O'zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Monoammoniyfosfat va diammoniyfosfat ishlab chiqarish



Download 0,65 Mb.
bet5/15
Sana13.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#786064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
NMKT Loyihalash kurs ishi Anvar

Monoammoniyfosfat va diammoniyfosfat ishlab chiqarish.

Termik fosfat kislotadan olinadigan ammoniy fosfatlari yuqori tozalikka ega va asosan, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatlarida va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Termik kislotada 77% dan ortiq H3PO4 bo‘lmaydi. Boshlang‘ich kislotaga kristallantirish bosqichida qoladigan eritma aralashtiriladi va uni NH3:H3PO4 molyar nisbati ~1 ga teng bo‘lguncha neytrallanadi, hosil bo‘lgan monoammoniyfosfat suspenziyasi qo‘shimcha kristallanishi uchun sovutiladi. So‘ngra kristallar filtrlanadi, quritiladi, eritma esa reaktorga qaytariladi.


Kristall tarzidagi diammoniyfosfat olish ikki bosqichda o‘tkaziladi, chunki barcha ammiakni birdaniga berilishi hisobiga massa kuchli darajada qiziydi va juda quyuq suspenziya hosil bo‘ladi, bu esa ammiakning yo‘qotilishiga olib keladi. Termik kislota (47-48% P2O5) NH3:H3PO4 0,7 nisbatgacha neytrallanadi, suspenziya kristallanish siklidan qaytgan eritma bilan aralashtiriladi va vakuum kristallizatorga yuboriladi, u yerda yetarli darajagacha ammoniylanadi. Sovutilgan suspenziya quyultiriladi, sentrifugada diammoniyfosfat kristallari ajratiladi va to‘g‘ri oqimli barabanli quritgichda quritiladi.
Jarayonni bitta bosqichda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda 75- 85% li termik fosfat kislota va ammiak gazi ichida kristallanish siklidan qaytarilgan eritma bo‘lgan saturatorga muntazam berib turiladi. Reaksion massa orqali havo purkalishi natijasida suvning bug‘lanishi hisobiga haroratni 60-70OC da ushlab turiladi. Saturatorda hosil bo‘ladigan diammoniyfosfat kristallari sentrifugaga suspenziya tarzida chiqariladi, unda ajratiladigan eritma saturatorga qaytariladi. Bu jarayonning va saturatorning sxemasi xuddi ammoniy sulfat olishdagi kabi bo‘ladi.
Ekstraksion fosfat kislotani neytrallashda cho‘kmaga ajraladigan qo‘shimchalar tayyor mahsulot tarkibida qoladi, uni ifloslantiradi va asosiy komponentlar miqdorini kamaytiradi. Ekstraksion fosfat kislotadan nisbatan toza mahsulot olish uchun neytrallanish jarayonini ikki bosqichda o‘tkazish mumkin. Birinchi bosqichda bug‘latilmagan kislota pH 44,5 gacha neytrallanadi, bunda qo‘shimchalarning ko‘p qismi cho‘kmaga ajraladi, so‘ngra ularni asosiy eritmadan ajratiladi. Filtrlangan cho‘kma 5- 6% namlikkacha quritiladi va u antipiren sifatida ishlatilishi mumkin. Cho‘kma tarkibida 5% NH3 va 30-35% o‘zlashadigan shakldagi P2O5 bo‘ladi. Agar ekstraksion fosfat kislotada magniy ionlari (masalan, uni Qoratog‘ yoki Qizilqum fosforitidan olingan) bo‘lsa, unda birinchi bosqich neytrallashdan magniyammoniyfosfat NH4MgPO4 cho‘kmaga tushadi, uni ajratib olish va quritish natijasida azotning sitratli eruvchan shakldagi azotli-magniyli o‘g‘iti sifatida iste’molga chiqarilishi mumkin.
Tarkibida, asosan, monoammoniyfosfat bo‘lgan eritma vakuum ostida 34-36% P2O5 bo‘lguncha bug‘latiladi. Tozalangan va qisman neytrallangan eritmani bug‘latish, oldindan fosfat kislotani bug‘latilishga nisbatan anchagina sodda va korroziyalanish kam bo‘ladi. Chunki fosfat kislota bug‘latilganda bug‘latish jihozlarining qizdirish elementlariga quyqa yopishib qoladi, kuchli kislotali muhitda va yuqori haroratda korroziyalanish tezlashadi. Bug‘latilgan tozalangan eritma 18-20OC gacha sovutilib, monoammoniyfosfat olinadi. Cho‘kmaga tushgan kristallar sentrifugada ajratiladi va quritiladi. Eritma esa bug‘latish sikliga qaytariladi.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish