlariga sazovor bo’ldi. 
2000-2001 o’quv yilidagi bu tanlovda 3000 nafar yoshlar bilimi sinovdan o’tkazilib, ulardan 
124 nafari xorijiy davlatlarning eng nufuzli o’quv yurtlarida o’qishga muyassar bo’ldi. 
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta‘limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. 
Bir qator o`quv yurtlarning maqomi, dasturlari va ta‘lim uslublari butunlay o`zgartirildi. 
Zamonaviy, shu paytgacha bo`lmagan eng zarur ixtisosliklar bo`yicha alohida universitet va 
institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshidagii harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi 
qoshidagi Ichki ishlar akademiyasi, Bank moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va 
diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog’-konchilik instituti kabi 
o`nlab yangi o`quv muassasalari tashkil etildi. Abiturient va talabalarning bilim darajasini 
test va reyting asosida baholashning ilg’or usullari joriy etildi. Ilg’or mamlakatlarning 
tajribalari asosida yangi tipdagi litsey va gimnaziyalar ochildi. O`zbekistonda gimnaziyadan 
tortib akademiyagacha bo`lgan zamonaviy, yangi ta‘lim tizimi vujudga keltirildi. 1997 yil 
ta‘lim tizimida katta burilish yuz berdi. Oliy Majlisning IX sessiyasi “Ta‘lim to`g’risida”gi 
qonun va u asosida “Kadrlar tayyorlash dasturi”ni qabul qildi. Bo`lar mamlakatimiz ravnaqi 
va kelajagini belgilab beruvchi hujjatlar bo`lib, milliy tiklanishning ma‘naviy asosini tashkil 
qiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga milliy g’oyaning bir qismi deb qaraladi. 
Chunonchi kadrlar tayyorlash milliy modeliga asos solindi. Shaxs davlat va jamiyat
shuningdek fan va ishlab chiqarish o`rtasida uzviybog’liklik bo`lishiga imkon tug’ildi. 
Bu hujjatlar asosida O`zbekistonda 9 yillik umum ta‘limdan so`ng, 3 yillik akademik 
litsey yoki kasb-xunar kollejlarida ixtiyoriy-majburiy ta‘lim joriy etildi. Ta‘lim islohotlari 
bosqichma-bosqich amalga oshirildi:
1 bosqich - 1997-2000 yillarni ichiga olib, unda ta‘limning huquqiy-me‘yoriy, ilmiy-
metodik, moddiy shart-sharoitlari yaratilmoqda. Hozirgi kunga kelib o`zluksiz ta‘limning 
tamomila yangi huquqiy-me‘yoriy negizi yaratildi, islohotlarning samaradorligini aniqlash 


17 
maqsadida monitoring tizimi joriy qilindi, davlat ta‘lim standartlari ishlab chiqildi, dastur va 
darsliklarning yangi avlodi ishlab chiqilmoqda, pedagogik kadrlarni,ta‘lim muassasalarni 
atstattsiya va akkreditatsiyadan o`tkazish asoslari ishlab chiqildi va h.k . 
2 bosqichda-2001-2005 yillarda milliy dasturni to`liq amalga oshirish ko`zda 
tutilmoqda. 
3 bosqichda - 2005 yilda undan keyingi yillarda to`plangan tajribalar asosida ta‘lim 
tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish ko`zda tutilgan edi.
Yosh avlodni tarbiyalash masalasi ustivor yo`nalish sifatida davlat siyosati darajasiga 
ko`tarilib, davlatimiz ichki iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uni dastavval 
moddiy jihatdan qo`llab quvvatlash maqsadida tadbirlar ishlab chiqildi. 
Ta‘lim tizimiga qilinayotgan sarf-harajatlar darajasi bo`yicha O`zbekiston jahonning 
yetuk mamlakatlariga yaqinlashib bormoqda. Davlat tomonidan 1998 yilda ta‘lim sohasiga 
yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizi miqdorida mablag’ ajratilgan bo`lsa, 1999 yilda-8,1 foiz 
mablag’ sarflandi. Bu esa faqatgina ikki yil mobaynida turli viloyatlarda 250 ta yangi 
tizimdagi akademik litsey va kasb-xunar kollejlarini tashkil etishga imkon berdi. Xususan 
Qashqadaryoda ham 1 ta akademik litsey va 9 ta kasb-xunar kolleji barpo etildi. Yoshlar 
hayoti bilan bog’liq muammolarga ham alohida e‘tibor berilmoqda. Ularning intellektual 
salohiyatini oshirish, ma‘naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy ximoyalar, iste‘dodli va 
iqtidorlilarni rag’batlantirish maqsadida bir qancha jamg’armalar tashkil etildi.
1997 yilda tashkil etilgan “Umid” jamg’armasining asosiy vazifasi iste‘dodli yoshlarni 
tanlash va ularni chet ellardagi nufuzli o`quv yurtlarida ta‘lim oldirish. Xorijiy 
mamlakatlarga o`qish uchun nomzodlarni tanlashda dunyodagi mashhur tashkilotlar, 
jumladan, Aksels, Ayreks, Britaniya Kengashi, Daad, Tasis ishtirok etadilar. 1997-1999 
yillarda “Umid” jamg’armasi orqali 700 nafardan ortiqroq talaba yoshlar xorijga o`qishga 
jo`natildi.SHu jumladan 30 nafar Qashqadaryolik yoshlar ham. Ta‘lim sohasini malakali 
professor va o`qituvchilar bilan taminlash borasida 1997 yilda tashkil etilgan “Ustoz” 
jamg’armasi ham katta xissa qo`shmoqda “Ustoz” jamg’armasi faoliyatini faqatgina bir 
yo`nalish, ya‘ni chet ellardagi yetakchi o`quv yurtlarida o`qituvchilarning malakasini 
oshirish bo`yicha qilingan tadbirlar natijasida 1998 yilda 71 nafar o`qituvchi xorijda 
malakasini oshirgan. 980 nafari Vatanimizda chet ellik mutaxasislar ishtirokida malaklarini 
oshirdilar. “ Ustoz “ grantiga sazovor bo`lgan 185 kishi AQSh va Isroilda malaka oshirib 
keldilar. Shubxasiz, ta‘lim sohasidagi bugungi kunlarda qilinayotgan tadbirlar mazkur 
tizimning samaradorligini oshirish, kelajakda mamlakatni yuksak malakali mutaxasislar 
bilan ta‘minlash imkonini beradi. 
Mustaqillik yillarida xalq ta'limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini 
mustahkamlash sohasida muhim chora – tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o‘quv yurtlari 
tashkil etilib, bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 
2004 yil 21 may – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004 – 2009 yillarda maktab 
ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni 
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan 


18 
davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir. 
Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma – bosqich amalga 
oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta'lim islohotlarini uch bosqichda amalga 
oshirish nazarda tutilgan. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish