O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


Mavzuning o’rganilganlik darajasi. M



Download 65,32 Kb.
bet9/14
Sana10.03.2022
Hajmi65,32 Kb.
#489015
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mahsulot sifatini oshirish bilan bog’liq masalalar zamonaviy olimlar J.Juran, E. Deming, V.Shuxart, J. Xarrington ilmiy ishlarida o’rganilgan.
Kurs ishining asosiy maqsadi bo’lib sanoatda mahsulot sifatini oshirishning ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan yoritib berish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilandi:
- mahsulot sifati va uni oshirishning iqtisodiy ahamiyatini yoritish;
- mahsulot sifatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni aniqlashtirish;
- aniq xo’jalik yurituvchi sub’ekt misolda mahsulot sifatiga baho berish;
- mahsulot sifatini oshirish yo’nalishlarini belgilash.
Kurs ishi tarkibi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


KIRISH

Hozirda sanoatni, xususan, to’qimachilik sanoatini korxonalari modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish hisobiga mahsulot raqobatbardoshligini oshirish dolzarb masalalardan biri bo’lib, uni mahalliylashtirish dasturi bilan uyg’unlashgan holda olib borish O’zbekistonning ichki va tashqi bozordagi mavqeini mustahkamlaydi. Jumladan, Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga ko’ra “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilingan bo’lib, “Harakatlar strategiyasi” da asosiy vazifa sifatida “tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish vazifasi belgilangan”.2 Bu vazifa bevosita to’qimachilik sanoati korxonalari uchun ham taaluqlidir.


To’qimachilik sanoati industriyasi O’zbekistonning eng rivojlangan sohalaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda to’qimachilik bilan bog’liq jarayonlar izchil takomillashtirilmoqda. Ilg’or va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan to’qimachilik sanoati korxonalari soni yil sayin oshmoqda. Sohada bosqichma-bosqich tuzilmaviy o’zgarishlar amalga oshirilib, korxonalarni ilg’or texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan jihozlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda, yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda, balki xorijda ham talab katta. O’zbek milliy matolaridan tayyorlangan mahsulotlar yuqori sifati, tabiiyligi, qulayligi va zamon talablariga mosligi bilan ajralib turadi.
Hozirda Respublikamizda 2271 dan ortiq to’qimachilik sanoati korxonalari faoliyat yuritmoqda. To’qimachilik sanoati iqtisodiy siyosatning ustuvor jihati sifatida tanlanishi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

  1. to’qimachilik sanoati kapital talab emas, mehnat talab soha hisoblanadi. Xususan, ushbu sohaga jalb etilgan 5 mln dollar sarmoya 450 dan 500 tagacha qo’shimcha ish o’rinlari yaratishga qodir. To’qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi bandlik muammosini xal qilishga imkon bermoqda;

  2. paxta tolasi o’rniga eshilgan ip eksport qilish tushumini kamida 2 marotaba, tayyor trikotaj va tikuv maxsulotlari eksporti esa 4 va 20 marotabagacha oshirish imkonini berdi;

  3. to’qimachilik sanoatini rag’batlantirish yo’li bilan axoli bandligini oshirish nafaqat davlat buyudjetiga tushumlarni ancha ko’paytirib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ham bo’lmoqda.

Barcha bu o’ziga xosliklar to’qimachilik sanoatini boshqa ishlab chiqarish sohalari orasida ijobiy jihatdan ajratib turadi va uni O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashda muhim boshlang’ich sanoatga aylanishiga olib kelmoqda.
To’qimachilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi respublika bo’yicha ishlab chiqariladigan sanoati mahsuloti hajmining 12-13 foizini tashkil etadi. To’qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish hozirgi davrning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. CHunki bu respublika byudjetiga valyuta tushumlarini ko’paytirishning muhim manbalaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12-fevraldagi “To’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ham sohaning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. To’qimachilik sohasi korxonalarining rivojlanishi aholining turli mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirib, uning turmush darajasini yaxshilanishiga sabab bo’ladi. Korxonalarni rivojlantirish uni kengaytirish sharoitlarini yaratadi.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishinini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko’tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim.

Download 65,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish