Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan yuzali kurilmalar qatoriga kiradi. Ҳar xil shaklli va o’lchami 12/150 mm bo’lgan qattiq jismlar, ya’ni nasadkalar bilan to’ldirilagan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo’lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi. Nasadkali kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o’tadigan tayanch to’rlarga o’rnatiladi. Qurilmaning ichki bo’shliғi nasadka bilan to’ldirilgan bo’ladi yoki ҳar birining balandligi 1,5 - 3 m bo’lgan qatlamlar ҳolatida joylashtiriladi. Gaz turning tagiga beriladi, so’ngra nasadka qatlamidan o’tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqori qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan o’tayotganda pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna samarali ishlashi uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko’ndalang kesimi bo’ylab bir ҳar sochib berilishi kerak. Bu qurilmalarda kontakt yuzasi esa nasadkalar yordamida ҳosil qilinadi.
Termodestruktsiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik ta`sirida parchalanishini tushuniladi. Jarayonlar uch tipda o’tkaziladi:
Suyuq neft homashyosini yuqori bosim ostida (20-70atm) termokrekinglash (Visbreking).
Neft qoldiklarini past bosimda termokrekinglash (kokslash).
Suyuq va gaz holatidagi neft homashyosini yuqori temperaturada (4500C dan 12000C gacha) piroliz qilish.
Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470 – 5400C da nisbatan engil hom – ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun ishlatiladi. Neft qoldiqlari yarim gudron va gudronlarni qayta ishlaganda asosiy mahsulot sifatida qozonhona yoqilg’isi olinadi. Bunday jarayon og’ir koldiq homashyoni engil sharoitda bir karrali termik parchalashdir. Visbreking homashyosi – neftni atmosferali haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari hisoblanadi.
Visbreking orqali homashyoning qovushqoqligiga nisbatan pasaytirilgan suyuq qozonhona yoqilg’isi ishlab–chiqarish uchun (I variant), yohud gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari hom–ashyosi bo’lgan gazoyl ishlab-chiqarishni ko’paytirish uchun (II variant) o’tkaziladi. Har ikkala variantda ham engil yon mahsulotlar gaz va benzin fraktsiyalari hisoblanib, odatda ularni chiqishi 3 va 8 % dan oshmaydi.
Visbreking qurilmasi kompleks qurilmalar tarkibida bir sektsiya ko’rinishida kiradi, masalan: neftni atmosferali haydash → atmosferali mazut visbrekingi gazoyl fraktsiyasi uchun visbreking mazutni vakuumli haydash → gazoyllarini ajralishi → kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida gazoyl aralashmalarini termik krekinglash.
Gudronlarni krekinglash jarayoni 460 – 5000C temperatura, 1,4-3,5 MPa bosim sharoitida o’tkaziladi. Visbreking jarayoni issiqlik yutilish (endotermik) reakciyasi bilan kechadi.
Visbreking mahsulotlari va chiqish ko’rsatkichlari quyidagicha keltirilgan.