O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o’zbekiston tarixi kafedrasi



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/138
Sana01.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#522336
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138
Bog'liq
2 5278680257514182085

Birinchi bosqich
(1997 – 2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy 
salohiyatini saqlab qolish asosida Ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, 
kadrlar jihatidan, ilmiy – uslubiy, moliyaviy – moddiy shart – sharoitlar yaratish vazifalari 
ro‘yobga chiqariladi. 
Ikkinchi bosqich
(2001 – 2005 yillar)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat 
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga 
aniqliklar kiritiladi. 
Uchinchi bosqich
(2005 va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil etish va 
umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq 
kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. 
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab ta’limini 
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar 
qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur 
uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi 
o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila yangilandi 
hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha takomillashtirib borildi. Multimedia 
o‘quv adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar 
ishlab turibdi. Ularning moddiy-texnika ta’minoti ham davlat hisobidan amalga oshiriladi. 
 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq umumiy
o‘rta ta’limning to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz yillik maktabni 
tugatgan barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasb hunar kollejlarida ta’lim 
olishni davom ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tildi. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi 1-bosqichi (1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr 
mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy o‘quv yurtlari 
qoshida 46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o‘quvchi chet ellarda ta’lim oldi, ko‘pgina 
o‘qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida chet 
mamlakatlarga borib qaytdi. O‘rta maxsus ta’lim sohasida viloyatlarda, joylarda biznes 
maktabi, kichik va o‘rta maktab uchun kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti 
talablaridan kelib chiqqan 
holda, yangi mutaxassislik (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo) lar 
kiritildi.Unga binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-
hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi 
tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv 
jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishiga e’tibor 
qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi. 


19 
 
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili 
bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va 
mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida 
o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi 
bilan 9+3, ya’ni 12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik ta’limga qaytildi. 2017-yilning o‘zida 
10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin 
umumta’lim maktabida 11-yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. 
Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim 
muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri 
davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda 
oladi. Shu bois, bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida 
bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish, 
moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta’lim 
tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 
Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston 
maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, 
viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi 
bo‘limlari kiradi. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish