Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «muqobil energiya manbalari» kafedrasi


Elektr energiya sarfining solishtirma me’yor ko’rsatkichi strukturasi



Download 2,32 Mb.
bet30/86
Sana23.06.2022
Hajmi2,32 Mb.
#696414
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86
Bog'liq
O?zbekiston respublikasi oliy va o?rta maxsus ta\'lim vazirligi a

Elektr energiya sarfining solishtirma me’yor ko’rsatkichi strukturasi
Solishtirma sarf koʻrsatkichining me’yor strukturasi oʻzida mahsulotmi ishlab chiqarish yoki bajarilgan ish davomidagi iste’mol qilingan, sarf boʻlgan barcha energiya shakllarini jamlanmasini namoyon etadi va bu koʻrsatkichlarning barchasi me’yorga kiritilishini nazarda tutadi. Bu struktura me’yorlashda asosiy element hisoblanib, u bevosita tashkilotda texnologik jarayondan kelib chiqib oʻrnatiladi. Strukturani shakllantirish bevosita bu korxonani ishlab chiqarish xarakteri unda oʻrnatiladigan normalar, hamda iste’mol qilinayotgan elektr energiyani toʻliq iste’mol qilinishi hamda mahsulotlarni islab chiqarilish jarayoni bilan bogʻliq boʻladi.
Sanoat korxonalarini elektr energiya sarfi me’yor koʻrsatkichlariga quyidagi koʻrsatkichlar kiritilmasligi kerak: bino va inshoatlarning kapital remonti hamda qurilishi, yangi texnologiyalarni montaj qilinishi, zavod elektr stansiyalarini oʻz ehtiyojlari, agregatlarning ta’mirlash ishlari, ilmiy tadqiqot va eksperemental ishlar. Aynan mana shu yuqorida keltirilgan faktorlar uchun sarf boʻlgan elektr energiya sarfi me’yor koʻrsatkichga kiritilmaydi.
Ma’lum bir korxonani elektr energiya sarfini meyorlash masalalari koʻrilayotganda shu korxonada mavjud boʻlgan boshqa korxonaning elektr energiya sarfi hisobga olinmaydi. Boshqa korxona uchun albatta ishlab chiqarish turiga bogʻliq ravishda qaytadan elektr energiya sarfi me’yor koʻrsatkichlari oʻrnatilishi kerak.
Elektr energiya iste’molini me’yorlashning ko’p pog’onali strukturasi
Elektr energiya iste’molini me’yorlashning ko‘p pog‘onali strukturasi yordamida sanoat korxonalarida iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga to`g`ri keladigan elektr energiyaning solishtirma sarf ko`rsatkichlarini aniqlashda energetik va texnologik faktorlar hisobga olinadi. Bu faktorlarning hisobga olinishi natijasida hisob aniqligi oshiriladi, hamda aniqlanayotgan me’yoriy ko`rsatkichlar parametrlari o‘rnatilgan me’yoriy ko‘rsatkichlar parametrlari bilan solishtirilganda o‘rtasidagi xatolikni real darajada bo‘lishiga erishiladi. Bunday natijaga har bir pog‘onada, ya’ni umumzavod, umumsex, hamda texnologik pog‘onalarda me’yor ko‘rsatgichlarini aniqlash orqali erishiladi.
Bu struktura uch pog‘onadan iboratdir.
Birinchi pog‘ona bu –umumzavod pog‘onasini ifodalaydi. Bunda korxonadagi barcha elektr energiya iste’mollari hisobga olinadi, ya’ni asosiy hamda ishlab chiqarish sexlarining elektr energiya iste’moli, isitish, sovitish umuman olganda o‘z ehtiyoji uchun iste’mol qilinadigan energiyaning barcha miqdori, elektr energiya isroflari miqdori, barchasi aniqlanib, umumiy korxona bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulotga nisbatiga olinadi va shu orqali umum korxona bo‘yicha yagona me’yor ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Bu ko‘rsatgich quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
dzav= (Wseh+Wumumzav+ΔWpst)/Аzavod ,
bu yerda:
Wseh -asosiy va yordamchi sexlarni elektr energiya iste’moli, kVt∙soat;
Wumumzav - korxonada isitishga, yoritishga, vintelyatsiyaga va issiq suv ta’minotiga sarf bo‘ladigan elektr energiya miqdori, kVt∙soat;
ΔWpst -elektr tarmoqlaridagi elektr energiya isrofi, kVt∙soat;
Аzavod - ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi.
Ma’lumki, sanoat korxonalarida elektr energiya iste’moli bir tekis emas, ya’ni texnologik jarayonga qarab, mahsulot ishlab chiqarishga bo`lgan talabni o‘zgarishiga qarab, u doim o‘zgarib turadi va bir nechta faktorlarga doimiy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, ana shunday o`zgarishlarni, faktorlarni hisobga olish albatta me’yoriy ko`rsatgichlarni aniqlashdagi hisob aniqligini oshirishga xizmat qiladi.
Me’yorlash strukturasining ikkinchi pog‘onasida korxona bo‘yicha sex iste’mol qilayotgan elektr energiya iste’molini me’yorlash masalalari ko‘rib chiqiladi va bu yerda asosiy urg‘u texnologik ehtiyojlar bilan bir qatorda sexning o‘z ehtiyojlari uchun iste’mol qilinayotgan elektr energiya miqdori hisobga olinadi. Aynan shu pog‘onada ishlab chiqarilayotgan mahsulot bo`yicha sex normalari o‘rnatiladi va u quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
dseh=(Wtex+Wyor+Wven+Wyord)/Аseh ,
bu yerda:
Wtex - texnologik ehtiyojlar uchun sarf bo‘lgan elektr energiya, kVt∙soat;
Wyor - yoritish uchun sarf bo‘lgan elektr energiya, kVt∙soat;
Wven - sexning vintelyatsiya qurilmalari uchun sarf bo‘lgan elektr energiya, kVt∙soat;
Wyord - yordamchi ehtiyojlari uchun sarf bo‘lgan elektr energiya, kVt∙soat;
Аseh - ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi.
Umuman olganda energiya resurslari sarfining me’yori quyidagilardan tashkil topadi:

  • yordamchi protses uchun sarflar;

  • texnologik liniyalardagi elektr energiya sarflari;

  • qurilmalardagi elektr energiya isroflari;

  • texnologik jarayonlar uchun elektr energiya sarfi.

Me’yorlash strukturasining uchinchi pog‘onasi bu texnologik jarayonlarni o‘zida ifodalovchi pog‘ona hisoblanib, bu yerda aynan ma’lum bir texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun norma ko‘rsatgichlari o‘rnatiladi va bu quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
dtexhi/А ,
bu yerda:
Рhi - agregatning hisobiy yuklamasi, kVt;
А - ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi.



Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish