O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


-ilova Kurs ishi mavzusi rejasini tuzish bo’yicha na’muna



Download 65,32 Kb.
bet8/14
Sana10.03.2022
Hajmi65,32 Kb.
#489015
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

2-ilova


Kurs ishi mavzusi rejasini tuzish bo’yicha na’muna.


Mavzu:Sanoat korxonalarida mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish yo‘llari

Kirish
Asosiy qism


1.Sanoatda mehnat resurslaridan samarali foydalanish ahamiyati va zaruriyati.
2.Mehnat resurlarining turkumlanishi va ulardan foydalanishni ifodalovchi ko’rsatkichlar.
3.Mehnat resurslaridan foydalanish bo’yicha xorij tajribasi va undan foydalanish
4.”IDEAL” korxonasidan mehnat resurslaridan foydalanishni baholash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Mavzu: Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish.

Kirish.
Asosiy qism


1.Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni tashkil etishning ahamiyati.
2.Klasterlarni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari.
3.Klasterlarni tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi.
4.Farg’ona viloyatining iqtisodiyotida klasterlarni tashkil etish holatini baholash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


3-ilova Quyida kirish yozish bo’yicha namunalar havola etiladi.
KIRISH

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy islohotlarni jadal sur’atda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, iqvtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizda erishilayotgan ulkan taraqqiyot bunga yaqqol misol bo’la oladi. Xususan, 2019- yilda mamlakat iqtisodiyotida makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahliliga ko’ra, yalpi ichki mahsulot 5,5 foizni tashkil etdi.2019- yil yakunlari bo’yicha aholi jon boshiga YaIM o’tgan yilga nisbatan 13.6% ga oshib 1741 dollarni tashkil etdi.Bugungi kunda yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 27 foizni tashkil etib,uni oshirish eng ustuvor vazifa sifatida belgilangan.Sanoat mahsulotlari hajmini oshirish uchun iqtisodiyotda keng ko’lamli ishlarni amalga oshirilayotganligi ahamiyatlidir. Ko’pdan ko’p turli tuman mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning shakllanishi mamlakatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash bilan birga aholining sifatli mahsulotlarga bo’lgan talabini qondirish imkoniyatlarini yaratadi.


Mahsulot sifatini yaxshilash va uning raqobatbardoshliligini ta’minlash davlat siyosatining eng muxim muammolaridan biri xisoblanadi. SHu sababli Oliy Majlis qonunlarida, Prezident farmonlarida va hukumat qarorlarida mahsulot va ish sifatini oshirishga alohida e’tibor berilib, ularda barcha turdagi mahsulotlarning texnik darajasi, tejamliligi va sifati oshirilsin deyiladi, yangi o’zlashtiriladigan mahsulotlar o’zining sifat va texnik-iktisodiy tavsiflari jihatidan jahon fan-texnika va texnologiyasi erishgan ilgor yutuklarga mos boshka bir qator ko’rsatmalar berilgan.
Iqtisodiy o’sishga erishayotganligi hamda belgilangan islohotlarning izchil amalga oshishi dunyo miqyosidagi mamlakat o’rnini mustahkamlashda Respublika Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “2017-2021 yilga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi” asos bo’lib xizmat qiladi.
Harakatlar strategiyasining 3-ustivor yo’nalishi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish bo’lib, bunda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini ximoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish”1 kabi bir necha vazifalar belgilangan O’z navbatida milliy iqtisodiyotimizning jadal rivojlanishi turli sohalarni korxonalar va kompaniyalarimizda ishlab chiqarilgan mahsulot va kuzatilayotgan xizmatlarining sifatini xalqaro talablar darajasidek ta’minlashini talab etadi. Ushbu xolat shaxsiy va ishlab chiqarishni ehtiyojlarining o’sib borishi va diversifikatsiyalanishi jahon bozorida ish yurutuvchi kompaniyalarini rivojlanishi natijasida raqobatini o’sib borishi, fan- texnika taraqqiyotining jadallashuvi va boshqa omillar bilan izohlanadi.
Mahsulot sifati sanoat ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyatining asosiy, eng muhim ko’rsatkichlaridan biri xisobla­nadi. Mahsulot sifati mahsulotning iste’mol xususiyatlari majmui bo’lib, uning xalq xo’jaligi va aholining muayyan ehtiyojlariga yaroqliligini ifodalaydi.
Mahsulot sifati tayyorlangan mahsulotning mustaqilligi, kulayligi, ishonchliligi, chidamliligi, tejamkorligi, go’zalligi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli mahsulot sifatini yaxshilash jamiyatga juda kat­ta samara keltiradi: mablag’larni tejaydi, tannarxni kamay­tirish, foydani ko’paytirish va shu asosda mamlakat xazinasini to’ldirishga imkon beradi.
Ko’pgina xalqaro tashkilotlar, hususan Yevropa Sifat tashkiloti, ISO standartlashtirish halqaro tashkiloti XXI asrni – sifat asri, deb e’tirof etilishi bejiz emas. Aslida sifat – jamiyatdagi mehnatni yuksak samarasi ko’rsatkichi, milliy boylik manbai va eng muhimi, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlardan chiqish omilidir. Oxirgi yuz yilliklar tajribasi shuni ko’rsatadiki, mahsulot raqobatbardoshligining pastligi mamlakat iqtisodiyotini talofatlarga olib keladi. Ular ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot, iste’mol doirasida talab kamligi natijasida hamda foydalanish paytida mahsulot ishonchliligi pastligi tufayli paydo bo’ladigan talofatlardan yig’iladi. Mahsulot sifati pastligi faqat sezilarli iqtisodiy talofatlargagina emas, balki salbiy ijtimoiy oqibatlarga ham olib keladi.Birinchidan, jamiyatning barcha a’zolari ham yuqori sifatli mahsulotni ololmaydi. Natijada qoniqish darajasi pasayadi. SHuning bilan birga past sifatli mahsulotdan foydalanish butun jamiyat va uning xar bir a’zosi nuqsonlarini bartaraf qilish uchun vaqtni noratsional sarflash tufyli bo’sh vaqti kamayishiga olib keladi.
Ikkinchidan past sifatli mahsulot chiqirilganda sifatli chiqarilganga nisbatan iste’mol qiymatining kamroq massasi chiqariladi. Natijadi bu iste’mol qiymati xamda foydali samara birligini ishlab chiqarish uchun ijtmoiy mexnat safining oshishiga olib keladi.
SHuni ham aytib o’tish kerakki, past sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi ham ichki, ham tashqi bozorda o’z obro’sini yo’qotadi. Ana shu jihatdan mahsulot sifatini yaxshilash va shu orqali raqobatbardoshlikni oshirish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu esa tanlangan kurs ishi mavzusining dolzarbligini asoslaydi.

Download 65,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish